Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
24-VARIANT
1. Quyidagi organizmlarga xos bo‘lgan tushunchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. a) funariya; b) sershox qirqbo‘g‘im; c) qora qarag‘ay; d) qayrag‘och; e) zuhrasoch; 1) poya-bargli gametofit; 2) poya; 3) poya-bargli sporofit; 4) ildiz tizimi; 5) urug‘kurtak; 6) arxegoniy; 7) murtak xalta; 8) chang donasi; 9) sorus; 10) sporofill. A) a - 1; b - 3; c - 8; d - 7; e - 6 B) a - 3; b - 4; c - 8; d - 6; e - 9 C) a - 2; b - 1; c - 8; d - 7; e - 5 D) a - 6; b - 10; c - 7; d - 5; e - 1 2. Jadvalning qaysi qatorlarida (№) organizmlar, ularning xususiyatlari va ular mansub turkumlar muvofiq tarzda berilgan? A) 1, 2, 6 B) 3, 4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 5 3. Qora chumoli mansub sinf (a), qoraqurt mansub sinf (b) va qorabaliq mansub kenja tipni (c) aniqlang. A)a - pardaqanotlilar; b - o‘rgimchaksimonlar; c - bosh skeletlilar B)a - hasharotlar; b - o‘rgimchaklar; c – bosh skeletsizlar C)a - hasharotlar; b - o‘rgimchaksimonlar; c - bosh skeletlilar D)a - hasharotlar; b - o‘rgimchaksimonlar; c - baliqlar 4. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang. 1) kislorodning hosil bo‘lishi; 2) CO2 ning sarflanishi; 3) ATF ning hosil bo‘lishi; 4) uglevodning hosil bo‘lishi; 5) ATF ning sarflanishi; 6) vodorodning vodorodni ko‘chiruvchi organik birikmaga birikishi. A) 2, 4, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 4, 5, 6 5. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni tanlang. Selluloza glikogen kabi ... . 1) polimer molekula; 2) monomeri glukoza; 3) hujayra qobig‘ini hosil qiladi; 4) hayvon hujayralarida zahiralanadi; 5) bir xil monomerlardan tashkil topgan. A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3 6. Tovuq va xo‘rozlar patining chipor rangda bo‘lishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy (a) bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digeterozigotali xo‘roz va gulsimon tojli, qora patli aXb gametalari yashovchan bo‘lmagan tovuqlar (faqat urg‘ochilarida aXb gametalari yashovchan emas) chatishtirilishidan 240ta jo‘ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang. a) chatishtirishdan olingan oddiy tojli chipor rangli jo‘jalarning genotipini; b) chatishtirishdan olingan jo‘jalarning nechtasi gulsimon tojli qora rangli ekanligini A)a - aaXBXB; aaXBXb; aaXbY ; b - 100 B)a - aaXBXb; aaXbY ; b - 120 C)a - aaXBY ; b - 100 D)a - aaXBXb; aaXbY ; b - 120 7. Quyidagi olimlarning biologiya fanining rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) T.Shvann - uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligi qo‘zg‘atuvchilari; b) F.de Errel - bakteriofag; с) D.I.Ivanovskiy - tamaki mozaikasining o‘ziga xos xususiyatlari; d) A.Levenguk – hujayrada yadro mavjudligi. A) b, c B) b, d C) a, c D) a, d 8. Biologik jarayon va hodisalarni ular o‘rganadigan fan bilan mos holda juftlangan javobni aniqlang. 1) jirafa embrionida jabra yoriqlarining bo‘lishi; 2) qazilma holdagi organizmlarni o‘rganish. A)1 - solishtirma anatomiya; 2 - algologiya B)1 - embriologiya; 2 - paleontologiya C)1 - lixenologiya; 2 - briologiya D)1 - paleobotanika; 2 - lixenologiya 9. Tirik organizmlarning suv tanqisligida suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishlarini aniqlang. 1) termitlarning yer osti suvlarigacha yo‘l ochishi; 2) alp o‘tloqlari o‘simliklarida barglarning so‘linqirab turishi; 3) sahro baqasi maxsus siydik pufagida suvni zaxiralashi; 4) saksovul barglarining tangachasimon shaklda bo‘lishi. A) 1, 2 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 3 10. Turkum sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. A)bo‘g‘imoyoqlilar, bo‘risimonlar B)xordalilar, ayiqsimonlar C)ayiqsimonlar, halqali chuvalchanglar D)na’matak, laylaksimonlar 11. Gul tugunchasida ko‘p urug‘kurtak bo‘ladigan o‘simliklarni aniqlang. 1) o‘rik; 2) olcha; 3) g‘o‘za; 4) gilos; 5) olxo‘ri; 6) chuchmoma; 7) boychechak. A) 4, 5, 7 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 4 D) 3, 6, 7 12. Kaptarning embrional rivojlanish davriga mos keluvchi to‘g‘ri javobni aniqlang. 1) gastrula blastulaning botib kirishi hisobiga hosil bo‘ladi; 2) murtak varaqasining entoderma qavatidan miyacha hosil bo‘ladi; 3) blastuladagi barcha hujayralar gaploid to‘plamga ega; 4) zigotaning 2 marta meridianal bo‘linishidan 32ta blastomer hosil bo‘ladi; 5) blastulaning devori bir qavat hujayradan tashkil topgan; 6) blastomerlar mitoz usulida bo‘lingan hujayralar; 7) zigota avval meyoz keyin mitoz usulida bo‘lingan hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. A) 2, 7 B) 5, 6 C) 3, 4 D) 1, 6 13. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kofe, banan, makkajo‘xori, qalampirning vatani Janubiy Amerika markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 2, 4 B) 2, 3 C) 4, 5 D) 1, 3 14. Nerv sistemasi kasalligi to‘g‘ri ta’riflangan javobni aniqlang. A)poliomiyelit −bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi B)nefrit −buyraklarning yallig‘lanish kasalliklari C)nevrit −harakatlantiruvchi nerv tolalarining yallig‘lanishi D)miyelit −bosh miyani o‘rab turgan pardaning yallig‘lanishi 15. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Bakteriya virusida ... bo‘ladi. A)dum qismidagi iplar, silliq endoplazmatik to‘r B)g‘ilof, donador endoplazmatik to‘r C)DNKli boshcha, yoqacha D)RNK va DNK, mezosoma 16. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlariga mos organizmlarni aniqlang. A)1 - sariq chayon; 2 - yashil chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa B)1 - qoraqurt; 2 - ayiq; 3 - zubr; 4 - baqa C)1 - kaltakesak; 2 - lochin; 3 - kapcha ilon; 4 - laylak D)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los 17. Parasimpatik nerv sistemasi (a) va simpatik nerv sistemasi (b) funksiyasini aniqlang. A)a - bronxlarni toraytiradi, arterial bosimni oshiradi; b - o‘pkalar ventilatsiyasini kuchaytiradi, siydik pufagi muskullarini bo‘shashtiradi B)a - siydik ajralishini ko‘paytiradi, nafas yo‘llari (bronxlar)ni toraytiradi; b – arteriya qon tomirlarni toraytiradi, me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi C)a - yurak ishini tezlashtiradi, siydik ajralishni ko‘paytiradi; b - me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi, nafas yo‘llari (bronxlar)ni kengaytiradi D)a - o‘pkalar ventilatsiyasini kuchaytiradi, siydik qopi muskullarini qisqartiradi; b – qon bosimini pasaytiradi, arteriya qon tomirlarni toraytiradi 18. Mitoz bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarni aniqlang. 1) akatsiyanig vegetativ hujayrasi; 2) zog‘ora baliqning tuxum hujayrasi; 3) oq planariyani tuxum hujayrasi; 4) sigirquyruqning tuxum hujayrasi; 5) oqqurayning generativ hujayrasi; 6) gazandaning mikrosporasi; 7) midiyaning spermatozoidi. A) 2, 5, 7 B) 1, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 6 19. Hindomalay biogeografik viloyatida gibbon, Habashiston biogeografik viloyatida shimpanzening uchrashi (a), Avstraliya biogeografik viloyati xashaki tovuqlarning, Hindomalay biogeografik viloyatida yovvoyi bankiv tovuqlarning uchrashi (b) tur paydo bo‘lishining qaysi yo‘nalishiga misol bo‘ladi? A)a - allopatrik; b - allopatrik B)a - allopatrik; b - simpatrik C)a - simpatrik; b - allopatrik D)a - simpatrik; b - simpatrik 20. Fotosintez jarayonida 450 g glukozaning sintezlanishi uchun qancha (kJ) ATF energiyasi sarflanadi? A) 2160 B) 1400 C) 1800 D) 1600 21. Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi (1), exinokokkda hazm qilish organlarini yo‘qolishi (2) qanday biologik qonuniyatlarni aks ettiradi? A)1 - aromorfoz; 2 - idioadaptatsiya B)1 - biologik progress; 2 - biologik progress C)1 - biologik progress; 2 - biologik regress D)1 - aromorfoz; 2 - biologik regress 22. Postembrional davri to‘g‘ri rivojlanish yo‘li bilan amalga oshuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang. 1) belyanka; 2) butli o‘rgimchak; 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 4) suvarak; 5) dreysena; 6) sariq chayon; 7) assidiya; 8) qoraqurt A) 1, 8 B) 3, 7 C) 4, 5 D) 2, 6 23. Manna tanasida zamburug‘ va suvo‘tining birgalikda yashashi organizmlarning o‘zaro qanday munosabatini ifodalaydi? A) yirtqichlik B) mutualizm C) o‘zaro raqobat D) parazitizm 24. Otasi daltonizm bilan kasal, onasining ajdodlarida esa daltonizm uchramagan erkak somatik hujayrasining mitoz sikli S davrida d (I), D (II) allellari sonini aniqlang. A) I-1; II-1 B) I-0; II-4 C) I-2; II-0 D) I-0; II-2 25. Buyrakdagi filtratsiya jarayoniga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. A)nefron kapsulalarida sodir bo‘ladi; nefron kapillarlaridagi bosim past bo‘ladi B)nefron kapsulalarida sodir bo‘ladi; kapsula suyuqligida glukoza, mineral tuzlar, ko‘p miqdorda suv bo‘ladi C)nefron kapsulalarida sodir bo‘ladi; ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi D)nefron kapsulalarida sodir bo‘ladi; kapsula suyuqligida amilaza, aminokislotalar, ko‘p miqdorda suv bo‘ladi 26. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi (a) va organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi (b) kurash shakllariga mos keluvchi misollar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) jigar qurtining qoramol jigarida parazitlik qilishi; 2) atirgulning sovuq kuzda bargini to‘kishi; 3) juftlashish oldidan karqurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi; 4) burgutning toshbaqani osmondan qattiq yerga tashlab parchalab yeyishi; 5) kaltakesakning qishki uyquga ketishi A) a - 4; b - 3 B) a - 3; b – 2 C) a - 1; b - 3 D) a - 4; b - 5 27. Xordalilar tipining evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang. 1) katta va kichik qon aylanish doiralari; 2) o‘pka devorining ko‘plab kataklarga bo‘linganligi; 3) doimiy tana harorati; 4) nerv nayi; 5) ikki kamerali yurak. A) 4, 5, 1, 2, 3 B) 4, 1, 2, 5, 3 C) 5, 4, 2, 1, 3 D) 1, 4, 5, 3, 2 28. Yuragi ikki kamerali ochiq qon aylanish sistemasiga ega hayvonlarni aniqlang. A)chuchuk suv shillig‘i, laqqa baliq B)tok shillig‘i, bitiniya C)zog‘ora baliq, akula D)midiya, dengiz tulkisi 29. Magnoliyasimon, mevasi bir nechta mevabarglardan tashkil topgan o‘simliklarni aniqlang. A) greyg lolasi, yeryong‘oq B) g‘o‘za, mingdevona C) bangidevona, qizil lola D) chuchmoma, mosh 30. Gen kasalligini aniqlang. A) Shereshevskiy-Terner sindromi B) Klaynfelter sindromi C) Daun sindromi D) fenilketonuriya Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling