Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
7-VARIANT
1. Topinambur tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A va B genlari qizil, A va b genlari sariq, a va B genlari binafsha ranglarni, aabb holatda tugunakni oq bo‘lishini ta’minlaydi. Rangning to‘liq yuzaga chiqishi DD modifikator genga bog‘liq. Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa rang yuzaga chiqmaydi tugunak oq bo‘ladi. Digeterozigota och sariq va och binafsha tugunakli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda, olingan avlodlarning fenotipik nisbatlarini aniqlang. A)1 qizil : 2 och-qizil : 2 binafsha : 1 och-binafsha : 1 sariq : 2 och-sariq : 7 oq B)1 qizil : 2 och-qizil : 1 binafsha : 2 och-binafsha : 2 sariq : 1 och-sariq : 7 oq C)1 qizil : 2 och-qizil : 1 binafsha : 2 och-binafsha : 1 sariq : 2 och-sariq : 7 oq D)1 qizil : 2 och-qizil : 1 binafsha : 2 och-binafsha : 1 sariq : 3 och-sariq : 6 oq 2. Nazariy jihatdan energetik almashinuv bosqichida noma’lum miqdordagi glukozaning to‘liqsiz va to‘liq parchalanishidan 8800 kJ energiya va 118 molekula ATF hosil bo‘lgan. Necha molekula glukoza to‘liq parchalangan? A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 3. Quyidagi misollar qanday biologik qonuniyatlarni aks ettiradi? 1) lichinkaxordalilarda nerv sistemasining soddalashuvi; 2) to‘rt kamerali yurakning paydo bo‘lishi, tanada arterial va venoz qonning to‘liq ajralishi; 3) zarpechakda xlorofillning bo‘lmasligi; 4) mushuksimonlarda tirnoqlari uchun maxsus xaltacha paydo bo‘lishi. A)1 - degeneratsiya; 2 - aromorfoz B)3 - degeneratsiya; 4 - aromorfoz C)2 - idioadaptatsiya; 3 - degeneratsiya D)3 - biologik regress; 4 - idioadaptatsiya 4. Odamda murtak varaqasining mezodermadan rivojlanuvchi tuzilmalarni aniqlang. 1) o‘pka; 2) o‘mrov osti muskuli; 3) o‘pka arteriyasi; 4) vestibular analizatorlarning retseptorlari; 5) jigar; 6) proprioretseptorlar; 7) miyacha; 8) to‘sh suyagi. A) 1, 5 B) 4, 6 C) 2, 3 D) 7, 8 5. Vertitsill zamburug‘i uchun mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) hujayra qobig‘i sellulozadan iborat; 2) prokariot organizm; 3) tanasi vegetativ organlarga bo‘linmagan; 4) mezosomaga ega; 5) spora orqali ko‘payadi; 6) geterotrof organizm. A) 3, 5 B) 1, 5 C) 3, 4 D) 2, 6 6. Berilgan tuzilmalar mansub to‘qimalarni aniqlang. 1) epiderma; 2) xlorenxima; 3) traxeidlar; 4) sklereidlar. A)1 - qoplovchi; 2 - asosiy; 3 - o‘tkazuvchi; 4 - mexanik B)1 - mexanik; 2 - hosil qiluvchi; 3 -o‘tkazuvchi; 4 - qoplovchi C)1 -qoplovchi; 2 - assimilatsion; 3 -mexanik; 4 - o‘tkazuvchi D)1 - asosiy; 2 - qoplovchi; 3 - mexanik; 4 - o‘tkazuvchi 7. Gulqo‘rg‘oni oddiy, quruq mevali o‘simliklarni aniqlang. A) makkajo‘xori, kungaboqar B) turp, g‘o‘za C) chuchmoma, bug‘doy D) sholi, mosh 8. Hindomalay biogeografik viloyatida orangutang, Habashiston biogeografik viloyatida shimpanze mavjudligi (a), Avstraliya biogeografik viloyati xashaki tovuqlarning, Hindomalay biogeografik viloyatida yovvoyi bankiv tovuqlarning uchrashi (b) tur paydo bo‘lishining qaysi yo‘nalishiga misol bo‘ladi? A)a - simpatrik; b – allopatrik B)a - allopatrik; b - allopatrik C)a - simpatrik; b - simpatrik D)a - allopatrik; b - simpatrik 9. Biotik omil ta’sirini aniqlang. A)sovuq tasirida barglarning to‘kilishi B)donli ekinlarga osiyo chigirtkasi va xasva qandalasi katta ziyon keltirishi C)pilla ichidagi g‘umbakni issiq suv yoki bug‘ ta’sirida o‘ldirilishi D)suvning muzlashi natijasida organizmlarning nobut bo‘lishi 10. Berilgan organizmlardan birinchi tartibli konsumentlar(birinchi darajali konsumentlar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) sariq chayon; 2) chipor ilon; 3) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 4) so‘na; 5) karam kapalagi qurti; 6) kaptar; 7) jayron; 8) jirafa; 9) qirg‘iy; 10) zubr; 11) boyo‘g‘li; 12) bo‘ka; 13) bug‘u; 14) qutb meduzasi; 15) qum bo‘g‘ma iloni; 16) qora kalxat; 17) musicha. A) 3, 9, 11, 13, 16 B) 5, 7, 8, 10, 13 C) 2, 6, 7, 14, 17 D) 1, 4, 12, 15, 16 11. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Tiamin, askorbin kislota ... . A)miqdorining me’yordan kamaysa, gipervitaminoz paydo bo‘ladi B)B guruh vitaminlariga kiradi C)suvda eriydigan vitaminlar hisoblanadi D)yog‘da eriydigan vitaminlar hisoblanadi 12. "O‘simliklar anatomiyasi" nomli kitobning muallifini aniqlang. A) K.Linney B) A.Levenguk C) R.Guk D) N.Gryu 13. O‘rdakning spermatozoid hujayrasida n=40 bo‘lsa, urg‘ochi o‘rdakning epidermis hujayrasidagi xromosomalar holatini aniqlang. A)78 ta autosoma va jinsiy XY xromosoma B)78 juft autosoma va faqat jinsiy X xromosoma C)40 juft autosoma va jinsiy XX xromosoma D)40 juft autosoma va faqat jinsiy X yoki Y xromosoma 14. Qaysi javobda faqat saksovulga (a), faqat Sharq sauriga (b) xos hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A)a - urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi; b - urug‘kurtaklari qubbalarda yetiladi; c - tugunchadan meva hosil qiladi B)a - urug‘i urug‘kurtakdan rivojlanadi; b - urug‘kurtaklari qubbalarda yetiladi; c - endosperm hujayralari triploid C)a - tuxum hujayra murtak xaltada yetiladi; b - tuxum hujayra arxegoniyda yetiladi; c - urug‘i urug‘kurtakdan rivojlanadi D)a - o‘tkazuvchi sistemaga ega; b - chang hujayrasini hosil qiladi; c - urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi 15. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamlarda qonning normal ivishini va rangni normal ajratish qobiliyatini ifoda etuvchi genlar . . . . A)autosoma xromosomalarida joylashgan B)allel genlar deyiladi C)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi D)jinsiy xromosomada joylashgan 16. Genetik injeneriya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) plazmid −zaharli toksin parchalovchi ferment sintezlovchi genetik tuzilma; 2) transpozaza −xromosomada o‘z o‘rnini o‘zgartiradigan irsiy molekula; 3) endonukleaza −DNK molekulasini kesuvchi ferment; 4) EcoRI −DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi restriktaza; 5) restriktaza −DNK bo‘laklarini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzim. A) 3, 5 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 1, 3 17. Lososning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang. A)qorin aorta qon tomiridagi arterial qon orqa aortaga o‘tadi B)jabra arteriyasi va qorin aortasida venoz qon oqadi C)qorin aorta qon tomiri yurak qorinchasiga qon olib boradi D)qorin aortasidan qon yurak bo‘lmachasiga quyiladi 18. Odamda leykotsitlar sonining kamayishi (a), ko‘payishi (b) va eritrotsitlar sonining kamayishi (c) qanday ataladi? A)a - leykopeniya; b - leykotsitoz; c - anemiya B)a - leykotsitoz; b - leykopeniya; c - anemiya C)a - leykopeniya; b - anemiya; c - leykotsitoz D)a - leykotsitoz; b - anemiya; c - leykopeniya 19. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, DNK qo‘sh zanjiridagi dezoksiriboza qoldiqlarining sonini (a), fragmentdan sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.) A) a - 1050; b - 349 B) a - 2100; b - 359 C) a - 2100; b - 349 D) a - 2100; b - 350 20. Norkaning yuragiga ...(I) keladi, kasatkaning yuragidan ...(II) chiqadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 2) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 3) katta qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 4) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 5) katta qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 6) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 7) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon; 8) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon A) I - 2, 5; II - 4, 7 B) I - 4, 6; II - 1, 7 C) I - 1, 5; II - 3, 8 D) I - 1, 3; II - 4, 7 21. Qora chirilqoq (a), qoraqurt (b), qorayaloq (c) mansub sinflarni aniqlang. A)a - to‘g‘ri qanotlilar; b - o‘rgimchaklar; c - qushlar B)a - hasharotlar; b - o‘rgimchaklar; c - chumchuqsimonlar C)a - hasharotlar; b - o‘rgimchaklar; c - qushlar D)a - hasharotlar; b - o‘rgimchaksimonlar; c - qushlar 22. Dengizda uchraydigan suvo‘tlarni aniqlang. 1) yapon laminariyasi; 2) kladofora; 3) ulva;4) spirogira; 5) nemalion; 6) xlamidomonada; 7) belbog‘li ulotriks A) 4, 6 B) 1, 7 C) 3, 5 D) 2, 5 23. Tariq o‘simligida poyasining baland va donining yirik bo‘lishi poyaning past va donining mayda bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi.Tajribada digeterozigotali tariq navlari o‘zaro chatishtirildi. Natijada olingan 1200ta baland poyali o‘simliklarning nechtasida doni mayda bo‘ladi? A) 300 B) 100 C) 400 D) 600 24. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi (a) va bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi (b) kurash shakllariga mos keluvchi misollar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) kartoshka o‘simligi ildizida bo‘rtma nematodaning bo‘rtma hosil qilishi; 2) kannibalizm; 3) suvda erigan kislorodning kamayishi hisobiga baliqlarning halok bo‘lishi; 4) burgutning toshbaqani osmondan qattiq yerga tashlab parchalab yeyishi; 5) juftlashish oldidan karqurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi. A) a - 2; b - 4 B) a - 1; b – 5 C) a - 3; b - 2 D) a - 2; b - 3 25.
Sxemalarda ifodalangan to‘pgul turlarini aniqlang. A)1 - murakkab shingil, 2 - murakkab boshoq, 3 - savatcha B)1 - murakkab soyabon, 2 - murakkab boshoq, 3 - oddiy shingil C)1 - murakkab soyabon, 2 - murakkab boshoq, 3 - oddiy soyabon D)1 - oddiy soyabon, 2 - murakkab soyabon, 3 - qalqoncha 26. Bug‘doy (a), temirchak (b), tripanosoma (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)a - produtsent; b - konsument; c – xemotrof organizm B)a - konsument; b - geterotrof organizm; c - parazit organizm C)a - xemotrof organizm; b - yirtqich organizm; c - parazit organizm D)a - produtsent; b - konsument; c - parazit organizm 27. Avtotrof organizmlarni aniqlang. A) kakra, nozema B) xara, poliksina C) kabarga, xlorella D) ulva, bo‘tako‘z 28. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Archada tuxum hujayra ... (a), qilquyruqda spermatozoid ... (b) hosil bo‘ladi. A)a - sorusda; b - tashqi muhitda B)a - arxegoniyda; b - 2ta urug‘donda C)a - sporofillda; b - 1ta urug‘donda D)a - anteridiyda; b - tuxumdonda 29. Kislorodning qonga diffuziyasi (a), oziq moddalarning qonga so‘rilishi (b), qonning filtrlanishi (c), moddalarning qonga qayta so‘rilishi (d) odam organizmining qaysi a’zolarida sodir bo‘ladi? 1) o‘pka alveolalari; 2) buyrakning kalavasimon kanalchalari; 3) yo‘g‘on ichakning vorsinkalari; 4) ingichka ichakning vorsinkalari; 5) buyrak kapsulasi; 6) bronxlar; 7) jigar. A) a - 1; b - 3; c - 2; d – 5 B) a - 7; b - 3; c - 2; d - 5 C) a - 6; b - 7; c - 3; d – 2 D) a - 1; b - 4; c - 5; d - 2 30. Hayotning molekula (a) va organizm (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) jigar qurtining sista hosil qilishi; 2) glikolipidlar uglevod va lipidning birikishidan hosil bo‘lishi; 3) gidraning kurtaklanishi; 4) aminokislotalardan gemoglobin hosil bo‘lishi; 5) uglerodning davriy aylanishi. A) a - 2; b - 1 B) a - 2; b – 5 C) a - 5; b - 3 D) a - 1; b - 4 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling