Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
21-VARIANT
1. Geterotrof (a), xemotrof (b), parazit (c) oziqlanuvchi prokariotlarni aniqlang. A)a - jo‘ka; b - temir bakteriyalari; c – qoqshol qo‘zg‘atuvchisi B)a - tugunak bakteriya; b - ossillatoriya; c - leyshmaniya C)a - chirituvchi bakteriya; b - oltingugurt bakteriyalari; c - sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi D)a - temir bakteriyalari; b - oq po‘panak; c - ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 2. Tana massasi 65 kg bo‘lgan sog‘lom odamda bir sutka mobaynida asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflanadigan energiya miqdorini (kkal) aniqlang. A) 1560 B) 1440 C) 1680 D) 2240 3. Qirqquloq va psilofitlarning umumiy jihatlarini aniqlang. 1) suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki quruqlik o‘simliklari; 2) ildiz tizimiga ega; 3) sporalari sporangiylarda yetiladi; 4) poyaning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 5) bargning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 6) vegetativ organ − poyaga ega. A) 2, 4 B) 1, 3 C) 5, 6 D) 3, 6 4. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. a) Avstraliya biogeografik viloyatida kabarga uchraydi; b) Neoarktik biogeografik viloyatida gibbon uchraydi; c) Hindomalay biogeografik viloyatida hind fili uchraydi; d) Habashiston biogeografik viloyatida lemur uchraydi. (Tabiiy holda tarqalgan.) A) c, d B) a, c C) a, d D) b, d 5. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang. A)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los B)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa C)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa D)1 - erkak chivin; 2 - chigirtka; 3 - laylak; 4 - baqa 6. Orangutang somatik hujayrasi mitoz sikli G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a - 48; b - 48; c - 1; d – 2 B) a - 96; b - 96; c - 2; d - 2 C) a - 96; b - 48; c - 1; d – 2 D) a - 96; b - 48; c - 2; d - 4 7. Topinambur tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A va B genlari qizil, A va b genlari sariq, a va B genlari binafsha ranglarni, aabb holatda tugunakni oq bo‘lishini ta’minlaydi. Rangning to‘liq yuzaga chiqishi DD modifikator genga bog‘liq. Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa rangni yuzaga chiqarmaydi, tugunak oq bo‘ladi. Digeterozigotali tugunagi och sariq va och binafsha rangda bo‘lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirildi. Olingan avlodlarning necha %ida tugunak och-qizil rangli bo‘ladi? A) 12,5 B) 6,25 C) 18,75 D) 56,25 8. Kiprikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashgan vakillaridan so‘rg‘ichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglarning kelib chiqishi (a), yettisoy, murg‘ob, xiva qirg‘ovul kenja turlarining paydo bo‘lishi (b), xaltali krot va oddiy krot tashqi qiyofasining o‘zaro o‘xshashligi (c) qaysi biologik hodisalarni aks ettiradi? A)а - mikroevolutsiya; b - divergensiya; с - makroevolutsiya B)а - mikroevolutsiya; b - makroevolutsiya; с - divergensiya C)а - divergensiya; b - makroevolutsiya; с - konvergensiya D)а - makroevolutsiya; b - mikroevolutsiya; с - konvergensiya 9. Quyida keltirilgan ta’riflarga mos atamalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populatsiyalari; b) turli omillar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o‘rniga yangisining rivojlanishi. A)a - biogeotsenoz; b - ikkilamchi suksessiya B)a - klimaksli biogeotsenoz; b - birlamchi suksessiya C)a - ekologik mezon; b - birlamchi suksessiya D)a - ikkilamchi suksessiya; b – birlamchi suksessiya 10. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik ko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan qizlarning necha foizi ko‘k ko‘zli bo‘ladi? A) 75 B) 25 C) 12,5 D) 50 11. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.Odamlarda qonning normal ivishini va teri pigmentining normal sintezlanishini ifoda etuvchi genlar . . . . A)allel genlar deyiladi B)autosoma xromosomalarida joylashgan C)noallel genlar deyiladi D)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi 12. Quyidagi olimlarning biologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) V.V.Dokuchayev −hujayrasiz hayot yo‘qligini aniqlagan; b) V.I.Vernadskiy − biosfera haqidagi ta’limotni aniqlagan; c) I.P.Pavlov −bosh miya turli qismlari maxsus nerv hujayralari to‘plamidan iboratligini aniqlagan; d) P.F.Borovskiy − embrionlarning o‘xshashlik qonunini yaratgan. A) a, c B) a, b C) b, c D) b, d 13. Asalari oilasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A)ishchi arilarning yuqorigi labi va jag‘lari o‘zgarib naysimon xartum hosil qilgan B)ishchi va erkaklarning qorin bo‘limida nishtari bo‘lmaydi C)ona ari og‘iz organlari yahshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlana olmaydi D)urug‘lanmagan tuxumdan urg‘ochi arilar chiqadi 14. "Sinf" sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. A)zuluklar, o‘rgimchaksimonlar B)qorinoyoqlilar, ochiq urug‘lilar C)xordalialr, molluskalar D)ko‘p tuklilar, bo‘shliqichlilar 15. Gastrulyatsiya jarayoni blastula devorining o‘sib kirish yo‘li bilan amalga oshadigan organizmlarni aniqlang. 1) povituxa qurbaqasi; 2) iguana; 3) dengiz likopchasi; 4) xameleon; 5) qizil korall polip; 6) salamandra; 7) agama; 8) kvaksha baqasi. A) 4, 7 B) 3, 5 C) 1, 6 D) 2, 8 16. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash (a), organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash (b) shakllari mos ravishda to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) jigar qurti lichinkasining chuchuk suv shillig‘iga parazitlik qilishi; 2) sahro kalamushini yozning issiq kunlarida uyalariga yashirinishi; 3) juftlashish oldidan karqurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi; 4) burgutning toshbaqani osmondan qattiq yerga tashlab parchalab yeyishi; 5) termitlarning yerosti suvlarigacha yo‘l ochishi. A) a - 5; b - 1 B) a - 3; b – 2 C) a - 1; b - 2 D) a - 4; b - 3 17. Hayvonot olamida sodir bo‘lgan umumiy degeneratsiyalarni aniqlang. 1) assidiya lichinkasining voyaga yetish davrida nerv sistemasining asosiy qismi yo‘qolib ketishi; 2) cho‘chqa tasmasinon chuvalchangida hazm qilish sistemasining yo‘qolishi; 3) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfida katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 4) lansetnikda nerv nayining paydo bo‘lishi. A) 3, 4 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 2 18. Sxemada toq tuyoqlilar turkumi vakillari qon aylanish sistemasining katta va kichik qon aylanish doiralari aks ettirilgan. Sxemadagi qaysi raqamlar bilan belgilangan qismlarda arterial qon harakatlanadi? A) 3, 4, 7, 8 B) 2, 4, 7, 8 C) 1, 2, 5, 6 D) 2, 3, 4, 7 19. Barglari murakkab toq patsimon (a), juft patsimon (b) va toq bargchalari gajak hosil qilgan (c) o‘simliklarni aniqlang. A)a - yong‘oq; b - yeryong‘oq; c - burchoq B)a - yong‘oq; b - soxta kashtan; c - loviya C)a - shirinmiya; b - soxta kashtan; c - burchoq D)a - shirinmiya; b - sebarga; c - no‘xat 20. Genotipik o‘zgaruvchanlikni aks ettiruvchi misollarni aniqlang. 1) karamning tetraploid turi paydo bo‘lishi; 2) bedaning suv yetarli joyda baland, suv kam joyda past bo‘yli bo‘lib o‘sishi; 3) uchi chilpilgan novdadan yon novdalarning paydo bo‘lishi; 4) skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali turlarning paydo bo‘lishi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4 21. Noosfera atamasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olimni aniqlang. A) E.Lerua B) E.Gekkel C) V.V.Dokuchayev D) G.F.Gauze 22. Yopiq urug‘li o‘simlik (a), ochiq urug‘li o‘simlik (b), sporali o‘simlik (c) larni aniqlang. 1) alqor; 2) qayrag‘och; 3) shirach; 4) sekvoyadendron; 5) zuhrasoch qirqquloq; 6) zubturum A) а - 1, 4; b - 6; с - 5 B) а - 1, 3; b - 4; с - 5 C) а - 2, 6; b - 4; с – 3 D) а - 3, 6; b - 2; с - 5 23. Oqsillarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) yog‘ kislotalardan iborat; 2) monomeri aminokislotalardan iborat; 3) monomerlar peptid bog‘lar bilan bog‘langan; 4) tuzilishiga ko‘ra bir xil monomerlardan tashkil topgan; 5) lipidlar bilan birikib glikolipidlarni hosil qiladi; 6) translyatsiya jarayonida sintezlanadi. A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 3, 5 D) 3, 5, 6 24. DNKning 127,5 nm li fragmentidan transkripsiyalangan i-RNK asosida 14160 molekular massaga ega oqsil sintezlangan bo‘lsa, i-RNKning qanday uzunlikdagi (nm) qismi translyatsiyada ishtirok etmagan? (Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm; oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120.) A) 7,14 B) 21,47 C) 3,57 D) 14,28 25. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning sporofiti ... (b), sershox qirqbo‘g‘imning sporofiti ... (c). Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring. 1) ildizpoyaga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan; 3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik; 5) arxegoniy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega; 7) zigotadan rivojlanadi; 8) spermatozoidlar hosil qiladi; 9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi. A)a - 3, 8; b - 6, 7; c - 4, 10 B)a - 5, 9; b - 4, 10; c - 1, 3 C)a - 1, 2; b - 7, 9; c - 7, 10 D)a - 3, 5; b - 6, 9; c - 8, 10 26. Paratgormon (а), insulin (b), tiroksin (c) gormonlarining funksiyalarini aniqlang. 1) qonda shakar miqdorini boshqaradi; 2) limfositlar hosil bo‘lishini ko‘paytiradi; 3) jinsiy bezlar funksiyasini boshqaradi; 4) kalsiy, fosfor almashinuvini boshqaradi; 5) yurakni gumoral boshqarishda ishtirok etadi. A) a - 4, b - 1, c - 5 B) a - 1, b - 4, c - 2 C) a - 5, b - 1, c - 2 D) a - 4, b - 3, c - 2 27. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odam organizmidagi biriktiruvchi to‘qima ... . A)terining gipoderma qavatini hosil qiladi, vorsinkalar devorini hosil qiladi B)mezodermadan rivojlanadi, muskulning bosh va dum qismini hosil qiladi C)o‘pkalardan organlarga gazlar transportini ta’minlaydi, alveolalar devorini hosil qiladi D)terining epidermis qavatini hosil qiladi, 7-11 kunda bo‘linib ko‘payadi 28. Bit (a), burga (b), bo‘ka (c) uchun mos ta’riflar berilgan javobni aniqlang. A)a - chala o‘zgarish bilan rivojlanadi; b - lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshaydi; c - qurtlari otlar oshqozonida parazitlik qiladi B)a - burgalar turkumiga mansub; b - metamorfoz bilan rivojlanadi; c – qurtlari otlar oshqozonida parazitlik qiladi C)a - chala o‘zgarish bilan rivojlanadi; b - lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshaydi; c - pardaqanotlilar turkumi vakili D)a - to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi; b - lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshaydi; c - qurtlari qoramollar burun bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi 29. Prokariot parazit organizmlarni aniqlang. A)sil qo‘zgatuvchisi, nozema B)kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi, batsidiya C)qoqshol qo‘zg‘atuvchisi, gerpes D)pnevmokokk, vabo qo‘zg‘atuvchisi 30. Oqsil sintezida sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang. 1) DNK asosida i-RNKning sintezlanishi; 2) oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga o‘tishi; 3) polipeptid zanjirning ribosomadan ajralishi; 4) i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlarining komplementar tarzda bog‘lanishi. A) 3, 1, 4, 2 B) 4, 1, 2, 3 C) 1, 2, 4, 3 D) 4, 1, 3, 2 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling