Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savolga javob : Ekologik piramidalar
1-savolga javob
. Nafas olish barcha tirik organizmlarning hayoti uchun muhim jarayon sanaladi. Tirik organizmlarning yashash muhiti anaerob (kislorodsiz) va aerob (kislorodli) bo‗lishi ma‘lum. Evolutsiya davomida dastlabki tirik organizmlar anaerob sharoitda yashagan, moddalar almashinuvining kislorodsiz parchalanish bosqichidagi kabi glikoliz va bijg‗ish natijasida hosil bo‗ladigan kam miqdordagi energiya hisobiga yashagan. Atmosferada kislorod miqdorining ortishi kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Kislorod bilan nafas olish hisobiga moddalarning oxirigacha parchalanishi va hosil bo‗ladigan energiya miqdorining ortishi evolutsiya jarayonini tezlashtiradi. Bir hujayrali organizmlar va tuban tuzilgan ko‗p hujayralilarda maxsus nafas olish a‘zosi bo‗lmaydi. Ular butun tana yuzasi orqali suvda erigan kislorodni diffuziya yo‗li bilan qabul qiladi. Keyinchalik nafas olish vazifasini suvda yashaydigan hayvonlarda jabralar, quruqlikda yashovchi hayvonlarda traxeya naylari va o‗pkalar bajaradi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda teri, qushlarda esa havo xaltalari ham nafas olishda ishtirok etadi. Organizmda kislorodni tashish vazifasini maxsus oqsillar bajaradi. Tuban umurtqasizlarda bunday oqsillar plazmada, yuksak umurtqasizlarda esa alohida hujayralarda joylashadi. Xordalilarda bunday vazifani qonning shaklli elementlaridan biri – eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bajaradi. 2-savolga javob : Ekologik piramidalar . Oziq zanjirlarida moddalar va energiyaning almashinuv jarayonlari ma‘lum qonuniyatlar asosida sodir bo‗ladi. Bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga o‗tishda modda va energiyaning o‗zgarishini korsatadi.Har bir trofik daraja biomassasining shakllanishiga iste‘mol qilingan oziqning hammasi ham sarf bo‗lmaydi. Iste‘mol qilingan oziqning ko‗p qismi tirik organizmlar hayotiy jarayoni: nafas olish, harakatlanish, ko‗payish, tana haroratini saqlash kabilarni ta‘minlash uchun sarflanadi. Undan tashqari, iste‘mol qilingan oziqning hammasi ham o‗zlashtirilmaydi, ya‘ni hazm bo‗lmaydi.Oziqning hazm bo‗lmagan qismi tashqi muhitga chiqariladi (ekskretsiya). Oziqning o‗zlashtirilganlik darajasi oziq tarkibi va organizmning biologik xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗lib, 12–75% ni tashkil etadi. O‗zlashtirilgan oziqning asosiy qismi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarini ta‘minlash uchun, bir qismi esa tananing qurilishiga va o‗sishiga sarflanadi. Oziq zanjirining har bir trofik darajasidagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori aniqlansa, oziq zanjirining oxiriga qadar bu ko‗rsatkichlarning kamayib borayotganini ko‗rish mumkin. Bu qonuniyatni ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va ekologik piramida qoidasi deb atagan. Trofik darajadagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori bir xil kattalikdagi to‗g‗ri to‗rtburchaklar shaklida ifodalansa va ustma-ust qo‗yib chiqilsa, ekologik piramida hosil bo‗ladi. Ekologik piramida ekosistemadagi produtsentlar va har xil darajadagi konsumentlar (o‗txo‗rlar, yirtqichlar)ning o‗zaro nisbatini aks ettiruvchi grafik tasvirdir. Ekologik piramida asosini birinchi trofik daraja – produtsentlar tashkil etadi, undan so‗ng ikkinchi trofik darajani – birinchi tartib konsumentlari tashkil etadi va h.k. Bir trofik darajadan keyingisiga o‗tgan sari individlar soni kamayadi, lekin ularning tana o‗lchami kattalashib boradi. Bir darajadan keyingisiga 10 % energiya o‗tgani uchun ekologik piramidaning asosi keng, yuqorisi esa cho‗qqili o‗tkir bo‗ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling