Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet19/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
2019 dox

19-VARIANT

1. Ikki va undan ortiq noallel genlarning bir belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi irsiylanishning qaysi turida namoyon bo‘ladi?


A) to‘liq dominantlik B) pleyotropiya
C) epistaz D) chala dominantlik

2. Tiriklikning tuzilish darajalariga mos berilgan javobni aniqlang.


1) assidiyada metamorfozning sodir bolishi;
2) dizruptiv tanlanish.
A)1 - organizm; 2 - molekula
B)1 - molekula; 2 - populatsiya
C)1 - organizm; 2 - populatsiya
D)1 - hujayra; 2 - biosfera

3. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Qayin odimchisi kapalagi ... .


1) o‘pka xaltasi va traxeyalari orqali nafas oladi;
2) sanoatlashgan markazlarda mutatsiyaga uchragan organizmlar tanasi oq rangda; 3) zaharli gelikonius bilan bir turkumga mansub; 4) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi; 5) sanoatlashgan markazlarda tana rangining o‘zgarishi gen mutatsiyasi hisoblanadi; 6) qishloq joylarida oq rangli
formalar son jihatdan ko‘proq uchraydi.
A) 3, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4

4. Gul tugunchasida ko‘p urug‘kurtak bo‘ladigan o‘simliklarni aniqlang.


A)olxo‘ri, qovoq, olcha, loviya
B)g‘o‘za, boychechak, bangidevona
C)gilos, olcha, olma, behi
D)bug‘doy, g‘o‘za, shaftoli

5. Rasmda tasvirlangan o‘simliklarning vegetativ ko‘payish usullari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.



A)1 - novdalari orqali; 2 - ildizmeva orqali; 3 - ildizpoya orqali
B)1 - urug‘i orqali; 2 - ildizpoya orqali;3 - ildizpoya orqali
C)1 - novdalari orqali; 2 - ildizpoya orqali; 3 - urug‘i orqali
D)1 - ajratuvchi kurtakchalar; 2 – ildizpoya orqali;
3 - tugunak orqali

6. Xolmon va olg‘i o‘simliklari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir bo‘limga (a), bir sinfga (b) va bir oilaga (c) birlashtiriladi?


1) gullari ikki jinsli; 2) meva hosil qiladi; 3) changchilari 6ta; 4) murtagi bir urug‘pallali; 5) ildiz tizimi qo‘shimcha va yon ildizlardan iborat; 6) barglari novdada ketma-ket
o‘rnashgan; 7) barg yaprog‘i yoysimon yoki parallel tomirlangan; 8) o‘tkazuvchi naylarga ega; 9) gulli o‘simlik.
A)a - 2, 8; b - 4, 9; c - 5, 6 B)a - 1, 9; b - 4, 8; c - 3, 7
C)a - 2, 9; b - 4, 5; c - 1, 3 D)a - 5, 8; b - 5, 7; c - 2, 6

7. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Qizilcha qo‘zg‘atuvchisida ... bo‘ladi.


A) fosfat kislota qoldig‘i, mitoxondriya
B) guanin, silliq endoplazmatik to‘r
C) adenin, ribosoma
D) sitozin, oqsil

8. Evolutsiya natijasida organik olamda muhit sharoitiga maskirovka (a), ogohlantiruvchi rang (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi;
2) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 3) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi;
4) xonqizi qo‘ng‘izining tana rangi bilan ko‘zga yaqqol
tashlanishi;
5) chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani eslatishi
A) a - 3; b - 5 B) a - 4; b – 2 C) a - 1; b - 4 D) a - 2; b - 5

9. Pixta (a), baqlajon (b), g‘umay (c) o‘simliklari


haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) gulkosachabarglari to‘rtta; 2) popuk ildiz tizimiga ega; 3) qo‘sh urug‘lanish kuzatilmaydi; 4) mevasi qo‘zoqcha;
5) sekvoyadendron bilan bir bo‘limga mansub; 6) xarduma bilan bir sinfga mansub; 7) ituzum turkumiga mansub.
A)a - 1, 6; b - 4; c – 6 B)a - 3, 5; b - 6; c - 3, 5
C)a - 7; b - 5; c – 2 D)a - 5; b - 7; c - 2, 6

10. Jigar hujayrasi tuzilmalari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.


1) ribosomaning shakllanishi; 2) translyatsiya; 3) r-RNK sintezi; 4) ATF sintezi; 5) glikogen sintezi. a) sitoplazma; b) yadrocha; c) silliq endoplazmatik to‘r; d) ribosoma;
e) mitoxondriya.
A)1 - b, 2 - d, 3 - b, 4 - a, 5 - c
B)1 - e, 2 - d, 3 - a, 4 - c, 5 - b
C)1 - d, 2 - a, 3 - c, 4 - a, 5 - e
D)1 - e, 2 - d, 3 - b, 4 - c, 5 - d

11. Dissimilatsiya jarayonida qatnashadigan tuzilmalarni aniqlang.


A)ribosoma, lizosoma B)yadro, silliq endoplazmatik to‘r
C)mitoxondriya, lizosoma
D)mitoxondriya, donador endoplazmatik to‘r

12. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos


organizmlarni aniqlang.

A)1 - asalari; 2 - kolorado qo‘ng‘izi;
3 - musicha; 4 - lochin
B)1 - sariq galanga; 2 - sichqon; 3 - -jayron; 4 - emu
C)1 - o‘rgimchak; 2 - baqa; 3 - kaltakesak; 4 - arxar
D)1 - o‘simlik; 2 - ilon; 3 - tuvaloq; 4 - arslon

13. Odamning nerv sistemasida nerv impulslari qanday yo‘nalishda uzatilmaydi?


1) harakatlantiruvchi neyrondan bosh miyaga;
2) oraliq neyrondan sezuvchi neyronga;
3) muskuldan sezuvchi neyronga; 4) orqa miyadan bosh miyaga; 5) orqa miyadan harakatlantiruvchi neyronga;
6) bosh miyadan harakatlantiruvchi neyronga; 7) sezuvchi
neyrondan oraliq neyronga; 8) harakatlantiruvchi neyrondan orqa miyaga.
A) 1, 4, 6, 8 B) 1, 2, 3, 8 C) 2, 5, 6, 7 D) 2, 4, 5, 7

14. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni tanlang. Sayg‘oq muskul hujayrasida 3,5 molekula glukoza to‘liq parchalansa ... .


1) aerob bosqichida 7 molekula sut kislota hosil bo‘ladi;
2) 5320 kJ energiya ATFning fosfat bog‘larida to‘planadi; 3) glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya ATFda to‘plangan energiyaga nisbatan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi; 4) glikolizda 21 molekula karbonat angidrid (CO2) ajraladi.
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4

15. Exinokokkning hayot sikli aks ettirilgan sxemadagi 1 va 2-raqamlarga qanday bosqichlar mos keladi?



A)1 - qoramol ichagidagi tuxum; 2 – qoramol qonidagi voyaga yetgan exinokokk
B)1 - asosiy xo‘jayin ichagidagi lichinka; 2 - qoramol qonidagi voyaga yetgan parazit
C)1 - tuxum; 2 - it organizmida sista hosil qilayotgan lichinka
D)1 - tuxum; 2 - qoramol qonidagi lichinka

16. Umurtqali (a) va umurtqasiz (b) konsument organizmlarni aniqlang.


1) malla shomshapalak; 2) aureliya; 3) jirafa; 4) tillako‘z; 5) termit; 6) bo‘tako‘z; 7) sayg‘oq; 8) xasva qandalasi.
A) a - 3, 7; b - 2, 4 B) a - 2, 6; b - 1, 4
C) a - 5, 6; b - 3, 8 D) a - 5, 7; b - 3, 8

17. Gorillada ovogenezning ko‘payish davrida sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang.


1) jinsiy hujayralarda 24 ta xromosoma bo‘ladi;
2) diploid to‘plamli hujayralar hosil bo‘ladi;
3) hujayralar meyoz usulida bo‘linadi;
4) hujayralar mitoz usulida bo‘linadi
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 3

25. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.


Odamlarda ... yurakdan qon olib ketadi.
A)kichik qon aylanish doirasi arteriyalari, katta qon aylanish doirasi arteriyalari
B)kichik qon aylanish doirasi venalari, katta qon aylanish doirasi arteriyalari
C)katta qon aylanish doirasi venalari, kichik qon aylanish doirasi arteriyalari
D)kichik qon aylanish doirasi venalari, katta qon aylanish doirasi venalari

26. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik ko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘il bolalarning necha foizi ko‘k ko‘zli bo‘ladi?


A) 25 B) 12,5 C) 75 D) 50

27. Qunduz bilan bir tip (1), sinf (2), turkum (3), oila (4) ga mansub hayvonlarni aniqlang.


A)1 - beluga; 2 - tyulen; 3 - ayiq; 4 - nutriya
B)1 - iguana; 2 - yexidna; 3 - kashalot; 4 - suvsar
C)1 - suqsun; 2 - yumronqoziq; 3 - korsak; 4 - latcha
D)1 - qirg‘iy; 2 - tapir; 3 - tyulen; 4 - norka

28. To‘g‘ri fikrlar berilgan javobni aniqlang.


1) transmissibl plazmid asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qiladi;
2) avtonom plazmidlar bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va teshiklaridan o‘tadi; 3) endonukleaza zaharli toksin parchalovchi ferment sintezlovchi genetik
tuzilma; 4) quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritilib, transgen quyon olingan.
A) 2, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 3, 4

29. Ko‘p urug‘li, quruq mevali o‘simliklarni


aniqlang.
A) g‘o‘za, bug‘doy B) nok, Greyg lolasi
C) karam, mosh D) boychechak, qayrag‘och

30. Mitozning metafaza bosqichida 16 ta xromatidaga ega hujayralarni aniqlang.


1) drozofilaning zigotasi; 2) olchaning mikrosporasi;
3) tog‘olchaning mikrosporasi; 4) drozofilaning ichak epiteliysi hujayrasi; 5) olchaning kambiy hujayrasi;
6) tog‘olchaning o‘sish konusi hujayrasi.
A) 1, 5 B) 3, 5 C) 2, 6 D) 3, 4



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling