Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
28-VARIANT
1. Qilquyruqning somatik hujayrasidagi bir membranali (a), ikki membranali (b), membranasiz (c) tuzilmalarni aniqlang. 1) ribosoma; 2) hujayra markazi; 3) lizosoma; 4) vakuol; 5) silliq endoplazmatik to‘r; 6) mitoxondriya; 7) golji majmuasi; 8) donador endoplazmatik to‘r. A) a - 8; b - 6; c - 1 B) a - 3, 6; b - 4,7; c - 1 C) a - 4, 8; b - 5; c – 1 D) a - 7; b - 3, 6; c - 2, 4 2. Geterotrof (a), xemotrof (b), parazit (c) oziqlanuvchi prokariotlarni aniqlang. A)a - tugunak bakteriya; b - ossillatoriya; c - leyshmaniya B)a - temir bakteriyalari; b - oq po‘panak; c - ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi C)a - jo‘ka; b - temir bakteriyalari; c – qoqshol qo‘zg‘atuvchisi D)a - chirituvchi bakteriya; b – oltingugurt bakteriyalari; c - sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi 3. Organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib eritib yuboradigan moddalar nima deb ataladi? A) antitelolar B) batsillalar C) antitoksinlar D) neyrogormonlar 4. Spaniel it zotlarida yungning qora bo‘lishi jigarrang ustidan, kalta bo‘lishi uzun bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. aB tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota urg‘ochi va erkak itlar o‘zaro chatishtirildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang: a) avlodda olingan itlarning fenotipik guruhlari nisbati; b) qora uzun yungli itlarning genotiplari. A)a - 5ta qora kalta yungli:3ta jigarrang kalta yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AaBB, aaBb B)a - 3ta qora uzun yungli:5ta qora kalta yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AAbb, Aabb C)a - 7ta qora kalta yungli:3ta jigarrang kalta yungli:1ta qora uzun yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AaBB, AaBb D)a - 7ta qora kalta yungli:3ta jigarrang kalta yungli:1ta qora uzun yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AABb, AaBb 5. Kuropatkaning yozda bir rangda, qishda boshqa bir rangda bo‘lishi, tol mevasining tuklar yordamida uchishi (a); hasharotxo‘rlar turkumiga mansub vixuxol avlodi populatsiyalarining qisqarishi va arealining torayishi (b) qanday biologik qonuniyatlarni aks ettiradi? A)a - biologik progress; b - biologik regress B)a - aromorfoz; b - biologik regress C)a - idioadaptatsiya; b - biologik progress D)a - aromorfoz; b - umumiy degeneratsiya 6. Oqsil sintezida sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang. 1) DNK asosida i-RNKning sintezlanishi; 2) oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga o‘tishi; 3) polipeptid zanjirning ribosomadan ajralishi; 4) i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlarining komplementar tarzda bog‘lanishi. A) 3, 1, 4, 2 B) 4, 1, 3, 2 C) 4, 1, 2, 3 D) 1, 2, 4, 3 7. Metamorfoz jarayonida yashash muhiti almashinadigan organizmlarni aniqlang. 1) ko‘l baqasi; 2) hakka; 3) yashil bronza qo‘ng‘izi; 4) assidiya; 5) zog‘cha; 6) iguana; 7) suluv ninachi; 8) qur. A) 4, 8 B) 3, 7 C) 2, 6 D) 1, 5 8. DNKning 127,5 nm li fragmentidan transkripsiyalangan i-RNK asosida 14160 molekular massaga ega oqsil sintezlangan bo‘lsa, i-RNKning qanday uzunlikdagi (nm) qismi translyatsiyada ishtirok etmagan? (Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm; oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120.) A) 21,47 B) 3,57 C) 14,28 D) 7,14 9. Lososning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang. A)qorin aorta qon tomiri yurak bo‘lmachasiga qon olib boradi B)qon yurak qorinchasidan qorin aortasiga o‘tadi C)qorin aorta qon tomiridan arterial qon orqa aortaga o‘tadi D)qorin aortasidan qon yurak bo‘lmachasiga quyiladi 10. Orangutang somatik hujayrasi mitoz sikli G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a - 96; b - 48; c - 1; d – 2 B) a - 96; b - 96; c - 2; d - 2 C) a - 48; b - 48; c - 1; d – 2 D) a - 96; b - 48; c - 2; d - 4 11. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Yovvoyi bankiv tovug‘i ... . 1) issiqqonli organizm; 2) Hindomalay biogeografik viloyatida tarqalgan; 3) o‘pka venasida venoz qon oqadi; 4) tunda ov qilishga moslashgan qush; 5) miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ida ilonizi burmalari bor; 6) xonaki tovuqlarning nasl boshi sanaladi. A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6 12. Tana massasi 65 kg bo‘lgan sog‘lom odamda bir sutka mobaynida asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflanadigan energiya miqdorini (kcal) aniqlang. A) 1680 B) 1440 C) 2240 D) 1560 13. Organizmlar o‘lgandan keyin chirituvchi mikroorganizmlar ta‘sirida oqsillar parchalanishi natijasida ammiak hosil bo‘lish jarayoni ... deb ataladi. A) denitrifikatsiya B) ammonifikatsiya C) nitrifikatsiya D) fototrof va fotosintez 14. Bit (a), burga (b), bo‘ka (c) uchun mos ta’riflar berilgan javobni aniqlang. A)a - chala o‘zgarish bilan rivojlanadi; b - lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshaydi; c - pardaqanotlilar turkumi vakili B)a - burgalar turkumiga mansub; b - metamorfoz bilan rivojlanadi; c – qurtlari otlar oshqozonida parazitlik qiladi C)a - chala o‘zgarish bilan rivojlanadi; b - lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshaydi; c - qurtlari otlar oshqozonida parazitlik qiladi D)a - to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi; b - lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshaydi; c - qurtlari qoramollar burun bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi 15. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar GCC ACG TGG TAG TGG GGT TCG GAT ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, to‘rtinchi tripletdagi T nukleotidi G nukleotidga almashsa, mutatsiyadan so‘ng shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini aniqlang. A)A - 13, C - 11, T - 13, G - 11 B)A - 5, T - 7, C - 3, G - 9 C)T - 5, A - 7, C - 9, G - 3 D)G - 16, T - 8, C - 16, A - 8 16. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning sporofiti ... (b), sershox qirqbo‘g‘imning sporofiti ... (c). Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring. 1) ildizpoyaga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan; 3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik; 5) arxegoniy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega; 7) zigotadan rivojlanadi; 8) spermatozoidlar hosil qiladi; 9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi. A)a - 3, 5; b - 6, 9; c - 8, 10 B)a - 1, 2; b - 7, 9; c - 7, 10 C)a - 3, 8; b - 6, 7; c - 4, 10 D)a - 5, 9; b - 4, 10; c - 1, 3 17. Kiprikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashgan vakillaridan so‘rg‘ichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglarning kelib chiqishi (a), yettisoy, murg‘ob, xiva qirg‘ovul kenja turlarining paydo bo‘lishi (b), xaltali krot va oddiy krot tashqi qiyofasining o‘zaro o‘xshashligi (c) qaysi biologik hodisalarni aks ettiradi? A)а - mikroevolutsiya; b - divergensiya; с - makroevolutsiya B)а - makroevolutsiya; b - mikroevolutsiya; с - konvergensiya C)а - divergensiya; b - makroevolutsiya; с - konvergensiya D)а - mikroevolutsiya; b - makroevolutsiya; с - divergensiya 18. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang. A)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa B)1 - erkak chivin; 2 - chigirtka; 3 - laylak; 4 - baqa C)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los D)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa 19. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamda nafas chiqarish jarayonida ... . a) ko‘krak qafasining hajmi kichrayadi; b) ko‘krak qafasining hajmi kattalashadi; c) o‘pkalar torayadi; d) diafragma muskuli qisqaradi. A) a, c B) b, c C) a, d D) b, d 20. Yeryong‘oq o‘simligi tuzilishiga mos keladigan mantiqiy tushunchalarni aniqlang. A)oddiy barg, o‘t poya, murakkab gulqo‘rg‘on, B)urug‘chi, dukkak meva, oddiy gulqo‘rg‘on C)murakkab barg, qo‘zoq meva, yog‘och poya D)murakkab barg, gul, o‘tkazuvchi nay 21. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarni aniqlang. A) rayhon, andiz B) zig‘ir, qoqio‘t C) yeryong‘oq, qoqio‘t D) ajriq, g‘umay 22. Genotipik o‘zgaruvchanlikni aks ettiruvchi misollarni aniqlang. 1) karamning tetraploid turi paydo bo‘lishi; 2) bedaning suv yetarli joyda baland, suv kam joyda past bo‘yli bo‘lib o‘sishi; 3) uchi chilpilgan novdadan yon novdalarning paydo bo‘lishi; 4) skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali turlarning paydo bo‘lishi. A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 2, 3 23. Hayotning hujayraviy tuzilmalarini aniqlang. A)qoqshol qo‘zg‘atuvchisi, gerpes B)qizilcha qo‘zg‘atuvchisi, quturish qo‘zg‘atuvchisi C)vabo qo‘zg‘atuvchisi, o‘lat qo‘zg‘atuvchisi D)quturish qo‘zg‘atuvchisi, qoqshol qo‘zg‘atuvchisi 24. Sog‘lom odamning tirsak suyagi haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlanadi; 2) tuzilishiga ko‘ra to‘sh suyagiga o‘xshaydi; 3) murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi; 4) ustki pardasi epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan; 5) qo‘lning erkin suyagi. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 3, 5 D) 2, 4 25. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash (a), organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash (b) shakllari mos ravishda to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) zarpechakning madaniy o‘simlik tanasida yashashi; 2) shuvoqning yozgi qurg‘oqchilik vaqtida bargini to‘kishi; 3) juftlashish oldidan qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi; 4) maynalar va chumchuqlar orasida oziq uchun raqobatlashishi; 5) hasharotlarda nafas olish teshiklarining klapanlar bilan yopilishi A) a - 1; b - 4 B) a - 1; b – 5 C) a - 5; b - 3 D) a - 3; b - 2 26. Tripanosoma (a), silovsin (b), kolorado qo‘ng‘izi (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)a - geterotrof organizm; b – produtsent organizm; c - konsument organizm B)a - redutsent organizm; b - fototrof organism c - yirtqich organizm C)a - produtsent organizm; b – yirtqich organizm; c - zararkunanda organizm D)a - parazit organizm; b - yirtqich organizm; c - zararkunanda organizm 27. Qirqquloq va psilofitlarning umumiy jihatlarini aniqlang. 1) suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki quruqlik o‘simliklari; 2) ildiz tizimiga ega; 3) sporalari sporangiylarda yetiladi; 4) poyaning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 5) bargning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 6) vegetativ organ − poyaga ega. A) 1, 3 B) 5, 6 C) 2, 4 D) 3, 6 28. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik ko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘il bolalarning necha foizi gemofiliya bo‘yicha sog‘, ko‘k ko‘z bo‘ladi? (Ko‘z rangini yuzaga chiqaruvchi genlar autosoma xromosomada joylashgan.) A) 75 B) 25 C) 12,5 D) 50 29. Jadvalning qaysi qatorida garmonlar, ular ishlab chiqaradigan ichki sekretsiya bezlari va garmonlarining funksiyalari muvofiq tarzda berilgan? A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 5 30. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamlarda qonning normal ivishini va teri pigmentining normal sintezlanishini ifoda etuvchi genlar . . . . A)allel genlar deyiladi B)autosoma xromosomalarida joylashgan C)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi D)noallel genlar deyiladi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling