Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
-BILET 1. Agroekosistemalar. Ularning turlari va ahamiyati
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sxemani tahlil qiling va berilgan topshiriqlarni bajaring. a) I yarusda tarqalgan hayvon va va o simliklarni aniqlang. ʻ
- 1-savol javobi
13-BILET
1. Agroekosistemalar. Ularning turlari va ahamiyati. 2. Ekotizimlarning trofik strukturasi: oziq zanjiri va oziq to riga tarif bering, misollar orqali ʻ tushuntiring. 3. Bargli o rmonning vertikal strukturasi (yarusliligi) sxema asosida ifodalangan. ʻ Sxemani tahlil qiling va berilgan topshiriqlarni bajaring. a) I yarusda tarqalgan hayvon va va o simliklarni aniqlang. ʻ b) III yarusda tarqalgan hayvon va va o simliklarni aniqlang. ʻ c) Biotsenozdagi hayvon turlarining tarqalishi fitosenozga qanday bog liq bo lishini tushuntiring. ʻ ʻ 3-savol javobi. a) Birinchi yarusda daraxtlarning barglari bilan oziqlanadigan hasharotlar, baland daraxtlar (eman, terak, shumtol, jo‗ka) uchraydi. b) Uchinchi yarus pog‗onada butalar (o‗rmon yong‗og‗i, kalina) yirtqich va tuyoqli hayvonlar, qushlar, kemiruvchilar yashaydi. Biotsenozdagi hayvon turlarining tarqalishi fitosenozning muayyan yaruslariga @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA bog‗liq bo‗ladi. Birinchi yarusda daraxtlarning barglari bilan oziqlanadigan hasharotlar uchraydi. Ikkinchi yarusni qushlar va daraxtlarning tanasidagi zararkunandalar – po‗stloqxo‗r va mo‗ylovdor qo‗ng‗izlar egallaydi. Keyingi pog‗onalarda yirtqich va tuyoqli hayvonlar, qushlar, kemiruvchilar yashaydi. Beshinchi yarus kanalar, ko‗poyoqlilar va boshqa mayda hayvonlarga boy bo‗ladi. Yaruslilikning paydo bo‗lishi har xil turlarning bir-biriga uzoq muddat davomida moslanishlari va turlararo munosabatlarning shakllanishi natijasidir. 1-savol javobi : Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) insonning qishloq xo‗jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan sun‘iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‗lar, tokzorlar, tomorqalar misol bo‗ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun‘iy biogeotsenozlardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki bir necha hayvon zotlari va o‗simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan ta‘riflanadi. Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini avtotrof organizmlar – o‗simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosistemalardan farq qiladi. Bu ekosistemalarda o‗g‗itlash va sug‗orish ishlari amalga oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi. Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‗p miqdorda yoqilg‗i, kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya sarflanadi. Ba‘zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosis temalarning rentabelligini tushirib yuboradi. Sun‘iy yaratilgan ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‗o‗zadan) vaqtinchalik iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‗o‗za monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‗rlanishiga, zararkunandalarning ko‗payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo‗llash, ekologik jamoaga qo‗shimcha tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar – entomofag (hasharotxo‗r), changlantiruvchi asalarilarni qo‗shish, ekologik sistemaning stabillashuviga yordam beradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling