Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
17-VARIANT
1. Kurak tishlarining orqa tomonida emali bo‘lmaydigan sutemizuvchi hayvonlarni aniqlang. A) suvsar, ondatra B) bo‘rsiq, yumronqoziq C) qunduz, nutriya D) jayra, yumronqoziq 2. Buyrakda kechadigan jarayonlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)kapsulada ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi va suyuqlik kapillarlardan o‘tadi B)kalavasimon kanalchalarda filtratsiya sodir bo‘ladi va birlamchi siydik hosil bo‘ladi C)kapsulada reabsorbsiya sodir bo‘ladi va ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi D)kalavasimon kanalchalarda reabsorbsiya sodir bo‘ladi va suyuqlikning ko‘p qismi vena tomirlariga o‘tadi 3. Faqat RNK tutuvchi virus tarkibida uchraydigan komponentlarni aniqlang. A)aminokislota, riboza B)guanin, ribosoma C)fosfat kislota qoldig‘i, dezoksiriboza D)adenin, timin 4. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining glikoliz (a) va tayyorgarlik (b) bosqichlarida kechadigan jarayonlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) ajralgan energiya 60%ining issiqlik energiyasi sifatida tarqalishi; 2) murakkab uglevodlardan glukozaning hosil bo‘lishi; 3) sut kislotasining kislorod ishtirokida parchalanishi; 4) energiyaning kam miqdorda ajralishi va barchasi issiqlik energiyasi sifatida tarqalishi; 5) ATF sintezi. A) a-5; b-1, 3 B) a-4; b-2, 5 C) a-5; b-2, 4 D) a-2, 4; b-3 5. Sog‘lom odamning yelka suyagi haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlanadi; 2) suyakka aylanish davri 15-16 yoshgacha davom etadi; 3) murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi; 4) ustki pardasi epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan; 5) uzun naysimon suyak. A) 3, 5 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 1, 2 6. Embrional rivojlanish davri ona organizmidan tashqarida amalga oshuvchi organizmlarni aniqlang. 1) qum bo‘g‘ma iloni; 2) ko‘l baqasi; 3) ilvirs; 4) sayg‘oq; 5) zog‘ora balig‘i; 6) lemur; 7) povituxa qurbaqasi; 8) kabarga A) 4, 6 B) 1, 8 C) 3, 7 D) 2, 5 7. Tovuq va xo‘rozlar patining chipor rangda bo‘lishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy (a) bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digeterozigotali xo‘roz va gulsimon tojli, qora patli aXb gametalari yashovchan bo‘lmagan tovuqlar (faqat urg‘ochilarida aXb gametalari yashovchan emas) chatishtirilishidan jo‘ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang. a) chatishtirishdan olingan jo‘jalarning fenotipik nisbatini; b) chatishtirishdan olingan oddiy tojli qora rangli jo‘jalarning genotiplarini A)a - 5 (gulsimon tojli chipor) : 5 (gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora); b - aaXbY B)a - 5 (gulsimon tojli chipor) : 2 (oddiy tojli qora) : 5 (gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor); b - aaXbY ; C)a - 7 (gulsimon tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora) : 5 (gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor); b - aaXbXb; aaXbY ; D)a - 7 (gulsimon tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora) : 5 (gulsimon tojli qora) : 3 (oddiy tojli chipor); b - aaXbXb; aaXbY ; 8. Burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga ega bo‘lgan xaltachalarga ochiladigan organizmlar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. A) nandu, gekkon B) silovsin, kapachi qush C) ildam kaltakesak, emu D) moybaliq, xumbosh baliq 9. Dengiz mushugining yuragiga ...(I) keladi, maralning yuragidan ...(II) chiqadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 2) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 3) katta qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 4) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 5) katta qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 6) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 7) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon; 8) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon. A) I - 2, 5; II - 3, 8 B) I - 1, 5; II - 4, 7 C) I - 1, 3; II - 4, 7 D) I - 4, 6; II - 2, 7 10. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishining anafaza bosqichida mutatsiya tufayli ikkinchi va oltinchi xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 10 yoki 8 B) 22 yoki 14 C) 11 yoki 7 D) 16 yoki 20 11. Nodirning chap qo‘li venasidan yuborilgan dorining buyraklargacha bosib o‘tgan yo‘lini aniqlang. 1) chap bo‘lmacha; 2) o‘pka arteriyasi; 3) o‘ng bo‘lmacha; 4) yuqorigi kovak vena; 5) chap qorincha; 6) o‘ng qorincha; 7) o‘pka venasi; 8) katta qon aylanish doirasining arteriya qon tomirlari; 9) pastki kovak vena. A) 9, 3, 6, 7, 2, 1, 5, 8 B) 4, 3, 6, 2, 7, 1, 5, 8 C) 9, 1, 6, 7, 2, 3, 5, 8 D) 4, 3, 6, 7, 2, 5, 1, 8 12. Quyidagi organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. a) parmeliya; b) batsidiya. A)a - prokariot organizm; b - bargsimon lishaynik B)a - bargsimon lishaynik; b - eukariot organizm C)a - avtotrof organizm; b - prokariot organizm D)a - eukariot organizm; b - parazit prokariot 13. Berilgan organizmlardan birinchi tartibli konsumentlar (birinchi darajali konsumentlar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) sakkizoyoq; 2) so‘na; 3) suluv ninachi; 4) sariq ilon; 5) karam kapalagi qurti; 6) kaptar; 7) jayron; 8) jirafa; 9) qirg‘iy; 10) zubr; 11) boyo‘g‘li; 12) bo‘ka; 13) bug‘u; 14) qutb meduzasi; 15) qum bo‘g‘ma iloni; 16) qora kalxat; 17) manta. A) 2, 3, 6, 14, 17 B) 5, 7, 8, 10, 13 C) 1, 4, 12, 15, 16 D) 7, 9, 11, 13, 16 14. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotidlardan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10%ni tashkil etsa, fragmentning uzunligini (nm) (a), adenine va timin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm.) A) a - 171; b - 210 B) a - 357; b - 420 C) a - 2142; b - 720 D) a - 357; b - 360 15. 1) sekvoyadendron; 2) pixta; 3) zuhrasoch; 4) qirqbo‘g‘im; 5) zarang; 6) donasho‘r; 7) saur; 8) marmarak; 9) funariya o‘simliklarining gametalari hosil bo‘ladigan tuzilmalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) ◦✒ gametalar anteridiyda yetiladi; b) ◦+ gametalar arxegoniyda yetiladi; c) ◦+ gametalar murtak xaltada yetiladi; d) ◦✒ gametalar chang donasida yetiladi. A)1, 7 - b, d; 5, 8 - c, d; 2, 9 - a, b B)3, 9 - a, b; 1, 6 - c, d; 2, 3 - b, d C)1, 5 - c, d; 2, 7 - b, d; 4, 9 - a, b D)1, 2 - b, d; 3, 4 - a, b; 5, 8 - c, d 16.
Sxemalarda tasvirlangan to‘pgullar qaysi o‘simliklarga xos? A)1 - bug‘doyiq, 2 - oqqayinning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli B)1 - nastarin, 2 - tolning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli C)1 - zubturum, 2 - jag‘-jag‘, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli D)1 - bug‘doyiq, 2 - bug‘doy, 3 - makkajo‘xorining changchili guli 17. 1) Aabb, 2) AAbb genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)1-xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi, sariq doni; 2-xoldor to‘ti patining yashil rangi B)1-xoldor to‘ti patining yashil rangi; 2-xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli C)1-xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi, burishgan doni; 2-xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli D)1-xushbo‘y no‘xatning silliq doni, kalta poyasi; 2-xo‘roz tojining gulsimon shakli 18. Quyidagi ta’riflarga mos keluvchi moddalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) halqasiz aminokislotalar tarkibiga kiradi; 2) reduplikatsiyada ishtirok etadi; 3) ayrisimon bez tomonidan ishlab chiqariladi. A)1 - sistin; 2 - sitozin; 3 - somatotrop B)1 - treonin; 2 - timin; 3 - timozin C)1 - glitsin; 2 - glutamin; 3 - estrogen D)1 - alanin; 2 - adenin; 3 - androgen 19. To‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang. A)leyshmaniya xivchinlilar sinfi vakili bo‘lib, erkin yashaydi B)tufelka xivchinlilar sinfi vakili hisoblanadi C)nozema − geterotrof organizm D)aktiniya − ayrim jinsli organizm 20. Otasi gemofiliya bilan kasal, onasining ajdodlarida esa gemofiliya uchramagan erkak somatik hujayrasining mitoz sikli profazasida H (I), h (II) allellari sonini aniqlang. A) I-1; II-1 B) I-1; II-0 C) I-2; II-0 D) I-0; II-2 21. Nazariy jihatdan o‘simliklardagi energetik almashinuvda 7 molekula glukoza to‘liq va to‘liqsiz parchalanganda 122 molekula ATF hosil bo‘ldi. To‘liqsiz parchalangan glukozani xloroplastda sintezlash uchun necha molekula ATF kerak bo‘ladi? A) 72 B) 126 C) 90 D) 54 22. Genetik injeneriya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) plazmid − transpozaza fermenti kabi monomeri aminokislotadan tashkil topgan ferment; 2) transpozon − zaharli toksin parchalovchi ferment; 3) EcoRI − DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi restriktaza; 4) restriktazalar − ferment sintez qiluvchi gen saqlovchi tuzilma; 5) ligaza − DNK bo‘laklarini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzim A) 3, 5 B) 1, 4 C) 2, 5 D) 1, 2 23. Yopiq urug‘li o‘simlik (a), ochiq urug‘li o‘simlik (b), sporali o‘simlik (c) larni aniqlang. 1) zarpechak; 2) rovoch; 3) raffleziya; 4) baliqko‘z; 5) saur; 6) funariya A) а - 1, 4; b - 5; с - 6 B) а - 1, 3; b - 2; с - 6 C) а - 2, 4; b - 5; с – 3 D) а - 1, 5; b - 4; с - 6 24. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Zaharli gelekonius kapalagi ... . 1) tanasining rangi bilan oynasimon kapalakka taqlid qiladi; 2) "xonqizi" qo‘ng‘izi bilan bir sinfga mansub; 3) ayirish sistemasining bir uchi berk, ikkinchi uchi ichak bo‘shlig‘iga ochiladi; 4) qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi; 5) qurtining ko‘krak bo‘limida 5 juft soxta oyoqlar bo‘ladi; 6) tanasi yorqin "ogohlantiruvchi rang"ga ega. A) 1, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 5 25. Biotik omil ta’siri keltirilgan javobni aniqlang. A)zararkunanda hasharotlarga qarshi dori purkalishi natijasida ularning halok bo‘lishi B)dukkakli o‘simlik ildizida tugunak bakteriyalarning hamkorlikda yashashi C)hasharotlarning qattiq sovuq natijasida nobud bo‘lishi D)o‘simliklarning kuchli shamol ta’sirida nobud bo‘lishi 26. Proterozoy → paleozoy → mezozoy eralari ketma-ketligida yuz bergan aromorfozlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)halqali chuvalchanglar tip vakillarining paydo bo‘lishi, dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → zamburug‘larning paydo bo‘lishi → yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi B)yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklarning paydo bo‘lishi C)ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi, suyakli baliqlar sinfining kelib chiqishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi D)suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi → tuproqdagi dastlabki quruqlik o‘simliklarining paydo bo‘lishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi 27. Quyidagi olimlarning biologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) Koen − ilk bor genlarni klonlashtirgan; b) M.S.Navashin − madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlarini aniqlagan; c) J.Uotson − eritrotsitlardagi rezus omilni aniqlagan; d) R.Virxov − hujayrasiz hayot yo‘qligini aniqlagan. A) a, c B) a, b C) a, d D) b, c 28. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. a) Neotropik biogeografik viloyatida jannat qushlari uchraydi; b) Habashiston biogeografik viloyatida jirafa uchraydi; c) Neoarktik biogeografik viloyatida muskusli qo‘y uchraydi d) Hindomalay biogeografik viloyatida gajak dumli maymun uchraydi. (Tabiiy holda tarqalgan.) A) a, b B) b, d C) b, c D) a, c 29. Jigar qurtining hayot siklida 2 va 3 raqamlarga muvofiq ravishda mos keladigan bosqichlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? 1 → urug‘langan tuxum → 2 → oraliq xo‘jayin tanasidagi lichinka → dumli lichinka → 3 → asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka A)2 - voyaga yetgan jigar qurti; 3 - finna B)2 - suv shillig‘i tanasidagi parazit; 3 - finna C)2 - kiprikli lichinka; 3 - sista D)2 - sista; 3 - kiprikli lichinka 30. Muhitning biotik omili ta’sirini aniqlang. A)viltga chidamli yangi g‘o‘za navlarini yaratish B)pestitsidlar qo‘llanishi tufayli tuproqdagi organizmlarning yoppasiga nobud bo‘lishi C)kartoshka ildizida bo‘rtma nematodaning yashashi D)tog‘ hosil bo‘lishi natijasida bir nechta alohidalashgan populyatsiyalarning kelib chiqishi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling