Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet27/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
2019 dox

27-VARIANT

1. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odam organizmidagi biriktiruvchi to‘qima ... .


A)terining epidermis qavatini hosil qiladi, 7-11 kunda bo‘linib ko‘payadi
B)mezodermadan rivojlanadi, muskulning bosh va dum qismini hosil qiladi
C)terining gipoderma qavatini hosil qiladi, vorsinkalar devorini hosil qiladi
D)o‘pkalardan organlarga gazlar transportini ta’minlaydi, alveolalar devorini hosil qiladi

2. Organizmlar o‘lgandan keyin chirituvchi mikroorganizmlar ta‘sirida oqsillar parchalanishi natijasida ammiak hosil bo‘lish jarayoni ... deb ataladi.


A) fototrof va fotosintez B) denitrifikatsiya
C) nitrifikatsiya D) ammonifikatsiya

3. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa
B)1 - erkak chivin; 2 - chigirtka; 3 - laylak; 4 - baqa
C)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los
D)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa

4. Quyida keltirilgan ta’riflarga mos atamalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


a) bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populatsiyalari; b) turli omillar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o‘rniga
yangisining rivojlanishi.
A)a - klimaksli biogeotsenoz; b – birlamchi suksessiya
B)a - ekologik mezon; b - birlamchi suksessiya
C)a - ikkilamchi suksessiya; b – birlamchi suksessiya
D)a - biogeotsenoz; b - ikkilamchi suksessiya

5. Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon, oshqozon, ichak va anal teshigidan iborat bo‘lgan hayvonlarni aniqlang.


A)zuluklar, sadafdor, bo‘rtma nematoda
B)midiya, perlovitsa, oq planariya
C)odam askaridasi, bolalar gijjasi, nereida
D)yomg‘ir chuvalchangi, qizil chuvalchang, nereida

6. Quyida berilgan misollar turning qaysi mezonlarini ifodalaydi?


1) bo‘rtma nematoda o‘simliklarda parazitlik qiladi;
2) yomg‘ir chuvalchangi tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘lingan; 3) shimpanze kariotipida 46ta autosoma bor;
4) ildizog‘iz meduza Qora dengizda tarqalgan.
A)1 - ekologik; 2 - morfologik; 3 - genetik; 4 - geografik
B)1 - geografik; 2 - morfologik; 3 - genetik; 4 - ekologik
C)1 - fiziologik; 2 - morfologik; 3 - biokimyoviy;
4 - ekologik
D)1 - genetik; 2 - fiziologik; 3 - genetik; 4 - geografik

7. Murakkab gulqo‘rg‘onga ega, quruq mevali o‘simliklarni aniqlang.


A) oq akatsiya, boychechak B) loviya, chuchmoma C) turp, mingdevona D) burchoq, tok

8. Jadvalning qaysi qatorida garmonlar, ular ishlab chiqaradigan ichki sekretsiya bezlari va garmonlarining funksiyalari muvofiq tarzda berilgan?



A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6

9. Genotipik o‘zgaruvchanlikni aks ettiruvchi misollarni aniqlang.


1) karamning tetraploid turi paydo bo‘lishi;
2) bedaning suv yetarli joyda baland, suv kam joyda past bo‘yli bo‘lib o‘sishi; 3) uchi chilpilgan novdadan yon novdalarning paydo bo‘lishi;
4) skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali turlarning paydo bo‘lishi.
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 4

10. Hujayra organoidlari va ularning ta’rifi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


a) ribosoma; b) mitoxondriya; c) lizosoma.
1) proteaza, nukleaza va karbogidrazalar saqlaydi;
2) proteaza; nukleaza va karbogidrazalarni sintezlaydi;
3) prokariot va eukariot hujayralar tarkibida uchraydi;
4) faqat eukariot hujayralar tarkibida uchraydi;
5) lipoprotein, xolesterol sintezida qatnashadi;
6) hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan
ta’minlaydi.
A) a - 2, 3; b - 4, 6; c – 1 B) a - 1, 3; b - 2, 6; c - 4
C) a - 1, 6; b - 2, 4; c – 3 D) a - 2, 6; b - 1, 5; c - 3

11. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik ko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan qizlarning necha foizi ko‘k ko‘zli bo‘ladi?


A) 75 B) 25 C) 50 D) 12,5

12. Qaysi organizmlarda kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan o‘pka arteriyalari orqali o‘pka va teriga keladi?


A) oq laylak, churrak B) gavial, alligator
C) qurbaqa, kvaksha baqasi D) suvilon, chipor ilon

13. Kiprikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashgan vakillaridan so‘rg‘ichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglarning kelib chiqishi (a), yettisoy, murg‘ob, xiva qirg‘ovul kenja turlarining paydo bo‘lishi (b), xaltali krot va oddiy krot tashqi qiyofasining o‘zaro o‘xshashligi (c) qaysi biologik hodisalarni aks ettiradi?


A)а - mikroevolutsiya; b - divergensiya;
с - makroevolutsiya
B)а - divergensiya; b - makroevolutsiya; с - konvergensiya
C)а - mikroevolutsiya; b - makroevolutsiya;
с - divergensiya
D)а - makroevolutsiya; b - mikroevolutsiya;
с - konvergensiya

14. Qaysi tuzilmalar tarkibida uglevod mavjud?


1) ribosoma; 2) fosfolipid; 3) jo‘ka hujayrasining qobig‘i; 4) DNK; 5) t-RNK; 6) plazmid; 7) lipoprotein; 8) albumin
A) 3, 7, 8 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 6

15. Sog‘lom odam somatik hujayrasida mitozning metafazasida autosoma xromosomalari (a) va jami DNKlar (b) sonini aniqlang.


A) a - 44; b - 92 B) a - 46; b - 92
C) a - 92; b - 92 D) a - 44; b - 44

16. Quyidagi era, davr hamda ularda yuz bergan aromorfozlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A)mezozoy erasining yura davri –dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi; paleozoy erasining toshko‘mir davri −yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi
B)paleozoy erasining kembriy davri −jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; paleozoy erasining silur davri − zamburug‘larning paydo bo‘lishi
C)paleozoy erasining devon davri –suyakli baliqlar sinfining kelib chiqishi; paleozoy erasining silur davri −xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi
D)paleozoy erasining kembriy davri –ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi; mezozoy erasining trias davri –dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi

17. "Sinf" sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang.


A)xordalialr, molluskalar
B)ko‘p tuklilar, bo‘shliqichlilar
C)qorinoyoqlilar, ochiq urug‘lilar
D)zuluklar, o‘rgimchaksimonlar

18. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash (a), organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash (b) shakllari mos ravishda to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.


1) zarpechakning madaniy o‘simlik tanasida yashashi;
2) shuvoqning yozgi qurg‘oqchilik vaqtida bargini to‘kishi; 3) juftlashish oldidan qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi; 4) maynalar va chumchuqlar orasida oziq uchun raqobatlashishi;
5) hasharotlarda nafas olish teshiklarining klapanlar bilan yopilishi
A) a - 1; b - 5 B) a - 1; b – 4 C) a - 3; b - 2 D) a - 5; b - 3

19. DNKning 127,5 nm li fragmentidan transkripsiyalangan i-RNK asosida 14160 molekular massaga ega oqsil sintezlangan bo‘lsa, i-RNKning qanday uzunlikdagi (nm) qismi translyatsiyada ishtirok etmagan?


(Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm; oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120.)
A) 7,14 B) 14,28 C) 3,57 D) 21,47

20. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning sporofiti ... (b), sershox qirqbo‘g‘imning sporofiti ... (c).


Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
1) ildizpoyaga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan;
3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik;
5) arxegoniy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega;
7) zigotadan rivojlanadi; 8) spermatozoidlar hosil qiladi;
9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi.
A)a - 1, 2; b - 7, 9; c - 7, 10 B)a - 3, 5; b - 6, 9; c - 8, 10
C)a - 5, 9; b - 4, 10; c - 1, 3 D)a - 3, 8; b - 6, 7; c - 4, 10

21. Metamorfoz jarayonida yashash muhiti almashinadigan organizmlarni aniqlang.


1) ko‘l baqasi; 2) hakka; 3) yashil bronza qo‘ng‘izi;
4) assidiya; 5) zog‘cha; 6) iguana; 7) suluv ninachi; 8) qur.
A) 4, 8 B) 2, 6 C) 1, 5 D) 3, 7

22. Prokariot parazit organizmlarni aniqlang.


A)kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi, batsidiya
B)sil qo‘zgatuvchisi, nozema
C)pnevmokokk, vabo qo‘zg‘atuvchisi
D)qoqshol qo‘zg‘atuvchisi, gerpes

23. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamlarda qonning normal ivishini va teri pigmentining normal sintezlanishini ifoda etuvchi genlar . . . .


A)allel genlar deyiladi B)noallel genlar deyiladi
C)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi
D)autosoma xromosomalarida joylashgan

24. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Adrenalin gormoni ... .


a) buyrakusti bezining ichki qismidan ishlab chiqariladi;
b) qon tomirlarni kengaytiradi;
c) vazopressin deb ataladi; d) arterial bosimni oshiradi.
A) a, b B) a, d C) b, d D) c, d

25. Mevalarni aniqlang.


1) kartoshkaning tugunagi; 2) jag‘-jag‘ning qo‘zoqchasi;
3) loviyaning dukkagi; 4) batatning tugunagi;
5) lavlagining ildizmevasi; 6) bosh piyozning ko‘sakchasi
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 2, 3, 4

26. Topinambur tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A va B genlari qizil, A va b genlari sariq, a va B genlari binafsha ranglarni, aabb holatda tugunakni oq bo‘lishini ta’minlaydi. Rangning to‘liq yuzaga chiqishi DD modifikator genga bog‘liq. Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa rangni yuzaga chiqarmaydi, tugunak oq bo‘ladi. Digeterozigotali tugunagi och sariq va och binafsha rangda bo‘lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirildi. Olingan avlodlarning necha %ida tugunak och-qizil rangli bo‘ladi?


A) 18,75 B) 12,5 C) 56,25 D) 6,25

27. Tana massasi 65 kg bo‘lgan sog‘lom odamda bir sutka mobaynida asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflanadigan energiya miqdorini (kcal) aniqlang.


A) 1680 B) 2240 C) 1560 D) 1440

28. Qirqquloq va psilofitlarning umumiy jihatlarini aniqlang.


1) suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki quruqlik o‘simliklari; 2) ildiz tizimiga ega; 3) sporalari sporangiylarda yetiladi; 4) poyaning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 5) bargning paydo bo‘lishi ilk
aromorfoz hisoblanadi; 6) vegetativ organ − poyaga ega.
A) 3, 6 B) 5, 6 C) 2, 4 D) 1, 3

29. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar GCC ACG TGG TAG TGG GGT TCG GAT ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, to‘rtinchi tripletdagi T nukleotidi G nukleotidga almashsa, mutatsiyadan so‘ng shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini aniqlang.


A)G - 16, T - 8, C - 16, A - 8
B)T - 5, A - 7, C - 9, G - 3
C)A - 5, T - 7, C - 3, G - 9
D)A - 13, C - 11, T - 13, G - 11

30. Barglari murakkab toq patsimon (a), juft patsimon (b) va toq bargchalari gajak hosil qilgan (c) o‘simliklarni aniqlang.


A)a - yong‘oq; b - yeryong‘oq; c - burchoq
B)a - shirinmiya; b - sebarga; c - no‘xat
C)a - yong‘oq; b - soxta kashtan; c - loviya
D)a - shirinmiya; b - soxta kashtan; c – burchoq



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling