Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
4-BILET 1. Yashash uchun kurash va uning turlari haqida nimalarni bilasiz? 2. Populyatsiya soni va populyatsiya zichligi haqida ma lumot bering. ʼ 3. Qon quyishda qaysi tartib qoidalar va fiziologik xususiyatlar inobatga olinishini tushuntiring. Jadvalda agglyutinatsiya ro y berishini plyus (+) belgisi, ro y bermasligini esa minus (–) belgisi bilan ʻ ʻ ko rsatib, ʻ turli guruhlarga mansub odamlarning qon plazmasi va eritrotsitlarining aralashish natijalarini ifodalang. 1-savol javobi: Darvin yashash uchun kurashning uch xil: a) har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; b) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; d) organizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi kabi formalarini farqlagan. Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash niho yatda turlituman. Chu nonchi, bo‗ri va tulkilar tovushqonlar bilan oziqlanadilar. Shunga ko‗ra bo‗rilar bilan tul ki lar, shuningdek, tulkilar bilan tovushqonlar orasida doimo yashash uchun o‗zaro kurash kuzatiladi. Yirtqich – o‗lja, parazit va xo‗jayin munosabatlari turlararo yashash uchun kurashning yana bir ko‗rinishidir. Markaziy Osiyoda ko‗p tarqalgan hind maynasi chigirtkalar bilan ham oziqlanadi. Chigirt kalar chumchuqlar uchun ham oziqa sanaladi. Binobarin, maynalar bilan chum chuqlar orasida raqobat yuz beradi. Tuyoqli hayvonlar o‗simliklar bilan oziqlanadi. O‗simliklar bilan chigirtkalar ham oziqlanadi. Chigirtkalarning tez ko‗payishi tuyoqli hayvonlarning ochqolib o‗lishiga sabab bo‗ladi. Ikkinchi tomondan tuyoqli hayvon -lar hayoti yirtqich hayvonlarga bog‗liq. O‗sim liklarning mavjudligi faqat o‗txor hayvon @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA largagina emas, balki ularning changlatadigan hasharotlar, shuningdek boshqa o‗simlik o‗rtasida bo‗ladigan raqobat bilan ham aloqador. Joy uchun kurashda kulrang kalamush asta-sekin qora kalamushni siqib chiqara boshlaydi. Avstraliyaga Yevropadan olib kelingan oddiy ari nayzasi yo‗q kichik mahalliy arini siqib chiqardi Turlar orasidagi yashash uchun kurash unchalik shiddatli bo‗lmasligi mumkin. Bunga asosiy sabab har turga mansub organizmlarning oziqasi turli xil bo‗ lishidir. Tulkilar ham o‗z navbatida faqat tovushqonlarbilan emas, balki sichqon, kirpi va qushlar bilan ham oziqlanadilar. Bir turga kiruvchi organizmlar o‗rtasidagi kurash. Yuqoridagilardan farqli ravishda bir turga kiruvchi organizmlarning oziqa, yashaydigan hudud va hayot uchun zarur bo‗lgan boshqa omillarga nisbatan talabi o‗xshash bo‗ladi. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo‗yicha raqobat ro‗y beradi. Sutemizuvchi hayvonlar, qushlarda erkak organizmlar o‗rtasida urg‗ochi organizmlar bilan qo‗shilish uchun kurash ketadi. G‗o‗za, bug‗doy va boshqa o‗simlik urug‗lari zich ekilganda, ular orasida yorug‗lik, namlik, oziqa uchun raqobat kuzatiladi. Oqibatda ular nimjon bo‗lib o‗sadilar. Bir turga kiruvchi daraxtlar, butalar orasida ham bunday holat kuzatiladi. Shox-shabbasi keng quloch yozgan eng baland daraxtlar quyosh nurining ko‗p qismini tutib qoladi. Ularning baquvvat ildiz sistemasi tuproqdan ko‗proq suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi. Buning hisobiga qo‗shni daraxtlar zaif bo‗lib o‗sadi yoki o‗sishdan to‗xtab nobud bo‗ladi. Tur ichidagi kurash eng shiddatli bo‗ladi. Chunki bir tur individlarining hayotiy ehtiyojlari bir xil bo‗ladi. Organizmlarning anorganik tabiatining noqulay sharoitlariga qarshi kurashi. Anorganik tabiat omillari organizmlarning rivojlanishiga, yashab qolishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Kuz kelishi bilan bir yillik o‗simliklarning hammasi, shuningdek, ko‗p yillik o‗t o‗simliklarning ham yer ustki qismlari nobud bo‗ladi, tuproq ostida ularning urug‗i, ildizi, tuganaklari, piyozlari saqlanib qoladi. Ko‗pchilik hayvonlar, masalan, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar karaxt holatga o‗tadi, qushlar migratsiya qiladi, sutemizuv chilar qishki uyquga kiradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling