Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
8-VARIANT
1. Nazariy jihatdan energetik almashinuv bosqichida noma’lum miqdordagi glukozaning to‘liqsiz va to‘liq parchalanishidan 8800 kJ energiya va 118 molekula ATF hosil bo‘lgan. Necha molekula glukoza to‘liq parchalangan? A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 2. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Suluv ninachining ... . A)birinchi juft qanotlari oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof bo‘ladi B)ustki qanotlari ko‘krakning birinchi bo‘g‘imidan chiqadi, ostki qanotlari nozik pardasimon bo‘ladi C)qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yonida yoyilib turadi D)oldingi qanoti uzun, ensiz, orqa qanotlari yelpig‘ichga o‘xshaydi 3. Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P) sepkilsizlik (p) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qon guruhini belgilovchi genlar autosomada joylashgan va mustaqil irsiylanadi. I0I0 −birinchi, IAIA va IAI0 −ikkinchi, IBIB va IBI0 −uchinchi, IAIB −to‘rtinchi qon guruhiga ega bo‘ladi. Ota IV qon guruhiga, ona II qon guruhiga ega (ota-ona digeterozigotali) oilada nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan farzandlarning necha foizida agglutinogen A va B bo‘lib, sepkilli bo‘ladi? A) 6,25% B) 75% C) 18,75% D) 12,5% 4. Gastrulyatsiya jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan organizmlarni aniqlang. 1) povituxa qurbaqasi; 2) kolibri; 3) dengiz likopchasi; 4) xameleon; 5) qizil korall polip; 6) salamandra; 7) agama; 8) kvaksha baqasi. A) 4, 6 B) 1, 8 C) 2, 7 D) 3, 5 5. Qaysi javobda faqat saksovulga (a), faqat Sharq sauriga (b) xos hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A)a - tuxum hujayra murtak xaltada yetiladi; b - tuxum hujayra arxegoniyda yetiladi; c - urug‘i urug‘kurtakdan rivojlanadi B)a - urug‘i urug‘kurtakdan rivojlanadi; b - urug‘kurtaklari qubbalarda yetiladi; c - endosperm hujayralari triploid C)a - urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi; b - urug‘kurtaklari qubbalarda yetiladi; c - tugunchadan meva hosil qiladi D)a - o‘tkazuvchi sistemaga ega; b – chang hujayrasini hosil qiladi; c - urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi 6. Xo‘rozning spermatozoid hujayrasida n=39bo‘lsa, urg‘ochisining epidermis hujayrasidagi xromosomalar holatini aniqlang. A)76 ta autosoma va jinsiy XY xromosoma B)78 ta autosoma va faqat jinsiy X xromosoma C)39 juft autosoma va jinsiy X yoki Y xromosoma D)39 juft autosoma va jinsiy XX xromosoma 7. Jadvalning qaysi qatorlarida (№) organizmlar, ularning xususiyatlari va ular mansub turkumlar muvofiq tarzda berilgan? A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 3, 5, 6 8. Quyida keltirilgan qon aylanish sistemasi organlari qaysi organizmlar uchun xos? a) ikki bo‘lmali yurak; b) uch bo‘lmali yurak; c) oltita teshikchali yurak; 1) bedapoya shillig‘i; 2) krab; 3) sariq ilon; 4) bitiniya; 5) salamandra; 6) daryo qisqichbaqasi; 7) alligator. A) a - 1, 7; b - 3, 4; c - 2, 5 B) a - 1; b - 3; c - 4, 6 C) a - 1, 4; b - 3, 5; c - 2, 6 D) a - 3, 4; b - 5; c - 2, 6 9. Norkaning yuragiga ...(I) keladi, kasatkaning yuragidan ...(II) chiqadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 2) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 3) katta qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 4) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 5) katta qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 6) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 7) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon; 8) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon A) I - 4, 6; II - 1, 7 B) I - 1, 3; II - 4, 7 C) I - 2, 5; II - 4, 7 D) I - 1, 5; II - 3, 8 10. Yopishqoq lishaynik tanasida suvo‘t va zamburug‘larning birga hayot kechirishi organizmlar o‘zaro munosabatining qaysi turiga misol bo‘ladi? A) o‘zaro raqobat B) mutualizm C) parazitizm D) neytralizm 11. Berilgan organizmlardan birinchi tartibli konsumentlar(birinchi darajali konsumentlar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) sariq chayon; 2) chipor ilon; 3) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 4) so‘na; 5) karam kapalagi qurti; 6) kaptar; 7) jayron; 8) jirafa; 9) qirg‘iy; 10) zubr; 11) boyo‘g‘li; 12) bo‘ka; 13) bug‘u; 14) qutb meduzasi; 15) qum bo‘g‘ma iloni; 16) qora kalxat; 17) musicha. A) 5, 7, 8, 10, 13 B) 3, 9, 11, 13, 16 C) 1, 4, 12, 15, 16 D) 2, 6, 7, 14, 17 12. Barglari oddiy, yonbargchali o‘simliklarni aniqlang. A) mosh, loviya B) nok, yeryong‘oq C) yantoq, olma D) jag‘-jag‘, o‘rik 13. Aminokislotalarni aniqlang. A) oksiprolin, guanin B) gistidin, sitozin C) prolin, oksiprolin D)tirozin, mum 14. Rasmda 1, 2, 3 raqamlari bilan ifodalangan suyaklarning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang. A)1 - uzun naysimon, 2 - uzun naysimon, 3 - uzun g‘ovak B)1 - uzun naysimon, 2 - uzun g‘ovak, 3 – uzun naysimon C)1 - uzun naysimon, 2 - uzun naysimon, 3 - kalta naysimon D)1 - kalta naysimon, 2 - uzun naysimon, 3 - uzun naysimon 15. Hayotning molekula (a) va organizm (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) jigar qurtining sista hosil qilishi; 2) glikolipidlar uglevod va lipidning birikishidan hosil bo‘lishi; 3) gidraning kurtaklanishi; 4) aminokislotalardan gemoglobin hosil bo‘lishi; 5) uglerodning davriy aylanishi. A) a - 2; b - 1 B) a - 2; b – 5 C) a - 5; b - 3 D) a - 1; b - 4 16. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. No‘xat o‘simligi poyasining uzun va kalta formalarini ifoda etuvchi genlar . . . . A)noallel genlar deyiladi B)meyozda har xil hujayraga o‘tadi C)birikkan genlar deyiladi D)komplementar ta’sir ko‘rsatadi 17. Bug‘doy (a), temirchak (b), tripanosoma (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)a - produtsent; b - konsument; c – parazit organizm B)a - konsument; b - geterotrof organizm; c - parazit organizm C)a - produtsent; b - konsument; c – xemotrof organizm D)a - xemotrof organizm; b - yirtqich organizm; c - parazit organizm 18. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Archada tuxum hujayra ... (a), qilquyruqda spermatozoid ... (b) hosil bo‘ladi. A)a - arxegoniyda; b - 2ta urug‘donda B)a - sporofillda; b - 1ta urug‘donda C)a - sorusda; b - tashqi muhitda D)a - anteridiyda; b - tuxumdonda 19. Quyidagi misollar qanday biologik qonuniyatlarni aks ettiradi? 1) lichinkaxordalilarda nerv sistemasining soddalashuvi; 2) to‘rt kamerali yurakning paydo bo‘lishi, tanada arterial va venoz qonning to‘liq ajralishi; 3) zarpechakda xlorofillning bo‘lmasligi; 4) mushuksimonlarda tirnoqlari uchun maxsus xaltacha paydo bo‘lishi. A)1 - degeneratsiya; 2 - aromorfoz B)3 - biologik regress; 4 - idioadaptatsiya C)3 - degeneratsiya; 4 - aromorfoz D)2 - idioadaptatsiya; 3 - degeneratsiya 20. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi (a) va bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi (b) kurash shakllariga mos keluvchi misollar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) kartoshka o‘simligi ildizida bo‘rtma nematodaning bo‘rtma hosil qilishi; 2) kannibalizm; 3) suvda erigan kislorodning kamayishi hisobiga baliqlarning halok bo‘lishi; 4) burgutning toshbaqani osmondan qattiq yerga tashlab parchalab yeyishi; 5) juftlashish oldidan karqurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi. A) a - 3; b - 2 B) a - 2; b - 4 C) a - 1; b - 5 D) a - 2; b - 3 21. Topinambur o‘simligi tuzilishiga mos keladigan mantiqiy tushunchalarni aniqlang. 1) oddiy barg; 2) savatcha; 3) yong‘oqcha meva; 4) quruq meva; 5) tugunak; 6) popuk ildiz; 7) murakkab gulqo‘rg‘on. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 7 C) 1, 2, 4 D) 2, 5, 6 22. Odam organizmida boshqaruv tizimlari va ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) antidiuretik gormon; b) tiroksin; c) simpatik nerv sistemasi; d) parasimpatik nerv sistemasi; 1) reabsorbsiyani susaytiradi; 2) siydik qopi muskullarini qisqartiradi; 3) siydik ajralishini ko‘paytiradi; 4) egri-bugri kanalchalarga ta’sir etadi; 5) siydik qopi muskullarini bo‘shashtiradi; 6) reabsorbsiyani kuchaytiradi; 7) siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi; 8) siydik ajralishini kamaytiradi. A)a - 1; b - 6; c - 5; d – 2 B)a - 4; b - 1; c - 5; d - 2 C)a - 6; b - 1; c - 2; d – 5 D)a - 8; b - 3; c - 2; d - 7 23. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, DNK qo‘sh zanjiridagi dezoksiriboza qoldiqlarining sonini (a), fragmentdan sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.) A) a - 2100; b - 349 B) a - 1050; b - 349 C) a - 2100; b - 350 D) a - 2100; b - 359 24. Tiriklikning tuzilish darajalariga mos berilgan javobni aniqlang. 1) bir hududda yashovchi turli populatsiyalarning o‘zaro munosabati; 2) gen mutatsiyasi. A)1 - populatsiya ; 2 - biosfera B)1 - biosfera ; 2 - organizm C)1 - biogeotsenoz ; 2 - molekula D)1 - molekula ; 2 - populatsiya 25. Genetik injeneriya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) plazmid −zaharli toksin parchalovchi ferment sintezlovchi genetik tuzilma; 2) transpozaza −xromosomada o‘z o‘rnini o‘zgartiradigan irsiy molekula; 3) endonukleaza −DNK molekulasini kesuvchi ferment; 4) EcoRI −DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi restriktaza; 5) restriktaza −DNK bo‘laklarini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzim. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 3, 5 D) 1, 2 26. Vertitsill zamburug‘i uchun mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) hujayra qobig‘i sellulozadan iborat; 2) prokariot organizm; 3) tanasi vegetativ organlarga bo‘linmagan; 4) mezosomaga ega; 5) spora orqali ko‘payadi; 6) geterotrof organizm. A) 2, 6 B) 3, 4 C) 1, 5 D) 3, 5 27. Evolutsiya natijasida organik olamda ogohlantiruvchi rang (a), himoya rangi (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) qovog‘ari tana rangi ko‘zga yaqqol tashlanadi; 2) xonqizi qo‘ng‘izi tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanadi; 3) ildam kaltakesak qum rangida bo‘ladi; 4) kuropatka yozda bir qishda boshqa rangda bo‘ladi; 5) kallima kapalagi qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi. A) a - 5; b - 2 B) a - 3; b - 1 C) a - 2; b - 5 D) a - 1; b - 3 28. Quyida berilgan organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. a) ossillatoriya; b) achitqi; c) oq po‘panak; 1) sitoplazmasi rangsiz sentroplazma va uni o‘rab olgan rangli xromotoplazmaga ega; 2) mitselliysi bir hujayrali; 3) kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi; 4) gormogoniyalari orqali ko‘payadi. A) a - 2; b - 1; c - 3 B) a - 1; b - 3; c - 2 C) a - 4; b - 1; c - 3 D) a - 4; b - 2; c - 1 29. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota-onadan tug‘ilgan ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang. A) 50% B) 60% C) 20% D) 40% 30. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Antitoksinlar ... . A)organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuboruvchi moddalar B)mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalovchi va neytrallovchi moddalar C)organizmlarning o‘zaro salbiy munosabatlari D)organizmga kirgan begona moddalar Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling