Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
4-VARIANT
1. Nostok hujayrasida sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang. 1) fermentlar yordamida DNK reduplikatsiyasi; 2) yadroda transkripsiyaning amalga oshishi; 3) silliq endoplazmatik to‘rda yog‘ sintezi; 4) genetik kod asosida oqsil biosintezining amalga oshishi; 5) fotosintez jarayonining kechishi; 6) sitoskelet elementlari yordamida hujayra ichki tuzilmalari harakati. A) 4, 6 B) 1, 5 C) 3, 5 D) 3, 6 2. Exinokokk (a), qoramol tasmasimon chuvalchangi (b), jigar qurti (c) ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) lichinkalik davrida ham ko‘payadi; 2) oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi; 3) qoramollar uning oraliq xo‘jayini hisoblanadi; 4) oraliq xo‘jayinga ega emas; 5) hazm qilish organlari rivojlanmagan; 6) it va boshqa yirtqich hayvonlar uning asosiy xo‘jayini hisoblanadi; 7) urg‘ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan iborat. A)a - 1, 4; b - 3; c – 7 B)a - 2, 7; b - 6; c - 3 C)a - 1, 5; b - 4; c – 3 D)a - 2, 6; b - 5; c - 1 3. Gulkosachabarglari qo‘shilmagan (a) va qo‘shilgan (b) o‘simliklarni aniqlang. A)a - karam, rediska; b - qovun, kanop B)a - tarvuz, tobulg‘i; b - oloy hiyoli, olcha C)a - isirg‘ao‘t, achambiti; b - shaftoli, itqovun D)a - oshqovoq, karam; b - bodring, olga sorbariyasi 4. Energiya almashinuv jarayonida 6,5 molekula glukoza to‘liq parchalangan bo‘lsa, glikolizda ajralgan energiya miqdorini (a) va aerob bosqichda ajralgan karbonat angidrid (CO2) molekulalari sonini (b) aniqlang. A) a - 1300 kJ; b - 39 B) a - 1300 kJ; b - 234 C) a - 520 kJ; b - 247 D) a - 780 kJ; b - 39 5. Gigrofit (a), kserofit (b) yuksak o‘simliklarni aniqlang. 1) sarsazan; 2) yapon laminariyasi; 3) elodeya; 4) ro‘vak; 5) baliqko‘z; 6) qirqbo‘g‘im; 7) agava; 8) yantoq; 9) qamish; 10) nitella; 11) qo‘g‘a A) a - 9, 11; b - 7, 5 B) a - 4, 10; b - 7, 8 C) a - 3, 10; b - 1, 9 D) a - 2, 6; b - 1, 8 6. Quyida berilgan sistematik birliklarga mansub o‘simliklarni aniqlang. 1) burchoqdoshlar oilasi; 2) ochiq urug‘lilar bo‘limi; 3) qizil suvo‘tlar bo‘limi; 4) ikki urug‘pallalilar sinfi A)1 - oksitrops; 2 - pixta; 3 - fillofora; 4 - karrak. B)1 - maxsar; 2 - pixta; 3 - nemalion; 4 - astragal. C)1 - oqquray; 2 - qarag‘ay; 3 - ulva; 4 - mingdevona. D)1 - astragal; 2 - qarag‘ay; 3 – yapon laminariyasi; 4 - saksovul. 7. Evolutsiya dalillariga mos keladigan misollar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? 1) kitning dumg‘aza suyagi-rudiment organ; 2) sut emizuvchilar embrionida jabra yoriqlari bo‘ladi; 3) ko‘p hujayralilarda ontogenez zigotadan boshlanadi; 4) qush va kapalakning qanotlari-analogik organlar; 5) umurtqalilar ontogenezida blastula davri bo‘ladi. A)solishtirma anatomiya - 2, 4; embriologiya - 3, 5 B)embriologiya - 2, 3; solishtirma anatomiya - 1, 4 C)embriologiya - 3, 4; paleontologiya - 1, 2 D)molekular biologiya - 3, 5; solishtirmaanatomiya - 1, 2 8. Berilgan organizmlardan birinchi tartibli konsumentlar (birinchi darajali konsumentlar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) sakkizoyoq; 2) so‘na; 3) suluv ninachi; 4) sariq ilon; 5) karam kapalagi qurti; 6) kaptar; 7) jayron; 8) jirafa; 9) qirg‘iy; 10) zubr; 11) boyo‘g‘li; 12) bo‘ka; 13) bug‘u; 14) qutb meduzasi; 15) qum bo‘g‘ma iloni; 16) qora kalxat; 17) mita. A) 2, 6, 7, 14, 17 B) 1, 4, 9, 12, 15 C) 3, 9, 11, 13, 16 D) 5, 6, 7, 8, 10 9. Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P ) sepkilsizlik (p) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qon guruhlarini yuzaga chiqaruvchi genlar autosomada joylashgan bo‘lib, mustaqil irsiylanadi (I0I0 - birinchi, IAIA va IAI0 - ikkinchi, IBIB va IBI0 - uchinchi, IAIB - to‘rtinchi qon guruhiga ega bo‘ladi). IV qon guruhili erkak va II qon guruhili ayol (erkak va ayol digeterozigotali) oilasida nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkun bo‘lgan farzandlardan necha foizining qon plazmasida agglutinin β bo‘lib, sepkilsiz bo‘ladi? A) 6,25 B) 12,5 C) 25 D) 18,75 10. Quyida berilganlardan faqat Sharq sauriga (a), faqat zuhrasochga (b) xos hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang. 1) arxegoniy urug‘kurtakda yetiladi; 2) tuxum hujayrasi arxegoniyda yetiladi; 3) spermatozoidlar anteridiyda hosil bo‘ladi; 4) mexanik to‘qimaga ega; 5) shamol yordamida changlanadi; 6) o‘tkazuvchi sistemaga ega; 7) urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi; 8) urug‘kurtakdan urug‘ hosil qiladi; 9) urug‘lanish suvda amalga oshadi. A) a - 1; b - 3; c - 2, 6 B) a - 3; b - 9; c - 5, 7 C) a - 5; b - 3, 4; c – 8 D) a - 8; b - 7, 9; c - 4 11. To‘g‘ri fikrlar berilgan javobni aniqlang. 1) bakteriya hujayrasining bakteriofaglar tomonidan nobud qilinishi transformatsiya deyiladi; 2) quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritilib, transgen quyon olingan; 3) transpozaza − zaharli toksin parchalovchi ferment sintezlovchi genetik tuzilma; 4) ligaza, restriktaza, transpozaza oqsil tabiatiga ega fermentlardir. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 1, 4 12. O‘pka orqali nafas oladigan germafrodit organizmlarni aniqlang. 1) qizil chuvalchang; 2) bedapoya shillig‘i; 3) dreysena; 4) krevetka; 5) jigar qurti; 6) chuchuk suv shillig‘i; 7) midiya; 8) odam askaridasi. A) 3, 7 B) 4, 8 C) 1, 5 D) 2, 6 13. "Hayvonlarning paydo bo‘lishi" (a), "Zoologiyaga kirish" (b), "Turlarning paydo bo‘lishi" (c) asari mualliflari to‘g‘ri juftlangan javobni toping. A)a - Aristotel; b - J.B.Lamark; c - Ch.Darvin B)a - Ch.Darvin; b - I.P.Pavlov; c - J.B.Lamark C)a - Ch.Darvin; b - N.Gryu; c - K.Linney D)a - J.B.Lamark; b - N.Gryu; c - K.Linney 14. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichida ... kuzatilmaydi. 1) glukozadan sut kislotasining hosil bo‘lishi; 2) uglevodlar, oqsillarning fermentlar ishtirokida parchalanishi; 3) glikogendan glukozaning hosil bo‘lishi; 4) bir molekula glukozaning parchalanishi va unda to‘plangan 2800 kJ energiyaning ajralishi. A) 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 2 15. Epiteliy to‘qimasi uchun to‘g‘ri berilgan fikrni aniqlang. A)bilak suyagining yuzasini qoplab turadi B)teri epiteliysi murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlanadi C)rombsimon muskulning tashqi yuzasini qoplab turadi D)ichakning ichki yuzasi kubsimon va yassi epiteliydan iborat 16. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Jayron ... hayvon. A)kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli B)oshqozoni ikki bo‘lmali C)kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqli D)toq tuyoqli 17. DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotiddan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10%ni tashkil etadi. Fragmentdagi guanin va sitozin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang. A) 1680 B) 1260 C) 2520 D) 2250 18. Sxemada qo‘lqanotlilar turkumi vakillarining qon aylanish sistemasining katta va kichik qon aylanish doiralari aks ettirilgan. Qon aylanish sistemasining qaysi raqamlar bilan belgilangan qismlarida venoz qon harakatlanadi? A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 3, 4, 7, 8 D) 2, 5, 6, 8 19. Mevalarning nomlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) Pskom piyozining qo‘zoqchasi; 2) qo‘ng‘irboshning pistasi; 3) xrizantemaning ko‘sakchasi; 4) oqquray dukkagi; 5) makkajo‘xorining doni; 6) madaniy tokning rezavor mavasi; 7) qayrag‘ochning qanotchali mevasi. A) 2, 5, 6 B) 3, 5, 6 C) 4, 5, 7 D) 1, 3, 4 20. Nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklarga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gigrofitlar deb ataladi; 2) gidrofitlar deb ataladi; 3) ularga elodeya, nilufar misol bo‘ladi; 4) ularga qo‘g‘a, qamish, ro‘vak o‘simliklari misol bo‘la oladi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4 21. Avstraliya biogeografik viloyatida uchraydigan (tabiiy holda tarqalgan) organizmlarni aniqlang. 1) kapachi qush; 2) lira qushi; 3) kolibri; 4) nandu; 5) tasqara; 6) tovus A) 3, 5 B) 4, 6 C) 1, 2 D) 1, 4 22. Retsessiv holda irsiylanadigan belgini aniqlang. A)barmoqlar sonining normal bo‘lishi B)terida melanin pigmentining normal sintezlanishi C)sochning to‘g‘ri bo‘lmasligi D)qonning normal ivishi 23. Gorilla ovogenezining meyoz I anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 3-gomologik xromosomalar tarqalmay bir qutbga o‘tib, shu qutbdan yo‘naltiruvchi tanacha, ikkinchi qutbdan tuxum hujayra rivojlangan. Hosil bo‘lgan tuxum hujayra normal spermatozoid bilan urug‘lansa, hosil bo‘lgan zigotadagi xromosomalar holatini aniqlang. A) 49 B) 48 C) 47 D) 50 24. Tulkida ovqatga nisbatan shartsiz refleks hosil bo‘lishida reflektor yoyi bo‘ylab nerv impulsining o‘tish yo‘lini aniqlang. 1) so‘lak bez; 2) uzunchoq miya; 3) harakatlantiruvchi nerv; 4) tam bilish retseptorlari; 5) sezuvchi nerv; 6) solak ajralishi; 7) bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i. A)4 → 5 → 2 → 3 → 1 → 6 B)1 → 4 → 2 → 7 → 5 → 6 C)4 → 1 → 2 → 3 → 5 → 6 D)1 → 4 → 5 → 7 → 3 → 6 25. Mevasi qanotchalari orqali shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqaladigan o‘simliklarni aniqlang. A)bug‘doy, qurttana, baliqko‘z B)terak, turp, shumtol C)ituzum, jag‘-jag‘, bangidevona D)cherkez, qayrag‘och, shumtol 26. Antropogen omil ta’sirini aniqlang. A)hasva qandalasini ekinlar doni va bargini so‘rib oziqlanishi B)kanalarning qon so‘rishi natijasida hayvonlarni ozib ketishi C)g‘o‘zaning viltga chidamli yangi navini yaratish D)ninachilarni qon so‘ruvchi hasharotlar bilan oziqlanishi 27. Avtotrof organizmlarni aniqlang. A) nitrifikator bakteriya, yapon laminariyasi B) suvyig‘ar, tripanosoma C) kabarga, xlorella D) riniya, keta 28. Otasi gemofiliya bo‘yicha sog‘, onasi esa gemofiliya bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli anafaza bosqichida h (I), H (II) allellari sonini aniqlang. A) I-0; II-2 B) I-1; II-2 C) I-2; II-1 D) I-2; II-0 29. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar ATG TGA GGT ACA CGT GGT GAT TCA ketma-ketlikda joylashgan bo‘lsa, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini aniqlang. A)T - 6, A - 7, C - 4, G - 7 B)A - 7, T - 4, C - 6, G - 7 C)A - 11, T - 11, C - 13, G - 13 D)A - 13, C - 11, T - 13, G - 11 30. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Oq amur lansetnikdan farq qilib ... . A)jabra orqali nafas oladi B)qon aylanish sistemasi yopiq C)xordalilar tipiga mansub D)yuragi bo‘ladi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling