Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


BILET-27  1. Tabiiy ekosistemalar, urarning tarkibi, xususiyatlari nimalardan iborat?


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

BILET-27 
1. Tabiiy ekosistemalar, urarning tarkibi, xususiyatlari nimalardan iborat? 
2. Biosferada modda va energiyaning davriy aylanishi qanday amalga oshadi? 
3. Laboratoriya ishi. Tirik organizmlarning muhitga moslashganligini o‘rganish. Qushlarning havo 
muhitiga moslashganligi. 
 
1-savolga javob
: Tabiiy ekosistemalar antropogen ekosistemalardan turlarining xilma-xilligi bilan
farqlanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy jarayonlarni amalga oshishi va ularning shakllanishi inson 
faoliyatiga bog‗liq
emas. Tabiiy ekosistemalar 3 tipga bo‗linadi: 1) quruqlik ekosistemalari; 2) chuchuk suv ekosistemalari;
3) dengiz ekosistemalari. Sayyoramizdagi ekosistemalar juda xilma-xil. Kelib chiqishiga ko‗ra 
ekosistemalarning quyidagi xillari farqlanadi. 1. Tabiiy ekosistemalar – bu turdagi ekosistemalarda
biologik o‗zgarishlar insonning bevosita ishtirokisiz boradi. Masalan, dengiz, ko‗l, o‗rmon va boshqalar.
Tabiiy ekosistemalar tabiat omillari ta‘sirida shakllanadi va rivojlanadi. 2. Sun‘iy (antropogen) – 
ekosistemalar, inson tomonidan yaratilgan va inson ko‗magida faoliyat yurita oladigan ekosistemalar. Bu
guruh ekosistemalariga agroekosistemalar, urba noeko sistema (shahar ekosistemalari) va kosmik
ekosistemalar misol bo‗ladi. Quruqlik ekosistemalari. Quruqlik ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini 
ikkita asosiy abiotik omil: harorat va yog‗in miqdori belgilaydi. Yer sharining turli qismlarida iqlim bir xil 
emas. Quruqlikdagi ekosistemalarda namlik cheklovchi omil hisoblanadi. Produtsentlar transpiratsiya
jaroyonida ko‗p suv sarflaydi, shu sababli namlikning miqdori ekosistemalarning mavjudligini belgilovchi
@UzBMBA
@UzBMBA


omil hisoblanadi. Harorat ham ekosistemadagi turlar xilma-xilligini belgilaydi, lekin cheklovchi omil
sifatida namlik kabi muhim emas, chunki harorat davriy ravishda o‗zgarib turadi.
Chuchuk suv 
ekosistemalari. Chuchuk suv ekosistemalari boshqa ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni egallashiga
qaramay, ularning ahamiyati juda katta. Chunki ular Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar hayot faoliyati
uchun zarur bo‗lgan chuchuk suv manbayi hisoblanadi. Suv tarkibida erigan gazlar, kislorod va
karbonat angidridning miqdori o‗zgaruvchan va u cheklovchi omil hisoblanadi. Dengiz ekosistemalariga 
ochiq dengizlar (okean), kontinental shelflar, ko‗rfazlar, bo‗g‗ozlar, daryolarning quyilish joylari
(limanlar) kiradi. Dengiz ekosistemalari Yer sharining 70% ini egallaydi. Dengizlarning eng chuqur 
nuqtalarida ham hayot mavjud. Dengizlar va okeanlarda suvning doimiy aylanishi kuzatiladi, dengiz
ekosistemalarida to‗lqinlar vujudga keladi. Dengiz suvining sho‗rlanish dara jasi juda yuqori (30%
gacha), shu sababli dengizda yashovchi organizmlarda suv yo‗qotilishiga qarshi bir qancha mosla nishlar
vujudga kelgan. Dengizlarda plankton, nekton va bentos organizmlar yashaydi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling