Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet13/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
2019 dox

13-VARIANT

1. Askaridaning ontogenez rivojlanish bosqichlari


ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
1) lichinkaning qonga o‘tishi; 2) lichinka o‘pkaga o‘tishi; 3) tuxumning odamga yuqishi; 4) lichinkaning jigarga o‘tishi; 5) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 6) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 7) lichinkaning yurakka
borishi.
A) 3, 6, 2, 4, 1, 5, 7 B) 3, 6, 1, 4, 7, 2, 5
C) 6, 5, 2, 1, 4, 7, 3 D) 5, 2, 4, 1, 7, 6, 3

2. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. No‘xat o‘simligi donining burishgan va poyasining kalta bo‘lishini ta’minlovchi genlar . . . .


A)noallel genlar deyiladi B)modifikator genlar deyiladi
C)allel genlar deyiladi
D)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi

3. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (A) va gomozigota no‘xatsimon tojli (B) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa, yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil


bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. ab tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 108ta jo‘ja olindi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang:
a) avlodda olingan jo‘jalarning fenotipik guruhlari nisbati;
b) avlodda olingan aaBB genotipli jo‘jalarning soni
A)a - 8ta yong‘oqsimon:2ta gulsimon:2ta
no‘xatsimon; b - 12 ta
B)a - 7ta no‘xatsimon:1ta gulsimon:1ta
yong‘oqsimon; b - 36 ta
C)a - 1ta gulsimon:1ta no‘xatsimon:7ta
yong‘oqsimon; b - 12 ta
D)a - 8ta gulsimon:2ta yong‘oqsimon:2ta
no‘xatsimon; b - 24 ta

4. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarni aniqlang.


A) yeryong‘oq, kovrak B) gulsafsar, g‘umay
C) oshqovoq, ajriq D) zubturum, g‘umay

5. Quyida berilganlardan faqat madaniy tok uchun xos (a), faqat Turkiston ismalog‘i uchun xos (b) hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang.


1) magnoliyasimon; 2) guli oddiy gulqo‘rg‘onli;
3) mevasi rezavor; 4) mevasi yong‘oqcha;
5) gullari ikki jinsli; 6) ikki yillik begona o‘t;
7) barglari yonbargchali.
A) a - 2; b - 1; c - 2 B) a - 3, 7; b - 2; c - 1
C) a - 2, 4; b - 1; c – 6 D) a - 1, 4; b - 6; c - 3, 6

6. Geterotrof organizmlarda parazitlik qiluvchi prokariot organizmlarni ko‘rsating.


1) sil qo‘zg‘atuvchisi; 2) bo‘rtma nematoda;
3) leyshmaniya; 4) tripanosoma; 5) ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi; 6) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi.
A) 1, 5, 6 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 4

7. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida 7 molekula glukoza to‘liq parchalanishi natijasida ... .


A)aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi; glikoliz bosqichida ajralgan energiyaning 40%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi
B)8960 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planishi glikoliz jarayonida kuzatiladi; tayyorgarlik bosqichida ajralgan energiyaning 60%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi
C)10640 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planadi; glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiya miqdoridan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi
D)glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiyadan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi; aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi

8. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Qayin odimchisi kapalagining ... .


1) pastki labi va pastki jag‘i qo‘shilib xartumchani hosil qiladi; 2) qishloq joylarida oq rangli formalari mutatsiyaga uchramagan;
3) sanoatlashgan markazlarda qora rangli formalari ko‘p uchraydi; 4) rivojlanishi chala o‘zgarish bilan amalga oshadi; 5) qurti qorin bo‘limida 5 juft haqiqiy oyoqlar bor;
6) sanoatlashgan markazlarda tana rangining o‘zgarishi xromosoma mutatsiyasi bilan aloqador.
A) 1, 2, 3 B) 2, 5, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6

9. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan, teri rangining qora bo‘lishi oq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi. Geterozigotalilarda sochi to‘lqinsimon, teri rangi oraliq bo‘ladi. To‘lqinsimon sochli, teri rangi oraliq yigit to‘lqinsimon sochli terisi oq qizga uylandi. Nazariy jihatdan, ushbu nikohdan tug‘iladigan farzandlarning necha foizida terisi oq bo‘ladi?


A) 50 B) 0 C) 12,5 D) 25

10. DNK molekulasini bo‘laklarga bo‘luvchi enzimni (a); DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimni (b); bakteriya koloniyalaridan nusxa ko‘chirish usulini (c)


aniqlang.
A)a - restriktaza; b - EcoRI; c - elektroforez
B)a - endonukleaza; b - transpozaza; c - elektroforez
C)a - polimeraza; b - endonukleaza; c – replika olish
D)a - nukleaza; b - ligaza; c - replika olish

11. Yuragi ko‘krak qafasida joylashgan organizmlarni aniqlang.


A)qanotsiz kivi, sterlyad B)gekkon, kvaksha baqasi
C)alligator, korsak D)kabarga, povituxa qurbaqasi

12. Hayotning molekula (a) va hujayra (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) ribosoma katta va kichik bo‘lakchalardan tashkil topgan; 2) riboza i-RNK tarkibiga kiradi; 3) uglerodning davriy aylanishi; 4) gemoglobin transport funksiyasini amalga
oshiradi; 5) Golji majmuasi sisternalar, vakuol va pufakchalardan iborat.
A) a - 5; b - 2 B) a - 1; b - 3 C) a - 4; b - 5 D) a - 3; b - 4

13. Moddalar almashinuvi qoldiqlarining ayirish organlari orqali odam organizmidan chiqarib


yuborilishi ketma-ketligini aniqlang.
1) ikkilamchi siydikning buyrak jomiga tushishi;
2) siydik pufagi devori muskullarining qisqarishi;
3) qonning filtrlanishi;
4) kalavasimon kanalchalarda reabsorbsiya
jarayoni; 5) ikkilamchi siydikning siydik yo‘liga o‘tishi.
A) 1, 3, 4, 5, 2 B) 4, 3, 5, 1, 2
C) 3, 4, 1, 5, 2 D) 1, 3, 4, 2, 5

14. Barglari novdada qarama-qarshi (a), navbatbilan (b), halqasimon (c) joylashgan o‘simliklarni aniqlang.


A)a - dalachoy; b - atirgul; c - kiyiko‘t
B)a - gazanda; b - nastarin; c - qumrio‘t
C)a - marmarak; b - pomidor; c - qirqbo‘g‘im
D)a - yalpiz; b - chinnigul; c - qumrio‘t

15. RNK molekulasi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri


berilgan javobni aniqlang.
A)bir polinukleotid tarkibida 4 xil azot asosi, monosaxarid va fosfat kislota qoldig‘i mavjud
B)ikkita zanjirdan iborat bo‘lib, lizosomada sintezlanadi
C)i-RNK, t-RNK, r-RNK turlari mavjud bo‘lib, faqat i-RNK oqsil sintezida qatnashadi
D)i-RNK transkripsiyalanganda DNK molekulasidagi timin dezoksiribonukleotidlar ro‘parasida uratsil ribonukleotidi sintezlanadi

16. Sxemada odam qon aylanish sistemasining katta va kichik qon aylanish doiralari aks ettirilgan. Qaysi javobda qon aylanish sistemasining 3, 5, 7 raqamlar bilan belgilangan qismlarida qanday qon harakatlanishi muvofiq


tarzda to‘g‘ri keltirilgan?

A)3 - venoz qon, 5 - arterial qon, 7 - arterial qon
B)3 - arterial qon, 5 - venoz qon, 7 - arterial qon
C)3 - venoz qon, 5 - venoz qon, 7 - arterial qon
D)3 - arterial qon, 5 - arterial qon, 7 - venoz qon

17. Xrokokk uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni


aniqlang.
1) mitoxondriyada ATF sintezlanadi; 2) irsiy axborot sitoplazmada joylashgan; 3) yuksak o‘simlik; 4) prokariot organizm; 5) endoplazmatik to‘rga ega; 6) mezosomada
organik modda to‘playdi.
A) 1, 2 B) 5, 6 C) 3, 4 D) 2, 4

18. Umurtqasiz hayvonlar evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang.


1) germofrodit jinsiy sistemaning paydo bo‘lishi;
2) nerv hujayrasining paydo bo‘lishi;
3) yopiq qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi;
4) bir hujayralilarning paydo bo‘lishi;
5) bo‘g‘imoyoqlilar tipining dastlabki vakillarini
paydo bo‘lishi.
A) 5, 1, 2, 3, 4 B) 4, 2, 1, 3, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 5, 1, 4, 3

19. Karakatitsa (a), krevetka (b), ko‘k kit (c) uchun mos ta’riflar berilgan javobni aniqlang.


A)a - bosh oyoqli molluskalar tipiga mansub;
b - mozaik ko‘rish qobiliyatiga ega;
c - engyirik sutemizuvchi
B)a - chuchuk suvlarda keng tarqalgan;
b - yopiq qon aylanish sistemasiga ega;
c - oqbiqin kasatka bilan bir turkumga mansub
C)a - tana bo‘shlig‘i g‘ovak to‘qima bilan to‘lgan;
b - ikki bo‘lmali oshqozonga ega;
c - oldingi suzgichlari bilan suzadi, keyingi suzgichlari bo‘lmaydi
D)a - tana bo‘shlig‘i g‘ovak to‘qima bilan to‘lgan;
b - tanasi xitin qobiq bilan qoplangan;
c - tishli kitlarga mansub

20. Pavlov fikri bo‘yicha, qobiliyatli, zehnli, yuvosh, kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat, har bir ishni nihoyasiga yetkazib bajaradigan bolalar tipini aniqlang.


A) sangvinik B) xolerik C) melanxolik D) flegmatik

21. Evolutsiya natijasida organik olamda himoya rangi (a), ogohlantiruvchi rang (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 3) qovog‘ari tana rangi bilan
ko‘zga yaqqol tashlanishi;
4) xonqizi qo‘ng‘izining tana rangi bilan ko‘zga yaqqol
tashlanishi;
5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi
A) a - 1; b - 3 B) a - 2; b – 4 C) a - 5; b - 2 D) a - 3; b - 1

22. Xo‘roz patining chipor rangda bolishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digomozigotali qora rangli gulsimon tojli xo‘roz spermatogenezining ko‘payish davri profazasida b allellari (I) va A allellari (II) soni to‘g‘ri berilgan javobni


aniqlang.
A) I-2; II-2 B) I-2; II-0 C) I-4; II-4 D) I-0; II-2

23. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - o‘rgimchak; 2 - lochin; 3 - laylak; 4 - ilon
B)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa
C)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los
D)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa

24. Xordalilar tipining evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang.


1) miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi burmalar;
2) o‘pka devorining ko‘plab katakchalarga bo‘linganligi;
3) katta va kichik qon aylanish doiralari; 4) nerv nayi;
5) ikki kamerali yurak.
A) 4, 5, 3, 2, 1 B) 4, 3, 2, 5, 1C) 5, 4, 2, 3, 1 D) 4, 3, 5, 1, 2

25. Ildizpoya hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang.


A) ajriq, zarpechak B) yalpiz, funariya
C) qamish, nargis D) gulsafsar, shirinmiya

26. Tirik organizmlarning suv tanqisligida suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishlarini aniqlang.


1) yomg‘ir chuvalchangi tana massasining ancha qismini yo‘qotsa ham suv mavjudligida uni tez tiklashi;
2) hasharotlarda nafas teshiklarining klapanlar bilan yopilishi;
3) yozgi qurg‘oqchilikda shuvoq barglarining to‘kilishi;
4) suv ko‘p yo‘qotganda lishayniklarning hayot faoliyatini saqlab qolishi.
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4

27. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Xlorella ... .


A)yorug‘da suvni, mineral tuzlarni po‘sti orqali shimib oladi
B)xloroplastga ega tuban o‘simlik
C)xlamidomonadadoshlar oilasiga mansub dengiz suvo‘ti
D)DNK molekulasi halqa shakldagi prokariot organizm

28. Ichburug‘ amyobasi va foraminiferalar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.


A)qisqaruvchi vakuolaga ega, embrionda maydalanish bosqichi blastulaning hosil bo‘lishi bilan tugaydi
B)osmotik bosimni saqlovchi organoidga ega emas, geterotrof organizm
C)chuchuk suvda uchraydi, parazit organizm
D)dengizda erkin yashaydi, ko‘p hujayrali organizm

29. DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, shu fragment asosida sintezlangan oqsil molekulasining molekular massasini (a) hamda peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Oqsil tarkibidagi bitta


aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120, i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.)
A) a - 21000; b - 350 B) a - 21000; b - 349
C) a - 42000; b - 349 D) a - 42000; b - 350

30. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Echki ... hayvon.


A)oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan
B)kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli
C)kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqli
D)toq tuyoqli



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling