Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet15/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
2019 dox

15-VARIANT

1. Metamorfoz jarayonida yashash muhiti almashinadigan organizmlarni aniqlang.


1) kolorado qo‘ng‘izi; 2) assidiya; 3) zog‘ora baliq;
4) alligator; 5) povituxa qurbaqasi; 6) suqsun; 7) podalariy; 8) kuropatka.
A) 3, 4 B) 6, 7 C) 1, 5 D) 2, 8

2. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan turkumlarni aniqlang.


A) qandalalar, termitlar B) burgalar, ninachilar
C) bitlar, burgalar D) pardaqanotlilar, qandalalar

3. Umurtqasiz hayvonlar evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang.


1) germofrodit jinsiy sistemaning paydo bo‘lishi;
2) nerv hujayrasining paydo bo‘lishi;
3) yopiq qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi;
4) bir hujayralilarning paydo bo‘lishi;
5) bo‘g‘imoyoqlilar tipining dastlabki vakillarini paydo bo‘lishi.
A) 5, 1, 2, 3, 4 B) 2, 5, 1, 4, 3
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 4, 2, 1, 3, 5

4. Ko‘krak qafasida joylashgan suyaklarni aniqlang.


A)to‘sh va ko‘krak umurtqalari
B)o‘mrov va qovurg‘alar
C)to‘sh va o‘mrov suyaklari
D)umurtqa va kaftusti suyaklari

5. Abiotik omil ta’sirini aniqlang.


A)yovvoyi arining kungaboqar o‘simligini changlatishi
B)sovuqda daraxt barglarining to‘kilishi
C)tuvaloqni hasharotlar va kaltakesaklar bilan oziqlanishi
D)sabzavot va poliz ekinlariga shiralarni katta ziyon keltirishi

6. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (A) va gomozigota no‘xatsimon tojli (B) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil


bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. ab tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 108 ta jo‘ja olindi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang:
a) avlodda olingan jo‘jalarning fenotipik guruhlari nisbati;
b) avlodda olingan AaBb va AABb genotipli jo‘jalarning soni
A)a - 8 ta yong‘oqsimon:2 ta gulsimon:2 ta
no‘xatsimon; b - 60 ta
B)a - 8 ta gulsimon:2 ta yong‘oqsimon:2 ta
no‘xatsimon; b - 60 ta
C)a - 1 ta gulsimon:1 ta no‘xatsimon:7 ta
yong‘oqsimon; b - 48 ta
D)a - 7 ta no‘xatsimon:1 ta gulsimon:1 ta
yong‘oqsimon; b - 48 ta

7. DNK molekulasini bo‘laklarga bo‘luvchi enzimni (a); DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimni (b); bakteriya koloniyalaridan nusxa ko‘chirish usulini (c)


aniqlang.
A)a - restriktaza; b - EcoRI; c - elektroforez
B)a - endonukleaza; b - transpozaza; c - elektroforez
C)a - nukleaza; b - ligaza; c - replika olish
D)a - polimeraza; b - endonukleaza; c – replika olish

8. Dominant holda irsiylanadigan belgini aniqlang.


A) tug‘ma karlik B) polidaktiliya
C) daltonizm D) gemofiliya

9. Asalari qurti (a), tulki (b), oltingugurt bakteriya (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A)a - konsument; b - yirtqich organizm; c - xemotrof organizm
B)a - konsument; b - xemotrof organizm; c - yirtqich organizm
C)a - konsument; b - fototrof organizm;
c - fototrof organizm
D)a - yirtqich organizm; b - konsument;
c - geterotrof organizm

10. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa
B)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los
C)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa
D)1 - o‘rgimchak; 2 - lochin; 3 - laylak; 4 - ilon

11. Quyida berilganlardan faqat madaniy tok uchun xos (a), faqat Turkiston ismalog‘i uchun xos (b) hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang.


1) magnoliyasimon; 2) guli oddiy gulqo‘rg‘onli;
3) mevasi rezavor; 4) mevasi yong‘oqcha;
5) gullari ikki jinsli; 6) ikki yillik begona o‘t;
7) barglari yonbargchali.
A) a - 1, 4; b - 6; c - 3, 6 B) a - 3, 7; b - 2; c - 1
C) a - 2; b - 1; c – 2 D) a - 2, 4; b - 1; c - 6

12. Opossum mansub tip (1), kabarga mansub sinf (2), chumolixo‘r mansub turkum (3), olaqo‘zan mansub oila (4) ni aniqlang.


A)1 - xordalilar; 2 - sutemizuvchilar; 3 – oz tishlilar;
4 - suvsarsimonlar
B)1 - umurtqalilar; 2 - sutemizuvchilar; 3 – oz tishlilar;
4 - ayiqsimonlar
C)1 - umurtqalilar; 2 - sudralib yuruvchilar;
3 - hasharotxo‘rlar; 4 - suvsarsimonlar
D)1 - xordalilar; 2 - sutemizuvchilar;
3 - hasharotxo‘rlar; 4 - suvsarsimonlar

13. Geterotrof organizmlarda parazitlik qiluvchi prokariot organizmlarni ko‘rsating.


1) sil qo‘zg‘atuvchisi; 2) bo‘rtma nematoda;
3) leyshmaniya; 4) tripanosoma; 5) ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi; 6) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 5, 6

14. Sxemada odam qon aylanish sistemasining katta va kichik qon aylanish doiralari aks ettirilgan. Qaysi javobda qon aylanish sistemasining 3, 5, 7 raqamlar bilan belgilangan qismlarida qanday qon harakatlanishi muvofiq


tarzda to‘g‘ri keltirilgan?

A)3 - venoz qon, 5 - venoz qon, 7 - arterial qon
B)3 - venoz qon, 5 - arterial qon, 7 - arterial qon
C)3 - arterial qon, 5 - venoz qon, 7 - arterial qon
D)3 - arterial qon, 5 - arterial qon, 7 - venoz qon

15. Evolutsiya natijasida organik olamda himoya rangi (a), ogohlantiruvchi rang (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 3) qovog‘ari tana rangi bilan
ko‘zga yaqqol tashlanishi; 4) xonqizi qo‘ng‘izining tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi
A) a - 1; b - 3 B) a - 3; b - 1 C) a - 2; b - 4 D) a - 5; b - 2

16. Hayotning molekula (a) va hujayra (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) ribosoma katta va kichik bo‘lakchalardan tashkil topgan; 2) riboza i-RNK tarkibiga kiradi; 3) uglerodning davriy aylanishi; 4) gemoglobin transport funksiyasini amalga
oshiradi; 5) Golji majmuasi sisternalar, vakuol va pufakchalardan iborat.
A) a - 3; b - 4 B) a - 5; b – 2 C) a - 4; b - 5 D) a - 1; b - 3

17. Moddalar almashinuvi qoldiqlarining ayirish organlari orqali odam organizmidan chiqarib yuborilishi ketma-ketligini aniqlang.


1) ikkilamchi siydikning buyrak jomiga tushishi;
2) siydik pufagi devori muskullarining qisqarishi;
3) qonning filtrlanishi;
4) kalavasimon kanalchalarda reabsorbsiya jarayoni;
5) ikkilamchi siydikning siydik yo‘liga o‘tishi.
A) 4, 3, 5, 1, 2 B) 3, 4, 1, 5, 2
C) 1, 3, 4, 5, 2 D) 1, 3, 4, 2, 5

18. Biologik jarayon va hodisalarni ular o‘rganadigan fan bilan mos holda juftlangan javobni aniqlang.


1) ko‘k kaptar embrionida jabra yoriqlarining bo‘lishi;
2) silliq endoplazmatik to‘rdagi metabolizm jarayoni.

A)1 - lixenologiya; 2 - briologiya


B)1 - paleobotanika; 2 - morfologiya
C)1 - embriologiya; 2 - sitologiya
D)1 - paleontologiya; 2 - lixenologiya

19. Sxemalarga tasvirlangan to‘pgullar qaysi o‘simliklarga xos?





A)1 - zubturum, 2 - tolning changchili guli,
3 - makkajo‘xorining changchili guli
B)1 - madaniy tok, 2 - yong‘oqning changchili
guli, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli
C)1 - javdar, 2 - oqqayinning changchili guli,
3 - makkajo‘xorining changchili guli
D)1 - sabzi, 2 - tolning changchili guli,
3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli

20. Ituzumdoshlar (a), gulxayridoshlar (b), qoqio‘tdoshlar (c) oilasiga mansub turkumlarni aniqlang.


1) baqlajon; 2) karrak; 3) isirg‘ao‘t; 4) bo‘ritaroq;
5) bangidevona; 6) kanop; 7) kartoshka; 8) maxsar;
9) ituzum; 10) g‘o‘za
A) a - 2, 10; b - 1, 5; c - 2, 8
B) a - 3, 10; b - 5, 9; c - 2, 8
C) a - 2, 7; b - 5, 9; c - 2, 6
D) a - 5, 9; b - 4, 10; c - 2, 8

21. Oqsillarning nuklein kislotalardan farqini aniqlang.


1) plazmatik membrana tarkibiga kiradi;
2) xromatin tarkibiga kiradi; 3) gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) transport vazifasini bajaradi; 5) himoya vazifasini bajaradi; 6) yadrodan ribosomaga irsiy axborot
tashish vazifasini bajaradi.
A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 3, 4, 6

22.




Somatik hujayra mitoz sikli tasvirlangan yuqoridagi rasmda quyidagi jarayonlar sodir
bo‘ladigan bosqichlar qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan?
a) har bir xromosoma o‘z sentromerasi bilan bittadan bo‘linish urchug‘iga birikadi;
b) yadro kattalashib, yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi
A) a - 3; b - 5 B) a - 2; b – 3 C) a - 5; b - 4 D) a - 6; b - 4

23. Metamorfoz bilan rivojlanuvchi umurtqali hayvonlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A) qorayaloq, ko‘l baqasi B) qirg‘ovul, qilquyruq
C) povituxa qurbaqasi, okun D) qunduz, kvaksha baqasi

24. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotiddan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10% ni tashkil etsa, shu fragmentdan hosil bo‘lgan


transkripsiya mahsuloti (i-RNK) ning uzunligini (nm) (a), DNKdagi guanin va sitozin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm.)
A) a - 714; b - 2520 B) a - 357; b - 2520
C) a - 357; b - 420 D) a - 178; b - 420

25. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining profaza davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang.


A) a - 48; b - 48; c - 1; d – 2 B) a - 96; b - 48; c - 1; d - 2
C) a - 96; b - 96; c - 2; d – 2 D) a - 96; b - 48; c - 2; d - 4

26. Evolutsiya natijasida organik olamda ogohlantiruvchi rang (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.


1) kallima kapalagi qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi; 2) gornostay yozda bir qishda boshqa rangda bo‘ladi; 3) qovog‘ari tana rangi ko‘zga yaqqol tashlanadi; 4) xonqizi qo‘ng‘izi tana rangi bilan
ko‘zga yaqqol tashlanadi; 5) dengiz otchasi balig‘i tana shakli suv o‘simliklarini eslatadi.
A) a - 4; b - 1 B) a - 5; b – 3 C) a - 2; b - 4 D) a - 5; b - 2

27. Nazariy jihatdan makkajo‘xorining changdonidagi 60ta diploid to‘plamli hujayradan hosil bo‘lgan spermiylarning 30%i tuxum hujayrani urug‘lanishida ishtirok etgan bo‘lsa, urug‘lanishda ishtirok etgan tuxum hujayralar sonini aniqlang.


A) 288 B) 144 C) 72 D) 36

28. Xordalilar tipining evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang.


1) miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi burmalar;
2) o‘pka devorining ko‘plab katakchalarga bo‘linganligi;
3) katta va kichik qon aylanish doiralari; 4) nerv nayi; 5) ikki kamerali yurak.
A) 4, 3, 5, 1, 2 B) 5, 4, 2, 3, 1
C) 4, 5, 3, 2, 1 D) 4, 3, 2, 5, 1

29. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida 7 molekula glukoza to‘liq parchalanishi natijasida ... .


A)8960 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planishi glikoliz jarayonida kuzatiladi; tayyorgarlik bosqichida ajralgan energiyaning 60%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi
B)10640 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planadi; glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiya miqdoridan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi
C)glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiyadan1,5 marta ko‘p bo‘ladi; aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi
D)aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi; glikoliz bosqichida ajralgan energiyaning 40%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi

30. Quyidagi qaysi organizmlarda hujayra qobig‘ida maxsus teshikchalar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari bilan tutashgan bo‘ladi?


A) batsidiya, pnevmokokk B) liftok, kallima
C) suluv ninachi, funariya D) tuxumak, gledichiya



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling