Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
25-VARIANT
1. Quyidagi olimlarning biologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) V.V.Dokuchayev −hujayrasiz hayot yo‘qligini aniqlagan; b) V.I.Vernadskiy − biosfera haqidagi ta’limotni aniqlagan; c) I.P.Pavlov −bosh miya turli qismlari maxsus nerv hujayralari to‘plamidan iboratligini aniqlagan; d) P.F.Borovskiy − embrionlarning o‘xshashlik qonunini yaratgan. A) b, c B) a, b C) a, c D) b, d 2. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik ko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘il bolalarning necha foizi gemofiliya bo‘yicha sog‘, ko‘k ko‘z bo‘ladi? (Ko‘z rangini yuzaga chiqaruvchi genlar autosoma xromosomada joylashgan.) A) 75 B) 12,5 C) 50 D) 25 3. Kiprikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashgan vakillaridan so‘rg‘ichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglarning kelib chiqishi (a), yettisoy, murg‘ob, xiva qirg‘ovul kenja turlarining paydo bo‘lishi (b), xaltali krot va oddiy krot tashqi qiyofasining o‘zaro o‘xshashligi (c) qaysi biologik hodisalarni aks ettiradi? A)а - divergensiya; b - makroevolutsiya; с - konvergensiya B)а - mikroevolutsiya; b - divergensiya; с - makroevolutsiya C)а - makroevolutsiya; b - mikroevolutsiya; с - konvergensiya D)а - mikroevolutsiya; b - makroevolutsiya; с - divergensiya 4. Tugunak bakteriyasi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. A)avtotrof organism B)endoplazmatik to‘rga ega C)geterotrof organism D)hujayra markazi ikkita sentrioladan tashkil topgan 5. Sog‘lom odamning tirsak suyagi haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlanadi; 2) tuzilishiga ko‘ra to‘sh suyagiga o‘xshaydi; 3) murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi; 4) ustki pardasi epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan; 5) qo‘lning erkinsuyagi. A) 2, 4 B) 3, 5 C) 3, 4 D) 1, 2 6. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning sporofiti ... (b), sershox qirqbo‘g‘imning sporofiti ... (c). Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring. 1) ildizpoyaga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan; 3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik; 5) arxegoniy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega; 7) zigotadan rivojlanadi; 8) spermatozoidlar hosil qiladi; 9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi. A)a - 3, 5; b - 6, 9; c - 8, 10 B)a - 5, 9; b - 4, 10; c - 1, 3 C)a - 1, 2; b - 7, 9; c - 7, 10 D)a - 3, 8; b - 6, 7; c - 4, 10 7. Hujayra organoidlari va ularning ta’rifi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) ribosoma; b) mitoxondriya; c) lizosoma. 1) proteaza, nukleaza va karbogidrazalar saqlaydi; 2) proteaza; nukleaza va karbogidrazalarni sintezlaydi; 3) prokariot va eukariot hujayralar tarkibida uchraydi; 4) faqat eukariot hujayralar tarkibida uchraydi; 5) lipoprotein, xolesterol sintezida qatnashadi; 6) hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi. A) a - 2, 3; b - 4, 6; c – 1 B) a - 1, 3; b - 2, 6; c - 4 C) a - 2, 6; b - 1, 5; c – 3 D) a - 1, 6; b - 2, 4; c - 3 8. Kelib chiqish markazi Janubi-G‘arbiy Osiyo hisoblangan o‘simliklar haqida ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bug‘doy; 2) sabzi; 3) karam; 4) beda; 5) arpa; 6) suli. A)4 - gullari qiyshiq; 6 - uch bargchali murakkab bargga ega B)1 - murakkab boshoqli to‘pgulni hosil qiladi; 2 - to‘pguli murakkab soyabon C)3 - gulkosachabargi to‘rtta; 5 - hayotiy shakli daraxt D)1 - somatik hujayralari mitozni profazasida 96 ta DNK ga ega; 4 - gulkosachabargi ikki qavatli 9. Sxemada toq tuyoqlilar turkumi vakillari qon aylanish sistemasining katta va kichik qon aylanish doiralari aks ettirilgan. Sxemadagi qaysi raqamlar bilan belgilangan qismlarda arterial qon harakatlanadi? A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 4, 7, 8 C) 3, 4, 7, 8 D) 2, 3, 4, 7 10. Organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib eritib yuboradigan moddalar nima deb ataladi? A) antitoksinlar B) batsillalar C) neyrogormonlar D) antitelolar 11. Tripanosoma (a), silovsin (b), kolorado qo‘ng‘izi (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)a - parazit organizm; b - yirtqich organizm; c - zararkunanda organizm B)a - redutsent organizm; b - fototrof organizm c - yirtqich organizm C)a - produtsent organizm; b – yirtqich organizm; c - zararkunanda organizm D)a - geterotrof organizm; b - produtsent organizm; c - konsument organizm 12. Orangutang somatik hujayrasi mitoz sikli G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a - 96; b - 48; c - 1; d - 2 B) a - 96; b - 48; c - 2; d - 4 C) a - 96; b - 96; c - 2; d - 2 D) a - 48; b - 48; c - 1; d - 2 13. Asalari oilasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A)ishchi arilarning yuqorigi labi va jag‘lari o‘zgarib naysimon xartum hosil qilgan B)ona ari og‘iz organlari yahshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlana olmaydi C)urug‘lanmagan tuxumdan urg‘ochi arilar chiqadi D)ishchi va erkaklarning qorin bo‘limida nishtari bo‘lmaydi 14. Postebmrional rivojlanish davri metamorfoz yo‘li bilan amalga oshuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang. 1) sariq falanga; 2) butli o‘rgimchak; 3) exinokokk; 4) nereida; 5) yomg‘ir chuvalchangi; 6) odam askaridasi; 7) sariq chayon; 8) chuchuk suv gidrasi A) 3, 6 B) 2, 8 C) 4, 5 D) 1, 7 15. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Mendelning birinchi qonuniga asosan ... . A)bir xromosomada joylashgan genlar birikkan genlar deyiladi, ya’ni mustaqil taqsimlanmay, asosan birgalikda nasldan naslga o‘tadi B)geterozigota holatdagi ikkita F1 bo‘g‘inni o‘zaro chatishtirish natijasida ikkinchi bo‘g‘inda ajralish kuzatiladi C)ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil ravishda irsiylanadi D)bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo‘lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo‘ladi 16. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarni aniqlang. A) yeryong‘oq, qoqio‘t B) ajriq, g‘umay C) zig‘ir, qoqio‘t D) rayhon, andiz 17. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang. A)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los B)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa C)1 - erkak chivin; 2 - chigirtka; 3 - laylak; 4 - baqa D)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa 18. DNKning 127,5 nm li fragmentidan transkripsiyalangan i-RNK asosida 14160 molekular massaga ega oqsil sintezlangan bo‘lsa, i-RNKning qanday uzunlikdagi (nm) qismi translyatsiyada ishtirok etmagan? (Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm; oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120.) A) 3,57 B) 14,28 C) 7,14 D) 21,47 19. Yalqov mansub turkum (1), latcha mansub oila (2), assidiya mansub tip (3), kabarga mansub sinf (4) ni aniqlang. A)1 - oz tishlilar; 2 - suvsarsimonlar; 3 - xordalilar; 4 - sutemizuvchilar B)1 - hasharotxo‘rlar; 2 - suvsarsimonlar; 3 - xordalilar; 4 - sutemizuvchilar C)1 - hasharotxo‘rlar; 2 - suvsarsimonlar; 3 - umurtqalilar ; 4 - sudralib yuruvchilar D)1 - oz tishlilar; 2 - yirtqich sutemizuvchilar; 3 - molluskalar; 4 - sutemizuvchilar 20. Oqsillarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) yog‘ kislotalardan iborat; 2) monomeri aminokislotalardan iborat; 3) monomerlar peptid bog‘lar bilan bog‘langan; 4) tuzilishiga ko‘ra bir xil monomerlardan tashkil topgan; 5) lipidlar bilan birikib glikolipidlarni hosil qiladi; 6) translyatsiya jarayonida sintezlanadi. A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 3, 5, 6 D) 2, 4, 5 21. Tana massasi 65 kg bo‘lgan sog‘lom odamda bir sutka mobaynida asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflanadigan energiya miqdorini (kcal) aniqlang. A) 1680 B) 1560 C) 1440 D) 2240 22. Quyida berilgan misollar turning qaysi mezonlarini ifodalaydi? 1) bo‘rtma nematoda o‘simliklarda parazitlik qiladi; 2) yomg‘ir chuvalchangi tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘lingan; 3) shimpanze kariotipida 46ta autosoma bor; 4) ildizog‘iz meduza Qora dengizda tarqalgan. A)1 - fiziologik; 2 - morfologik; 3 - biokimyoviy; 4 - ekologik B)1 - ekologik; 2 - morfologik; 3 - genetik; 4 - geografik C)1 - genetik; 2 - fiziologik; 3 - genetik; 4 - geografik D)1 - geografik; 2 - morfologik; 3 - genetik; 4 - ekologik 23. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi ma’lumotlarni aniqlang. Murtak xaltasi ...(a) va arxegoniy ...(b). A)a - xolmon gulining tugunchasida rivojlanadi; b - zuhrasochda erkak gametalar hosil qiladi B)a - sachratqi o‘simligida markaziy va tuxum hujayra hosil qiladi; b - qarag‘ayning urug‘kurtagida rivojlanadi C)a - pixtaning urug‘chi qubbalari tangachalarida hosil bo‘ladi; b – sharq saurining gul tugunchasida rivojlanadi D)a - oddiy qarag‘ay qubbalari tangachalarida rivojlanadi; b - oqquray o‘simligida markaziy va tuxum hujayra hosil qiladi 24. Organizmlar o‘lgandan keyin chirituvchi mikroorganizmlar ta‘sirida oqsillar parchalanishi natijasida ammiak hosil bo‘lish jarayoni ... deb ataladi. A) nitrifikatsiya B) denitrifikatsiya C) ammonifikatsiya D) fototrof va fotosintez 25. Turkum sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. A)molluskalar, lolasimonlar B)halqali chuvalchanglar, karamdoshlar C)ituzum, boychechak D)yassi chuvalchanglar, burchoqdoshlar 26. Paratgormon (а), insulin (b), tiroksin (c) gormonlarining funksiyalarini aniqlang. 1) qonda shakar miqdorini boshqaradi; 2) limfositlar hosil bo‘lishini ko‘paytiradi; 3) jinsiy bezlar funksiyasini boshqaradi; 4) kalsiy, fosfor almashinuvini boshqaradi; 5) yurakni gumoral boshqarishda ishtirok etadi. A) a - 4, b - 1, c - 5 B) a - 4, b - 3, c - 2 C) a - 1, b - 4, c - 2 D) a - 5, b - 1, c - 2 27. Spaniel it zotlarida yungning qora bo‘lishi jigarrang ustidan, kalta bo‘lishi uzun bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. aB tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota urg‘ochi va erkak itlar o‘zaro chatishtirildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang: a) avlodda olingan itlarning fenotipik guruhlari nisbati; b) qora uzun yungli itlarning genotiplari. A)a - 7ta qora kalta yungli:3ta jigarrang kalta yungli:1ta qora uzun yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AABb, AaBb B)a - 7ta qora kalta yungli:3ta jigarrang kalta yungli:1ta qora uzun yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AaBB, AaBb C)a - 3ta qora uzun yungli:5ta qora kalta yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AAbb, Aabb D)a - 5ta qora kalta yungli:3ta jigarrang kalta yungli:1ta jigarrang uzun yungli; b - AaBB, aaBb 28. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash (a), organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash (b) shakllari mos ravishda to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) zarpechakning madaniy o‘simlik tanasida yashashi; 2) shuvoqning yozgi qurg‘oqchilik vaqtida bargini to‘kishi; 3) juftlashish oldidan qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi; 4) maynalar va chumchuqlar orasida oziq uchun raqobatlashishi; 5) hasharotlarda nafas olish teshiklarining klapanlar bilan yopilishi A) a - 5; b - 3 B) a - 3; b – 2 C) a - 1; b - 4 D) a - 1; b - 5 29. Hayotning hujayraviy tuzilmalarini aniqlang. A)qizilcha qo‘zg‘atuvchisi, quturish qo‘zg‘atuvchisi B)quturish qo‘zg‘atuvchisi, qoqshol qo‘zg‘atuvchisi C)vabo qo‘zg‘atuvchisi, o‘lat qo‘zg‘atuvchisi D)qoqshol qo‘zg‘atuvchisi, gerpes 30. Quyida keltirilgan qaysi evolyutsion o‘zgarishlar suyakli baliqlar kelib chiqishidan avval sodir bo‘lgan? 1) dastlabki quruqlik o‘simliklarining kelib chiqishi; 2) kaltakesak va toshbaqalar ajdodlarining paydo bo‘lishi; 3) trilobitlarning paydo bo‘lishi; 4) urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi; 5) zamburug‘larning paydo bo‘lishi. A) 2, 3, 4, B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 5 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling