Etologik moslanishlar
.Hayvonlar faol harakatlanish orqali o‗zlari uchun qulay yashash joylarini tanlaydilar.
Hayvonlarda evolutsiya jarayonida paydo bo‗lgan etologik moslanishlarga yashash uchun joy topish, uya
qurish, qulay yashash joylariga migratsiya qilish kabi fe‘l-atvor, xattiharakatlar bilan bog‗liq
moslanishlar misol bo‗ladi. Cho‗l agamasi qizib yotgan qumdan o‗zini himoya qilish maqsadida
butalarning shoxiga chiqib olsa, ko‗pchilik sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar,
hasharotlar kunning salqin vaqtlarida isinish uchun tana holatini o‗zgartirib quyoshga tutadilar.
Hayvonlarning tashqi muhit harorati o‗zgarganda moslanish mexanizmlaridan biri migratsiya, ya‘ni
qulay haroratli joylarga ko‗chib
o‗tishidir. Hasharotlar, ba‘zi baliq turlari, qushlar kitlar ham yil davomida migratsiyani amalga oshiradi.
1-savolga javob.
Tirik modda notirik moddadan farq qilib, bir qancha o‗ziga xos xususiyatlarga ega:
Energetik funksiya
tufayli ekotizimlarda yo‗qotilgan energiya o‗rnining qoplanishi va biosferada
hayot davomiyligi ta‘minlanadi. Tirik moddada to‗plangan energiya hisobiga Yer yuzidagi barcha hayotiy
jarayonlar amalga oshiriladi. Energiya qisman issiqlik ko‗rinishida tarqal sa, qisman qazilma
ko‗rinishida to‗planadi (torf, neft, toshko‗mir va h.k).
Konsentratsiyalash funksiyasi
tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarida ayrim moddalarni to‗plash
xususiyatida namoyon bo‗ladi. Bu funksiya tufayli tirik organizmlar tashqi muhitdan biogen elementlarni
o‗zlashtiradi va to‗playdi. Tirik modda tarkibida vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, magniy,
kremniy, oltingugurt, xlor, kaliy, kalsiy miqdori anorganik tabiatga nisbatan yuqori bo‗ladi. Tirik
organizmlarda uglerod miqdori ko‗p. Metallar orasida miqdori jihatdan kalsiy birinchi o‗rinni egallaydi.
Ohaktosh konlari
hayvonlarning ohakdan iborat skeleti qoldiqlari hisoblanadi. Bulutlar, diatom suvo‗tlar, nursimonlar kremniy
to‗playdi, qo‗ng‗ir suvo‗tlarda yod, umurtqali hayvonlar skeletida esa fosfor ko‗p miqdorda to‗planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |