Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savolga javob.
- Fiziologik moslanishlar
- Morfologik moslanishlarga
3-savolga javob.
O‗simliklarning bunday joylashishi quyosh energiyasini to‗liq o‗zlashtirilishini ta‘minlaydi. Birinchi yarusni baland daraxtlar (eman, terak, shumtol, jo‗ka), ikkinchi yarusni unchalik baland bo‗lmagan daraxtlar (yovvoyi olma, nok, chetan) tashkil qiladi. Uchinchi yarus butalar (o‗rmon yong‗og‗i, kalina), to‗rtinchisi baland o‗tlar va chala butalardan, beshinchi yarus baland bo‗lmagan o‗tlar (yertut, yo‗sinlar)dan tashkil topgan. Biotsenozdagi hayvon turlarining tarqalishi fitosenozning muayyan yaruslariga bog‗liq bo‗ladi. Birinchi yarusda daraxtlarning barglari bilan oziqlanadigan hasharotlar uchraydi. Ikkinchi yarusni qushlar va daraxtlarning tanasidagi zararkunandalar – po‗stloqxo‗r va mo‗ylovdor qo‗ng‗izlar egallaydi. Keyingi pog‗onalarda yirtqich va tuyoqli hayvonlar, qushlar, kemiruvchilar yashaydi. Beshinchi yarus kanalar, ko‗poyoqlilar va boshqa mayda hayvonlarga boy bo‗ladi. Yaruslilikning paydo bo‗lishi har xil turlarning bir-biriga uzoq muddat davomida moslanishlari va turlararo munosabatlarning shakllanishi natija sidir. Yaruslilik turlarning yashash joyi, yorug‗lik va oziq manbayiga bo‗lgan raqobatini sezilarli darajada pasaytiradi. 2-savolga javob. Hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan moslanishlar. Evolutsiya jarayonida issiqqonli (gomoyoterm) va sovuqqonli (poykiloterm) hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan xilma-xil moslanishlar paydo bo‗lgan. Bu moslanishlar biokimyoviy, fiziologik, morfologik, etologik moslanishlarga bo‗linadi. Biokimyoviy moslanishlar . Muhitning past haroratida sovuqqonli hayvonlar organizmida ichki muhitini hosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida suvning muzlashiga to‗sqinlik qiluvchi moddalar to‗planadi. Masalan, sovuq haroratli suv muhitida yashovchi baliqlar tanasida muz kristallari hosil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin to‗planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jadalligi ortadi. Fiziologik moslanishlar issiqlik ajralish darajasining o‗zgarishi bilan bog‗liq, organizmning markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor tarzda boshqariladi. Yuqori haroratda poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda tana yuzasidan suv bug‗lanishi hisobiga issiqlikning ajralishi kuchayadi. Sutemizuvchilarda termoregulatsiya teridagi qon tomirlarining kengayishi va torayishi tufayli ta‘minlanadi. Sovuq haroratda hayvonlarda muskullarning beixtiyor qisqarishi – titrash tufayli issiqlik hosil bo‗lishi kuchayadi. Ba‘zi hayvonlar qishda uyquga ketadi (yumronqoziq, sug‗ur, tipratikan, ko‗rshapalak). Tana harorati doimiyligini saqlashda teri osti yog‗ qatlami katta ahamiyatga ega (pingvin, kurakoyoqlilar, kitsimonlar). Tana haroratini bir xil saqlashda qushlar va sutemizuvchilarda to‗rt kamerali yurakning bo‗lishi, nafas olish organlarining takomillashuvi, organizmning yetarli darajada kislorod bilan ta‘minlanishi orqali moddalar almashinuvida organizmlarning hayotiy jarayonlarga sarf @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA bo‗ladigan energiyaning hosil bo‗lishi muhim o‗rin tutadi. Morfologik moslanishlarga sudralib yuruvchilar tanasi – tangachalar, qushlarning tanasi pat, sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan qoplanganligi misol bo‗ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling