Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
20-VARIANT
1. Dengizda uchraydigan suvo‘tlarni aniqlang. A) yapon laminariyasi, xara B) nemalion, kladofora C) kladofora, spirogira D) ulva, nemalion 2. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Qizilcha qo‘zg‘atuvchisida ... bo‘ladi. A) sitozin, oqsil B) adenin, ribosoma C) fosfat kislota qoldig‘i, mitoxondriya D) guanin, silliq endoplazmatik to‘r 3. Nerv sistemasi qismlari va ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) uzunchoq miya; b) oraliq miya; c) o‘rta miya; d) miya ko‘prigi; 1) uchlik nervi markazi; 2) yuz muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazi; 3) ovqat hazm qilishning nerv markazi; 4) po‘stloq osti ko‘rish markazi; 5) gipofizni boshqaruvchi nerv markazi; 6) nafas olish markazi; 7) ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nerv markazi; 8) po‘stloq osti eshitish markazi. A)a - 1; b - 5; c - 4; d - 7 B)a - 6; b - 8; c - 7; d - 1 C)a - 3; b - 5; c - 8; d - 2 D)a - 6; b - 1; c - 4; d - 4 4. Quyidagi qaysi ta‘riflar oqsillar uchun xos emas? 1) gidrolizlanganda aminokislotalarga parchalanadi; 2) monomerlari azot asoslaridan tashkil topgan; 3) monomerlar peptid bog‘lar bilan bog‘langan; 4) tuzilishiga ko‘ra bir xil monomerlardan tashkil topgan; 5) lipidlar bilan birikib glikolipidlarni hosil qiladi; 6) translyatsiya jarayonida sintezlanadi. A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 3, 5, 6 5. Jigar qurtining postembrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) sista davri; 2) voyaga yetgan jigar qurti; 3) kiprikli lichinka bosqichi; 4) parazitning jigar o‘t yo‘liga o‘tishi; 5) lichinkaning molluska tanasida rivojlanishi; 6) dumli lichinka bosqichi. A) 5, 2, 1, 4, 6, 3 B) 5, 2, 3, 6, 4, 1 C) 2, 3, 6, 5, 4, 1 D) 3, 5, 6, 1, 4, 2 6. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. a) Neotropik biogeografik viloyatida kolibri uchraydi b) Neotropik biogeografik viloyatida kapachi qush uchraydi; c) Habashiston biogeografik viloyatida kabarga uchraydi; d) Hindomalay biogeografik viloyatida tupay uchraydi. (Tabiiy holda tarqalgan.) A) a, c B) a, b C) a, d D) b, d 7. Hayotning molekula (a) va organizm (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) exinokokkning finna hosil qilishi; 2) glikolipid uglevod va lipidning birikishidan hosil bo‘lishi; 3) gidraning kurtaklanishi; 4) aminokislotalardan insulin hosil bo‘lishi; 5) azotning davriy aylanishi. A) a - 4; b - 1 B) a - 4; b – 5 C) a - 5; b - 3 D) a - 1; b - 2 8. Genotipik o‘zgaruvchanlik berilgan javobni aniqlang. 1) kalta oyoqli qo‘ylarning paydo bo‘lishi; 2) xromosomalar ayrim qismlarining ikki marotaba ortishi; 3) suv yong‘og‘ida suv osti barglar patsimon qirqilgan, suv usti barglari yaxlit bo‘lishi; 4) ultrabinafsha nurlar ta’sirida odam terisida melaninning to‘planishi. A) 3, 4 B) 1, 4 C) 1, 2 D) 2, 3 9. Nazariy jihatdan na’matakda hosil bo‘lgan spermiylarning 30%i urug‘lantirishda ishtirok etdi. Shu o‘simlikda 1080ta urug‘ hosil bo‘lgan bo‘lsa, jami mikrosporalarning hosil bo‘lishida ishtirok etgan boshlang‘ich diploid hujayralar sonini aniqlang. A) 900 B) 450 C) 860 D) 840 10. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Qayin odimchisi kapalagi ... . 1) o‘pka xaltasi va traxeyalari orqali nafas oladi; 2) sanoatlashgan markazlarda mutatsiyaga uchragan organizmlar tanasi oq rangda; 3) zaharli gelikonius bilan bir turkumga mansub; 4) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi; 5) sanoatlashgan markazlarda tana rangining o‘zgarishi gen mutatsiyasi hisoblanadi; 6) qishloq joylarida oq rangli formalar son jihatdan ko‘proq uchraydi. A) 3, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 2, 4, 6 11. Tirik organizmlarning suv tanqisligida suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishlarini aniqlang. 1) yomg‘ir chuvalchangi tana massasining ancha qismini yo‘qotsa ham suv mavjudligida uni tez tiklashi; 2) saksovul barglarining tangachasimon shaklda bo‘lishi; 3) cho‘l o‘simliklarida transpiratsiyaning kamayishi; 4) suv ko‘p yo‘qotganda lishayniklarning hayot faoliyatini saqlab qolishi. A) 1, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 3 12. Pixta (a), baqlajon (b), g‘umay (c) o‘simliklari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) gulkosachabarglari to‘rtta; 2) popuk ildiz tizimiga ega; 3) qo‘sh urug‘lanish kuzatilmaydi; 4) mevasi qo‘zoqcha; 5) sekvoyadendron bilan bir bo‘limga mansub; 6) xarduma bilan bir sinfga mansub; 7) ituzum turkumiga mansub. A)a - 5; b - 7; c - 2, 6 B)a - 7; b - 5; c - 2 C)a - 3, 5; b - 6; c - 3, 5 D)a - 1, 6; b - 4; c - 6 13. Xo‘roz patining chipor rangda bolishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digomozigotali chipor rangli gulsimon tojli xo‘roz spermatogenezining ko‘payish davri profazasida b allellari (I) va A allellari (II) soni to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) I-0; II-4 B) I-4; II-4 C) I-0; II-2 D) I-2; II-4 14. 1) Aabb, 2) aaBB genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)1-xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi, yashil doni; 2-xoldor to‘ti patining sariq rangi B)1-xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi, burishgan doni; 2-xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli C)1-xoldor to‘ti patining yashil rangi; 2-xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli D)1-xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi, sariq doni; 2-xoldor to‘ti patining yashil rangi 15. Ko‘p urug‘li, quruq mevali o‘simliklarni aniqlang. A) nok, Greyg lolasi B) karam, mosh C) g‘o‘za, bug‘doy D) boychechak, qayrag‘och 16. Umurtqali hayvonlar evolutsiyasida aromorfoz (a), idioadaptatsiya (b) yo‘nalishlari uchun mos misollar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) suyakli baliqlar sinfi vakillarini kelib chiqishi; 2) zarpechakda ildiz va bargning bo‘lmasligi; 3) kuropatkaning yozda bir rangda qishda boshqa rangda bo‘lishi; 4) skatning yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon tebratib asta-sekin suzishi; 5) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki vakillari paydo bo‘lishi. A) a - 5; b - 2 B) a - 2; b – 4 C) a - 3; b - 1 D) a - 1; b - 4 17. Nafas olishi jabra orqali amalga oshadigan umurtqasiz organizmlar berilgan javobni aniqlang. A) bakra, forel B) biy, beluga C) daryo qisqichbaqasi, qurbaqa lichinkasi D) dreysena, daryo qisqichbaqasi 18. Mexanik (1), o‘tkazuvchi (2), asosiy (3), qoplovchi (4) to‘qima hujayralarini aniqlang. A)1 - kollenxima; 2 - traxeid; 3 - xlorenxima; 4 - periderma B)1 - traxeid; 2 - o‘tkazuvchi nay; 3 - parenxima; 4 - epiderma C)1 - lub tolasi; 2 - sklerenxima; 3 - parenxima; 4 - po‘kak D)1 - sklereid; 2 - elaksimon nay; 3 - xlorenxima; 4 - traxeid 19. Sog‘lom odamda epiteliy to‘qimasi uchun berilgan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A)qovurg‘a suyagining yuzasini qoplab turadi B)terining derma qavatini hosil qiladi C)teri epiteliy hujayrasi interfazaning G2 davrida 46 xromosoma bo‘ladi D)ichak epiteliysi murtak varaqasining mezoderma qavatida hosil bo‘ladi 20. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Ot ... hayvon. A)toq tuyoqli B)kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqli C)oshqozoni to‘rt bo‘lmali D)kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli 21. Parazit (a), geterotrof (b), produtsent (c) eukariotlarni aniqlang. A)a - sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi; b - qo‘ziqorin; c - mosh B)a - ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi; b - nozema; c - temir bakteriyalari C)a - leyshmaniya; b - penitsill zamburug‘i; c - g‘umay D)a - bo‘rtma nematoda; b - agrobakterium; c - nitrifikator bakteriya 22. Tut ipak qurtining spermatozoid hujayrasida kariotipi n=28 bo‘lsa, urg‘ochi kapalakning epidermis hujayrasidagi xromosoma holatini aniqlang. A)58ta autosoma va jinsiy X yoki Y xromosoma B)54ta autosoma va jinsiy XY xromosoma C)56ta autosoma va bitta jinsiy X xromosoma D)56ta autosoma va jinsiy XX xromosoma 23. Qalampir mevasining qizil rangda bo‘lishi R- va C genlariga bog‘iq. Bu genlarning birinchi juft dominant alleli qo‘ng‘ir, ikkinchi juft dominant alleli sariq, retsessiv allellari yashil rangni namoyon qiladi. Qanday genotipli o‘simliklar chatishtirilganda olingan qizil va qo‘ng‘ir mevali qalampirlarning fenotip bo‘yicha nisbati 1:1 bo‘ladi? A) Rrcc ×rrCc B) RRcc ×rrCC C) RrCc ×RRCC D) RRCC ×rrcc 24. Xolmon va olg‘i o‘simliklari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir bo‘limga (a), bir sinfga (b) va bir oilaga (c) birlashtiriladi? 1) gullari ikki jinsli; 2) meva hosil qiladi; 3) changchilari 6ta; 4) murtagi bir urug‘pallali; 5) ildiz tizimi qo‘shimcha va yon ildizlardan iborat; 6) barglari novdada ketma-ket o‘rnashgan; 7) barg yaprog‘i yoysimon yoki parallel tomirlangan; 8) o‘tkazuvchi naylarga ega; 9) gulli o‘simlik. A)a - 2, 9; b - 4, 5; c - 1, 3 B)a - 1, 9; b - 4, 8; c - 3, 7 C)a - 5, 8; b - 5, 7; c - 2, 6 D)a - 2, 8; b - 4, 9; c - 5, 6 25. Quyida berilgan organizmlar mansub sistematik birliklarni aniqlang. 1) vixuxol; 2) latcha; 3) sterlyad; 4) skuns. A)1 - kemiruvchilar turkumi; 2 – yirtqich sutemizuvchilar turkumi; 3 - bakra baliqlar sinfi; 4 - xordalilar tipi B)1 - sudralib yuruvchilar sinfi; 2 – yirtqich sutemizuvchilar turkumi; 3 - bakra baliqlar turkumi; 4 - yirtqich sutemizuvchilar turkumi C)1 - oz tishlilar turkumi; 2 - suvsarsimonlar oilasi; 3 - suyakli baliqlar sinfi; 4 - xordalilar tipi D)1 - hasharotxo‘rlar turkumi; 2 - suvsarsimonlar oilasi; 3 - suyakli baliqlar sinfi; 4 - sutemizuvchilar sinfi 26. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni tanlang. Sayg‘oq muskul hujayrasida 3,5 molekula glukoza to‘liq parchalansa ... . 1) aerob bosqichida 7 molekula sut kislota hosil bo‘ladi; 2) 5320 kJ energiya ATFning fosfat bog‘larida to‘planadi; 3) glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya ATFda to‘plangan energiyaga nisbatan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi; 4) glikolizda 21 molekula karbonat angidrid (CO2) ajraladi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 27. Jigar hujayrasi tuzilmalari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) ribosomaning shakllanishi; 2) translyatsiya; 3) r-RNK sintezi; 4) ATF sintezi; 5) glikogen sintezi. a) sitoplazma; b) yadrocha; c) silliq endoplazmatik to‘r; d) ribosoma; e) mitoxondriya. A)1 - e, 2 - d, 3 - b, 4 - c, 5 – d B)1 - d, 2 - a, 3 - c, 4 - a, 5 - e C)1 - b, 2 - d, 3 - b, 4 - a, 5 - c D)1 - e, 2 - d, 3 - a, 4 - c, 5 - b 28. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang. A)1 - o‘simlik; 2 - ilon; 3 - tuvaloq; 4 - arslon B)1 - sariq galanga; 2 - sichqon; 3 - -jayron; 4 - emu C)1 - asalari; 2 - kolorado qo‘ng‘izi; 3 - musicha; 4 - lochin D)1 - o‘rgimchak; 2 - baqa; 3 - kaltakesak; 4 - arxar 29. Diastolik bosim vaqtida yurakning holati haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) yarim oysimon klapan ochiq; 2) yurak qorinchalari qisqargan holatda; 3) yurak qorinchalari bo‘shashgan holatda; 4) ikki tavaqali klapan ochiq; 5) tavaqali klapanlar yopiq; 6) yurak bo‘lmachalari qisqargan holatda. A) 1, 2, 5 B) 3, 4, 6 C) 1, 2, 6 D) 2, 4, 5 30. Tarixiy ekologiya nimani o‘rganadi? A)bir turga mansub organizmlarning tashqi muhit bilan munosabatini B)ekologik sistemalarning sayyoramizda hayot kelib chiqishi bilan birga o‘zgarishini C)har xil turga mansub organizmlar umumlashmasining o‘zaro va muhit bilan munosabatlrini D)neolit davridan hozirgi davrgacha insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasidagi ekologik o‘zgarishlarni Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling