Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
18-VARIANT
1. Mitoz bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarni aniqlang. 1) olabo‘taning vegetativ hujayrasi; 2) qorayaloqning tuxum hujayrasi; 3) jigar qurtining tuxum hujayrasi; 4) bo‘tako‘zning tuxum hujayrasi; 5) tuxumakning generativ hujayrasi; 6) gazandaning tuxum hujayrasi; 7) tridaknaning spermatozoidi. A) 2, 3, 5 B) 3, 6, 7 C) 1, 2, 4 D) 4, 5, 6 2. Qoziq tishlari bo‘lmaydigan hayvonlarni aniqlang. A) bo‘rsiq, yaguar B) latcha, nutriya C) bo‘rsiq, ondatra D) tyin, sichqon 3. Saprofit (a), avtotrof (b), parazit (c) oziqlanuvchi prokariotlarni aniqlang. A)a - agrobakterium; b - leyshmaniya; c - nitrifikator bakteriya B)a - vertitsill; b - temir bakteriyalari; c - qoqshol qo‘zg‘atuvchisi C)a - agrobakteriya; b - penitsill; c – tugunak bakteriya D)a - chirituvchi bakteriya; b - nitrifikator bakteriya; c - pnevmokokk 4. Proterozoy → paleozoy → mezozoy eralari ketma-ketligida yuz bergan aromorfozlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi → tuproqdagi dastlabki quruqlik o‘simliklarining paydo bo‘lishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi B)yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklarning paydo bo‘lishi C)ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi, suyakli baliqlar sinfining kelib chiqishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi D)halqali chuvalchanglar tip vakillarining paydo bo‘lishi, dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → zamburug‘larning paydo bo‘lishi → yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi 5. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Chug‘urchuq katta ko‘krak muskullarining bir uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi ...suyagiga birikadi. A) ko‘krak toj B) o‘mrov C) bilak D) qovurg‘a 6. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Zang zamburug‘i . . . . A)o‘simlikni zararlaydi; natijada bug‘doy o‘simligining poya va barglari sarg‘ish qizil rangdagi sporalar hosil qiladi B)spora hosil qiluvchi bandlari halqasimon shoxlangan; xemotrof organizm C)sporalari qalpoqchaning burishgan tashqi yuzasida, burmalardagi kataklarda hosil bo‘ladi D)bug‘doy o‘simligining poya va barglarini zararlaydi; fototrof organizm 7. Quyidagi olimlarning biologiya fanining rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) Nilson Ele - polimeriya hodisasi; b) G.D.Karpechenko - turlararo bepushtlikni bartaraf etish yo‘llari; c) D.I.Ivanovskiy - hujayra protoplazmasi; d) A.Levenguk - hujayrada yadro mavjudligi. A) b, d B) b, c C) a, c D) a, b 8. Genetik injeneriya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) plazmid − transpozaza fermenti kabi monomeri aminokislotadan tashkil topgan ferment; 2) transpozon − zaharli toksin parchalovchi ferment; 3) EcoRI – DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi restriktaza; 4) restriktazalar − ferment sintez qiluvchi gen saqlovchi tuzilma; 5) ligaza − DNK bo‘laklarini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzim A) 3, 5 B) 1, 4 C) 1, 2 D) 2, 5 9.
Sxemalarda tasvirlangan to‘pgullar qaysi o‘simliklarga xos? A)1 - bug‘doyiq, 2 - oqqayinning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli B)1 - nastarin, 2 - tolning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli C)1 - bug‘doyiq, 2 - bug‘doy, 3 - makkajo‘xorining changchili guli D)1 - zubturum, 2 - jag‘-jag‘, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli 10. Buyrakda kechadigan jarayonlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)kalavasimon kanalchalarda filtratsiya sodir bo‘ladi va birlamchi siydik hosil bo‘ladi B)kalavasimon kanalchalarda reabsorbsiya sodir bo‘ladi va suyuqlikning ko‘p qismi vena tomirlariga o‘tadi C)kapsulada reabsorbsiya sodir bo‘ladi va ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi D)kapsulada ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi va suyuqlik kapillarlardan o‘tadi 11. Biotik omil ta’sirini aniqlang. A)gekkonning hasharotlar bilan oziqlanishi B)sovuqdan keyin daraxt barglarining to‘kilishi C)hovuzda ahamyatli baliq turlarini ko‘paytirish D)nok daraxti poyasini uchini chilpish natijasida mo‘l hosilga erishish 12. Nodirning chap qo‘li venasidan yuborilgan dorining buyraklargacha bosib o‘tgan yo‘lini aniqlang. 1) chap bo‘lmacha; 2) o‘pka arteriyasi; 3) o‘ng bo‘lmacha; 4) yuqorigi kovak vena; 5) chap qorincha; 6) o‘ng qorincha; 7) o‘pka venasi; 8) katta qon aylanish doirasining arteriya qon tomirlari; 9) pastki kovak vena. A) 9, 1, 6, 7, 2, 3, 5, 8 B) 9, 3, 6, 7, 2, 1, 5, 8 C) 4, 3, 6, 2, 7, 1, 5, 8 D) 4, 3, 6, 7, 2, 5, 1, 8 13. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Tireotoksikoz . . A)qalqonsimon bez funksiyasining susayishi B)qalqon orqa bezi funksiyasining pasayishi C)qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi D)ayrisimon bez funksiyasining kuchayishi 14. Tovuq va xo‘rozlar patining chipor rangda bo‘lishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy (a) bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digeterozigotali xo‘roz va gulsimon tojli, qora patli aXb gametalari yashovchan bo‘lmagan tovuqlar (faqat urg‘ochilarida aXb gametalari yashovchan emas) chatishtirilishidan jo‘ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang. a) chatishtirishdan olingan jo‘jalarning fenotipik nisbatini; b) chatishtirishdan olingan oddiy tojli qora rangli jo‘jalarning genotiplarini A)a - 5 (gulsimon tojli chipor) : 5 (gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora); b - aaXbY B)a - 7 (gulsimon tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora) : 5 (gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor); b - aaXbXb; aaXbY ; C)a - 7 (gulsimon tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora) : 5 (gulsimon tojli qora) : 3 (oddiy tojli chipor); b - aaXbXb; aaXbY ; D)a - 5 (gulsimon tojli chipor) : 2 (oddiy tojli qora) : 5 (gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor); b - aaXbY ; 15. Quyida berilgan umurtqasiz organizmlarning qaysi turkumga mansubligini aniqlang. a) bo‘ka; b) zorka; c) sariq falanga; d) norka; e) yaydoqchi. A)a - ikki qanotlilar; b - tangachaqanotlilar; c - falangalar; d - yirtqichlar B)a, e - ikki qanotlilar; b - tangachaqanotlilar; c - o‘rgimchaksimonlar C)a - ikki qanotlilar; b - hasharotlar; c - falangalar; e - termitlar D)a - ikki qanotlilar; b - tangachaqanotlilar; c - falangalar; e - pardaqanotlilar 16. Xolmon (a) va xongul (b) jinsiy hujayralarining rivojlanish jarayoniga xos bo‘lgan ta’riflar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) boshlang‘ich (birlamchi) jinsiy hujayralar mitoz usulida bo‘linadi; 2) boshlang‘ich (birlamchi) jinsiy hujayralar meyoz usulida bo‘linadi; 3) mitozdan so‘ng gaploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo‘ladi; 4) meyoz bo‘linishdan so‘ng mitoz bo‘linish kuzatiladi; 5) meyoz II bosqichidan so‘ng boshqa bo‘linish kuzatilmaydi; 6) mitozdan so‘ng diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo‘ladi A) a - 1, 3, 5; b - 2, 4, 6 B) a - 2, 4, 6; b - 1, 3, 5 C) a - 2, 4, 3; b - 1, 6, 5 D) a - 1, 6, 5; b - 2, 4, 3 17. Avstraliya biogeografik viloyatida emu, Neotropik biogeografik viloyatida nandu uchrashi (a), Baykal ko‘lida qisqichbaqasimonlarni boshqa ko‘llarda uchramaydigan turlarining paydo bo‘lishi (b) tur paydo bo‘lishining qaysi yo‘nalishiga misol bo‘ladi? A)a - allopatrik; b – simpatrik B)a - simpatrik; b - allopatrik C)a - simpatrik; b - simpatrik D)a - allopatrik; b - allopatrik 18. 1) Aabb, 2) AAbb genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)1-xushbo‘y no‘xatning silliq doni, kalta poyasi; 2-xo‘roz tojining gulsimon shakli B)1-xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi, burishgan doni; 2-xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli C)1-xoldor to‘ti patining yashil rangi; 2-xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli D)1-xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi, sariq doni; 2-xoldor to‘ti patining yashil rangi 19. Dengiz mushugining yuragiga ...(I) keladi, maralning yuragidan ...(II) chiqadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 2) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 3) katta qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 4) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 5) katta qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 6) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 7) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon; 8) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon. A) I - 1, 3; II - 4, 7 B) I - 4, 6; II - 2, 7 C) I - 1, 5; II - 4, 7 D) I - 2, 5; II - 3, 8 20. Quyidagi ta’riflarga mos keluvchi moddalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) halqasiz aminokislotalar tarkibiga kiradi; 2) reduplikatsiyada ishtirok etadi; 3) ayrisimon bez tomonidan ishlab chiqariladi. A)1 - glitsin; 2 - glutamin; 3 - estrogen B)1 - treonin; 2 - timin; 3 - timozin C)1 - alanin; 2 - adenin; 3 - androgen D)1 - sistin; 2 - sitozin; 3 - somatotrop 21. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang. A)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - ayiq B)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los C)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa D)1 - o‘simlik; 2 - chigirtka; 3 - tuvaloq; 4 - arslon 22. Faqat RNK tutuvchi virus tarkibida uchraydigan komponentlarni aniqlang. A)guanin, ribosoma B)fosfat kislota qoldig‘i, dezoksiriboza C)adenin, timin D)aminokislota, riboza 23. 1) sekvoyadendron; 2) pixta; 3) zuhrasoch; 4) qirqbo‘g‘im; 5) zarang; 6) donasho‘r; 7) saur; 8) marmarak; 9) funariya o‘simliklarining gametalari hosil bo‘ladigan tuzilmalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) ◦✒ gametalar anteridiyda yetiladi; b) ◦+ gametalar arxegoniyda yetiladi; c) ◦+ gametalar murtak xaltada yetiladi; d) ◦✒ gametalar chang donasida yetiladi. A)1, 2 - b, d; 3, 4 - a, b; 5, 8 - c, d B)1, 5 - c, d; 2, 7 - b, d; 4, 9 - a, b C)3, 9 - a, b; 1, 6 - c, d; 2, 3 - b, d D)1, 7 - b, d; 5, 8 - c, d; 2, 9 - a, b 24. Postembrional rivojlanishi metamorfoz yo‘li bilan amalga oshuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang. 1) belyanka; 2) chuchuk suv gidrasi; 3) bukri baliq; 4) sariq suvarak; 5) yomg‘ir chuvalchangi; 6) sariq chayon; 7) assidiya; 8) butli o‘rgimchak. A) 1, 4 B) 3, 7 C) 5, 8 D) 2, 6 25. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotidlardan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10%ni tashkil etsa, fragmentning uzunligini (nm) (a), adenine va timin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm.) A) a - 357; b - 360 B) a - 171; b - 210 C) a - 357; b - 420 D) a - 2142; b - 720 26. Muhitning biotik omili ta’sirini aniqlang. A)tog‘ hosil bo‘lishi natijasida bir nechta alohidalashgan populyatsiyalarning kelib chiqishi B)pestitsidlar qo‘llanishi tufayli tuproqdagi organizmlarning yoppasiga nobud bo‘lishi C)viltga chidamli yangi g‘o‘za navlarini yaratish D)kartoshka ildizida bo‘rtma nematodaning yashashi 27. Хlamidomonadaga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) qisqaruvchi vakuolaga ega; 2) xlorelladoshlar oilasiga mansub suvo‘t; 3) yorug‘da suvni, mineral va organik moddalarni po‘sti orqali shimib oladigan yuksak o‘simlik; 4) yadro, ko‘zcha va xivchinlarga ega A) 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 1, 4 28. Quyidagilardan urg‘ochisi geterogametali organizmlarni ular mansub turkumlar bilan to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) boyo‘g‘li; 2) drozofila pashshasi; 3) podalariy; 4) kaltakesak; 5) maxaon; 6) orangutan; 7) ondatra; a) tangachaqanotlilar; b) yirtqish qushlar; c) tangachalilar; d) ikkiqanotlilar; e) primatlar; f) kemiruvchilar A) 1-b; 3-a; 4-c B) 1-b; 2-f; 6-e C) 7-a; 5-d; 6-c D) 3-a; 4-c; 5-a 29. Nazariy jihatdan o‘simliklardagi energetik almashinuvda 7 molekula glukoza to‘liq va to‘liqsiz parchalanganda 122 molekula ATF hosil bo‘ldi. To‘liqsiz parchalangan glukozani xloroplastda sintezlash uchun necha molekula ATF kerak bo‘ladi? A) 126 B) 54 C) 90 D) 72 30. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. a) Habashiston biogeografik viloyatida begemot uchraydi; b) Neotropik biogeografik viloyatida yalqov uchraydi; c) Avstraliya biogeografik viloyatida antilopa uchraydi; d) Hindomalay biogeografik viloyatida kabarga uchraydi. (Tabiiy holda tarqalgan.) A) b, d B) a, b C) c, d D) a, d Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling