Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet22/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
2019 dox

22-VARIANT

1. Nafas olishi jabra orqali amalga oshadigan organizmlar berilgan javobni aniqlang.


A) gorbusha, losos B) suqsun, ustritsa
C) kulrang satir, baqachanoq
D) sariq chayon, Afrika tilyapiyasi

2. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik ko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘il bolalarning necha foizi ko‘k ko‘zli bo‘ladi?


A) 25 B) 50 C) 75 D) 12,5

3. Xolmon va olg‘i o‘simliklari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir bo‘limga (a), bir sinfga (b) va bir oilaga (c) birlashtiriladi? 1) gullari ikki jinsli; 2) meva hosil qiladi;


3) changchilari 6ta; 4) murtagi bir urug‘pallali; 5) ildiz tizimi qo‘shimcha va yon ildizlardan iborat; 6) barglari novdada ketma-ket o‘rnashgan; 7) barg yaprog‘i yoysimon yoki parallel tomirlangan; 8) o‘tkazuvchi naylarga
ega; 9) gulli o‘simlik.

A)a - 2, 9; b - 4, 5; c - 1, 3 B)a - 1, 9; b - 4, 8; c - 3, 7


C)a - 5, 8; b - 5, 7; c - 2, 6 D)a - 2, 8; b - 4, 9; c - 5, 6

4. Dissimilatsiya jarayonida qatnashadigan tuzilmalarni aniqlang.


A)yadro, silliq endoplazmatik to‘r B)ribosoma, lizosoma
C)mitoxondriya, lizosoma
D)mitoxondriya, donador endoplazmatik to‘r

5. Batat tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A va B genlari qizil, A va b genlari sariq, a va B genlari binafsha ranglarni, aabb


holatda tugunakni oq bo‘linishini ta’minlaydi. Rangning to‘liq yuzaga chiqishi DD modifikator geniga bog‘liq. Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa rang yuzaga chiqmaydi
tugunak oq bo‘ladi. Digeterozigotali tugunagi och sariq va och binafsha rangda bo‘lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirildi. Olingan avlodlarni necha %ida tugunak och-qizil rangli bo‘ladi?
A) 56,25 B) 12,5 C) 18,75 D) 6,25

6. Tirik organizmlarning suv tanqisligida suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishlarini aniqlang.


1) yomg‘ir chuvalchangi tana massasining ancha qismini yo‘qotsa ham suv mavjudligida uni tez tiklashi; 2) saksovul barglarining tangachasimon shaklda bo‘lishi; 3) cho‘l o‘simliklarida transpiratsiyaning kamayishi;
4) suv ko‘p yo‘qotganda lishayniklarning hayot faoliyatini saqlab qolishi.
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 2

7. Tut ipak qurtining spermatozoid hujayrasida kariotipi n=28 bo‘lsa, urg‘ochi kapalakning epidermis hujayrasidagi xromosoma holatini aniqlang.


A)58ta autosoma va jinsiy X yoki Y xromosoma
B)56ta autosoma va jinsiy XX xromosoma
C)54ta autosoma va jinsiy XY xromosoma
D)56ta autosoma va bitta jinsiy X xromosoma

8. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - o‘rgimchak; 2 - baqa; 3 - kaltakesak; 4 - arxar
B)1 - sariq galanga; 2 - sichqon; 3 - -jayron; 4 - emu
C)1 - o‘simlik; 2 - ilon; 3 - tuvaloq; 4 - arslon
D)1 - asalari; 2 - kolorado qo‘ng‘izi; 3 - musicha; 4 - lochin

9. Tiriklikning tuzilish darajalariga mos berilgan javobni aniqlang.


1) assidiyada metamorfozning sodir bolishi; 2) dizruptiv tanlanish.
A)1 - molekula; 2 – populatsiya
B)1 - organizm; 2 - molekula
C)1 - hujayra; 2 - biosfera
D)1 - organizm; 2 - populatsiya

10. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining glikoliz (a) va tayyorgarlik (b) bosqichlarida kechadigan jarayonlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.


A)a - sut kislotasining fermentlar yordamida kislorod ishtirokida parchalanishi;
b - 3,5 molekula glukozadan ajralgan energiyaning 280 kJ ATFning fosfat bog‘larida to‘planishi
B)a - ajralgan energiyaning 100%i issiqlik energiyasi sifatida tarqalishi; b – ajralgan energiyaning 40%i ATFning fosfat bog‘larida to‘planishi
C)a - ajralgan energiyaning 40%i ATFning fosfat bog‘larida to‘planishi; b – sut kislotasining fermentlar yordamida kislorod ishtirokida parchalanishi
D)a - 3,5 molekula glukozadan ajralgan energiyaning 280 kJ ATFning fosfat bog‘larida to‘planishi; b - ajralgan
energiyaning 100%i issiqlik energiyasi sifatida tarqalishi, oqsillarning aminokislotagacha parchalanishi

11. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni tanlang. Sayg‘oq muskul hujayrasida 3,5 molekula glukoza to‘liq parchalansa ... . 1) aerob bosqichida 7 molekula sut kislota hosil bo‘ladi; 2) 5320 kJ energiya ATFning fosfat


bog‘larida to‘planadi; 3) glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya ATFda to‘plangan energiyaga nisbatan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi; 4) glikolizda
21 molekula karbonat angidrid (CO2) ajraladi.
A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3

12. Quyida berilgan organizmlar mansub sistematik birliklarni aniqlang. 1) vixuxol; 2) latcha; 3) sterlyad; 4) skuns.


A)1 - sudralib yuruvchilar sinfi; 2 – yirtqich sutemizuvchilar turkumi; 3 - bakra baliqlar turkumi; 4 - yirtqich sutemizuvchilar turkumi
B)1 - oz tishlilar turkumi; 2 – suvsarsimonlar oilasi; 3 - suyakli baliqlar sinfi; 4 – xordalilar tipi
C)1 - kemiruvchilar turkumi; 2 – yirtqich sutemizuvchilar turkumi; 3 - bakra baliqlar sinfi; 4 - xordalilar tipi
D)1 - hasharotxo‘rlar turkumi; 2 - suvsarsimonlar oilasi;
3 - suyakli baliqlar sinfi; 4 - sutemizuvchilar sinfi

13. Ekologik piramidaning asosini tashkil etuvchi organizmlarni aniqlang.


1) yapon laminariyasi; 2) tilyapiya; 3) xara; 4) aureliya;
5) foraminefera; 6) gledichiya.
A) 1, 3 B) 5, 6 C) 4, 5 D) 2, 6

14. Pixta (a), baqlajon (b), g‘umay (c) o‘simliklari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.


1) gulkosachabarglari to‘rtta; 2) popuk ildiz tizimiga ega; 3) qo‘sh urug‘lanish kuzatilmaydi; 4) mevasi qo‘zoqcha;
5) sekvoyadendron bilan bir bo‘limga mansub; 6) xarduma bilan bir sinfga mansub; 7) ituzum turkumiga mansub.
A)a - 7; b - 5; c – 2 B)a - 1, 6; b - 4; c - 6
C)a - 5; b - 7; c - 2, 6 D)a - 3, 5; b - 6; c - 3, 5

15. Uzun g‘ovak suyaklar berilgan javobni aniqlang.


A) son, boldir B) yelka, kurak
C) o‘mrov, bilak D) o‘mrov, qovurg‘a

16. "Hayvonlarning paydo bo‘lishi" (a), "Zoologiya falsafasi" (b), "O‘simliklar dunyosida chetdan va


o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri" (c) asarlari muallifi to‘g‘ri juftlangan javobni toping.
A)a - Ch.Darvin; b - I.P.Pavlov; c - J.B.Lamark
B)a - Ch.Darvin; b - N.Gryu; c - K.Linney
C)a - Aristotel; b - J.B.Lamark ; c - Ch.Darvin
D)a - J.B.Lamark; b - N.Gryu; c - K.Linney

17. Transkripsiya va translyatsiya jarayoni hujayra sitoplazmasida kechadigan organizmlarni aniqlang.


1) sil qo‘zg‘atuvchisi; 2) nematoda; 3) leyshmaniya;
4) tripanosoma; 5) ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi;
6) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi.
A) 2, 3, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 4

18. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamda nafas olish jarayonida ... .


a) qovurg‘alar pastga tushadi; b) ichki qovurg‘alararo muskullar qisqaradi; c) bo‘yinning teriosti muskuli qisqaradi; d) diafragma pastga tushadi.
A) a, c B) a, d C) c, d D) b, c

19. Nerv sistemasi qismlari va ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


a) uzunchoq miya; b) oraliq miya; c) o‘rta miya; d) miya ko‘prigi;
1) uchlik nervi markazi; 2) yuz muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazi; 3) ovqat hazm qilishning nerv markazi; 4) po‘stloq osti ko‘rish markazi; 5) gipofizni boshqaruvchi nerv markazi; 6) nafas olish markazi;
7) ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nerv markazi;
8) po‘stloq osti eshitish markazi.
A)a - 6; b - 8; c - 7; d - 1
B)a - 1; b - 5; c - 4; d - 7
C)a - 6; b - 1; c - 4; d - 4
D)a - 3; b - 5; c - 8; d - 2

20. Mexanik (1), o‘tkazuvchi (2), asosiy (3), qoplovchi (4) to‘qima hujayralarini aniqlang.


A)1 - traxeid; 2 - o‘tkazuvchi nay; 3 - parenxima;
4 - epiderma
B)1 - lub tolasi; 2 - sklerenxima; 3 - parenxima; 4 - po‘kak
C)1 - kollenxima; 2 - traxeid; 3 - xlorenxima; 4 - periderma
D)1 - sklereid; 2 - elaksimon nay; 3 - xlorenxima;
4 - traxeid

21. Xo‘roz patining chipor rangda bolishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digomozigotali chipor rangli gulsimon tojli xo‘roz spermatogenezining ko‘payish davri profazasida b allellari (I) va A allellari (II) soni to‘g‘ri berilgan javobni


aniqlang.
A) I-0; II-4 B) I-4; II-4 C) I-2; II-4 D) I-0; II-2

22. Ikki va undan ortiq noallel genlarning bir belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi irsiylanishning qaysi turida namoyon bo‘ladi?


A) epistaz B) pleyotropiya
C) to‘liq dominantlik D) chala dominantlik

23. To‘g‘ri fikrlar berilgan javobni aniqlang.


1) transmissibl plazmid asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qiladi;
2) avtonom plazmidlar bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va teshiklaridan o‘tadi; 3) endonukleaza zaharli toksin parchalovchi ferment sintezlovchi genetik tuzilma; 4) quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritilib, transgen quyon olingan.
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 2, 4

24. Dengizda uchraydigan suvo‘tlarni aniqlang.


A) yapon laminariyasi, xara B) ulva, nemalion
C) nemalion, kladofora D) kladofora, spirogira

25. Ko‘p urug‘li, yonbargsiz, quruq mevali o‘simliklarni aniqlang.


A) no‘xat, nok B) oddiy na’matak, qoraqat
C) karam, rediska D) o‘tloq sebargasi, behi

26. Hayotning molekula (a) va hujayra (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) donador va silliq endoplazmatik to‘r membranalar tizimidan iborat; 2) riboza ribonuklein kislota tarkibiga kiradi;3) uglerodning biogen migratsiyasi; 4) DNK
ning purin asoslariga adenin va guanin kiradi;
5) xloroplastlar bo‘linib ko‘payadi.
A) a - 3; b - 2 B) a - 1; b - 5
C) a - 5; b - 3 D) a - 2; b - 5

27. Jigar qurtining postembrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


1) sista davri; 2) voyaga yetgan jigar qurti;
3) kiprikli lichinka bosqichi; 4) parazitning jigar o‘t yo‘liga o‘tishi; 5) lichinkaning molluska tanasida rivojlanishi;
6) dumli lichinka bosqichi.
A) 5, 2, 1, 4, 6, 3 B) 2, 3, 6, 5, 4, 1
C) 3, 5, 6, 1, 4, 2 D) 5, 2, 3, 6, 4, 1

28. Umurtqali hayvonlar evolutsiyasida aromorfoz (a), idioadaptatsiya (b) yo‘nalishlari uchun mos misollar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.


1) suyakli baliqlar sinfi vakillarini kelib chiqishi;
2) zarpechakda ildiz va bargning bo‘lmasligi;
3) kuropatkaning yozda bir rangda qishda boshqa rangda bo‘lishi; 4) skatning yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon tebratib asta-sekin suzishi; 5) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki vakillari paydo bo‘lishi.
A) a - 3; b - 1 B) a - 2; b – 4 C) a - 1; b - 4 D) a - 5; b - 2

29. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.


Qizilcha qo‘zg‘atuvchisida ... bo‘ladi.
A) adenin, ribosoma
B) guanin, silliq endoplazmatik to‘r
C) sitozin, oqsil
D) fosfat kislota qoldig‘i, mitoxondriya

30. Harakatlantiruvchi (а), stabillashtiruvchi (b), dizruptiv (c) tanlanishning xarakterli jihatlarini aniqlang.


1) yangi muhit sharoitiga o‘zgarib moslashgan organizmlarning saqlanib qolishini ta’minlaydi;
2) irsiy o‘zgaruvchanlikka keng imkoniyatlar yaratadi;
3) ajdod belgilarining saqlanib qolishini ta’minlaydi;
4) bir populatsiya doirasida politipik formalarning hosil bo‘lishiga olib keladi; 5) belgilarning reaksiya normasi
doirasida saqlanishini ta’minlaydi.
A) а - 5; b - 2; c - 1 B) а - 2; b - 5; c - 4
C) а - 3; b - 4; c - 2 D) а - 5; b - 1; c – 4



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling