Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet10/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
2019 dox

10-VARIANT

1. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining glikoliz bosqichida ... kuzatilmaydi.


1) glukozaning fermentlar ishtirokida kislorod ishtirokisiz parchalanishi; 2) ATFda to‘plangan energiyaning issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiyadan ko‘p bo‘lishi;
3) glikogendan glukozaning hosil bo‘lishi;
4) glukozadan sut kislotasining hosil bo‘lishi.
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 2

2. Quyida berilgan fenotiplarning qaysilari BB yoki Bb allellari tomonidan yuzaga chiqadi?


A)nomozshomgul gulining qizil rangi; xo‘roz tojining oddiy shakli
B)no‘xat dukkagining oddiy shakli; no‘xat gulining qizil rangi
C)g‘o‘za tolasining novvot rangda bo‘lishi; no‘xat urug‘ining burushgan shakli
D)odamda soch tolasining taram-taram shakli; xoldor to‘tida patining oq bo‘lishi

3. Markaziy nerv sistemasining quyidagi qismlarida qanday nerv markazlari joylashgan?


a) uzunchoq miya; b) gipotalamus; c) o‘rta miya; d) miya ko‘prigi;
1) uchlik nerv markazi; 2) po‘stloqosti ko‘rish markazi;
3) yuz muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazi;
4) nafas olish nerv markazi;
5) ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nerv markazi;
6) po‘stloqosti eshitish markazi;
7) gipofizni boshqaruvchi nerv markazi;
8) ovqat hazm qilishning nerv markazi.
A) a - 2; b - 7; c - 8; d – 3 B) a - 4; b - 7; c - 6; d - 5
C) a - 2; b - 3; c - 1; d – 6 D) a - 7; b - 2; c - 3; d - 8

4. Jadvalning qaysi qatorlarida (№) organizmlar,


ularning xususiyatlari va ular mansub turkumlar muvofiq tarzda berilgan?

A) 2, 5, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 5

5. Quyidagi olimlarning biologiya fanining rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


a) K.Landshteyner - eritrositlarda rezus omil;
b) P.Frosh - tamaki mozaikasining o‘ziga xos xususiyatlari; c) A.I.Ugolev - vorsinkalar faoliyati;
d) F.Leffler - bakteriofag.
A) a, b B) b, c C) b, d D) a, c

6. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odam organizmidagi muskul to‘qima ... .


A)muskulning bosh va dum qismini hosil qiladi, vorsinkalar devorini hosil qiladi
B)mezodermadan rivojlanadi, yurak devorining endokard qavatini hosil qiladi
C)fassiya bilan o‘ralgan, yurak miokardini hosil qiladi
D)ichaklar peristaltikasini ta’minlaydi, gormonlar transportini ta’minlaydi

7. Divergensiya (1), genlar dreyfi (2), konvergensiya (3), mikroevolutsiya (4) tushunchalarining tavsiflari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


а) populyatsiya, kenja tur va turlarning paydo bo‘lishi;
b) sistematik jihatdan uzoq guruhlarning bir xil yashash muhitiga moslashishi natijasida bir xil moslashishlarga
ega bo‘lishi; с) bir ajdoddan tarqalgan organizmlarning turli muhitda yashashi tufayli belgi-xossalarining
bir-biridan farqlanishi;
d) populatsiya genofondining tasodifiy o‘zgarishi.
A) 1 - a, 2 - d, 3 - c, 4 - b B) 1 - c, 2 - d, 3 - b, 4 - a
C) 1 - b, 2 - d, 3 - c, 4 - a D) 1 - d, 2 - a, 3 - c, 4 - b

8. Zebra bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang.


1) qulon; 2) laqay; 3) muflon; 4) vladimir; 5) gereford;
6) karkidon; 7) qorabayir; 8) axaltaka
A) a - 3, 7; b - 2, 8 B) a - 1, 4; b - 5, 7
C) a - 1, 6; b - 2, 7 D) a - 3, 6; b - 4, 8

9. To‘g‘ri fikrlar berilgan javobni aniqlang.


1) pnevmokokk S shtammining sirti g‘adir-budur bo‘ladi; 2) bakteriyalarda genlar mutatsiyasini o‘z o‘zidan sodir bo‘lishini bakteriya koloniyalaridan replika ko‘chirish
usulini qo‘llash vositasida Tuort va D.Errel isbot qilib berdi; 3) bitta bakteriya hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o‘tishi transduksiya deyiladi;
4) transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladigan tuzilmalar transmissibl plazmidlar deyiladi.
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 4

10. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning gametofiti ... (b), dala qirqbo‘g‘imining gametofiti ... (c).


Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
1) qo‘shimcha ildizga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan; 3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik;
5) anteridiy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega;
7) zigotadan rivojlanadi; 8) tuxum hujayra hosil qiladi;
9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi
A)a - 5, 9; b - 1, 6; c - 5, 10 B)a - 3, 9; b - 5, 9; c - 1, 2
C)a - 3, 8; b - 4, 9; c - 5, 8 D)a - 5, 8; b - 7, 10; c - 3, 9

11. Faqat RNK tutuvchi bakteriofag tarkibida uchraydigan komponentni aniqlang.


A) murein qobiq B) adenindezoksiribonukleotid
C) aminokislota D) ribosoma

12. Tiriklikning tuzilish darajalariga mos berilgan javobni aniqlang.


1) yadroning bo‘linishi; 2) jag‘-jag‘lar sonining ba’zi yillar ortib, kamayishi.
A)1 - populatsiya; 2 – biosfera
B)1 - biosfera; 2 - populatsiya
C)1 - hujayra; 2 - populatsiya
D)1 - molekula; 2 - biosfera

13. Dengiz tulkisining qon aylanish sistemasida qon harakati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


a) jabralarga keladi; b) yurak bo‘lmachasiga keladi;
c) yurak qorinchasidan chiqadi; d) organlarga keladi;
1) arteriyalarda venoz qon; 2) yurak venasida
arterial qon; 3) qorin aortasida arterial qon;
4) yurak venasida venoz qon; 5) orqa aortada venoz qon;
6) qorin aortasida venoz qon; 7) orqa aortada arterial qon; 8) venalarda venoz qon.
A) a - 2, b - 3, c - 6, d - 8 B) a - 2, b - 5, c - 7, d - 8
C) a - 1, b - 3, c - 5, d – 7 D) a - 1, b - 4, c - 6, d - 7

14. Xo‘roz patining chipor rangda bolishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Gomozigotali qora rangli gulsimon tojli tovuq ovogenezining ko‘payish davri profazasida b allellari (I) va a allellari (II) soni


to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) I-2; II-0 B) I-4; II-0 C) I-2; II-4 D) I-4; II-4

15. Kamola o‘pkasining tiriklik sig‘imi 3500 ml ga teng bo‘lsa, uning nafas olish sistemasi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?


A)qorin va ichki qovurg‘alararo muskullar qisqarganda ko‘krak qafasining hajmi kichrayadi


B)ichki qovurg‘alararo va qorin muskullari qisqarganda ko‘krak qafasi kengayadi
C)ko‘krak qafasi kengayganda tashqi qovurg‘alararo va diafragma muskullari bo‘shashgan holatda bo‘ladi
D)ko‘krak qafasi hajmining torayishi tashqi qovurg‘alararo va diafragma muskullarining qisqarishi orqali ta’minlanadi

16. Spaniel it zotlarida yungning qora bo‘lishi jigarrang ustidan, kalta bo‘lishi uzun bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. AB tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota urg‘ochi va erkak itlar o‘zaro chatishtirildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib,


quyidagilarni aniqlang:
a) avlodda olingan itlarning fenotipik guruhlari nisbati;
b) qora kalta yungli itlarning genotiplari
A)a - 5 ta qora kalta yungli:1 ta jigarrang kalta
yungli:3 ta jigarrang uzun yungli; b - AAbb, Aabb
B)a - 7 ta qora kalta yungli:3 ta jigarrang kalta yungli:1 ta qora uzun yungli:1 ta jigarrang uzun yungli; b - AaBB, AaBb
C)a - 3 ta qora uzun yungli:3 ta jigarrang kalta yungli:2 ta qora kalta yungli:1 ta jigarrang uzun yungli; b - AaBb
D)a - 7 ta qora kalta yungli:3 ta jigarrang kalta yungli:1 ta qora uzun yungli:1 ta jigarrang uzun yungli; b - AABb, AaBb

17. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotiddan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10%ni tashkil etsa, DNK qo‘sh zanjiridagi dezoksiriboza


qoldig‘ining sonini (a), adenin va timin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini (b) aniqlang.
A) a - 221; b - 1560 B) a - 442; b - 1170
C) a - 2100; b - 420 D) a - 442; b - 780

18. Postembrional rivojlanishi metamorfoz yo‘li bilan amalga oshuvchi xordalilar tipi vakillarini aniqlang.


1) tovusko‘z; 2) agama; 3) ko‘l baqasi; 4) trixogramma;
5) kvaksha baqasi; 6) suqsun; 7) assidiya; 8) gavial.
A) 6, 8 B) 2, 5 C) 1, 4 D) 3, 7

19. Hayvonot olamida aromorfoz yo‘nalishiga mos evolutsion o‘zgarishlarni aniqlang.


1) baliqlarda bosh va orqa miyaning paydo bo‘lishi;
2) jigar qurtida so‘rg‘ichlarning paydo bo‘lishi;
3) halqali chuvalchanglar tipining paydo bo‘lishi;
4) tasmasimon chuvalchanglarda hazm qilish sistemasining yo‘qolishi.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 2, 3

20. Biotik omil ta’sirini aniqlang.


A)sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda amyobani harakatlanishdan to‘xtab, sista hosil qilishi
B)pilla ichidagi g‘umbak issiq suv yoki bug‘ ta’sirida o‘ldirilishi va ip yigirilishi
C)tuyaqushni hasharotlar bilan oziqlanishi
D)laylaklarni kuzda birmuncha mo‘tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketishi va o‘sha joylarda qishlashi

21. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. O‘simlik epidermasi peridermadan farq qilib ... .


1) o‘simlikning yashil novdalarini qoplab turadi;
2) hujayralari o‘lik; 3) og‘izchalarga ega; 4) suberinga ega; 5) mum bilan qoplangan; 6) bir qavat shaffof hujayradan iborat.
A) 3, 5, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3

22. Tarpan (a) va Yevropa turi (b) bilan bir turga mansub zotlarni aniqlang.


A)a - Qorabayir; b - Yaroslavl
B)a - Romanov; b - Simmental
C)a - Qora-ola Xolmagor; b - Bushuyev
D)a - Yaroslavl; b - Qizil dasht

23. O‘simliklar mikrosporasi (a) va urug‘kurtagidagi diploid to‘plamli hujayrasi (b) uchun mos ma’lumotlarni aniqlang.


A)a - avval mitoz keyin meyoz usulida bo‘linib, murtak hosil qiladi; b - boshlang‘ich hujayraning mitoz bo‘linishidan hosil bo‘ladi
B)a - mitoz usulida bo‘linib, gaploid to‘plamli hujayra hosil qiladi; b - meyoz usulida bo‘linadi, profaza I da xromatidalar tetradasi hosil bo‘ladi
C)a - murtak xaltada joylashgan; b – meyoz usulida bo‘linib, spermiy hosil qiladi
D)a - meyoz usulida bo‘linib, 2ta har xil hujayra hosil qiladi; b - meyoz usulida bo‘linib, vegetativ va generativ hujayra hosil qiladi

24. Termit oilasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.


A)oilasida bitta urg‘ochi va erkak termitlar hamda bir necha milliongacha ishchilar, qo‘riqchilar bor
B)voyaga yetmagan erkaklari in qurish va oilani boqish vazifasini bajaradi
C)ishchilari voyaga yetmagan erkaklaridir
D)ona, erkak va ishchilarning jag‘lari kuchli rivojlangan

25. Lishaynik (a), prokariot (b), zamburug‘ (c) berilgan javobni aniqlang.


A)a - xlorella; b - kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi; c - gerpes
B)a - batsidiya; b - o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; c - penitsill
C)a - yapon laminariyasi; b - nostok; c - parmeliya
D)a - ulotriks; b - o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; c - achitqi

26. DNK fragmentining uzunligi 132,6 nm. DNK molekulasida nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng. Mutatsiya tufayli qo‘sh zanjirdagi 12 juft nukleotid tushib qoldi. Ushbu holat uchun to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. (i-RNKning barcha kodonlariga t-RNKning


antikodonlari komplementar)
1) dastlabki DNK molekulasi asosida sintezlangan oqsil molekulasida 130 ta peptid bog‘i mavjud; 2) mutatsiyadan keyingi yangi DNK molekulasi asosida 126 ta aminokislotadan iborat oqsil sintezlanadi;
3) mutatsiyadan keyingi yangi. DNK molekulasidan 378 ta nukleotidga ega bo‘lgan i-RNK sintezlanadi; 4) dastlabki DNK qo‘sh zanjirida jami 390 ta nukleotid mavjud.
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4

27. Otasi gemofiliya bo‘yicha sog‘, onasi esa gemofiliya bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli profazasida h (I), H (II) allellari sonini aniqlang.


A) I-0; II-1 B) I-2; II-0 C) I-1; II-2 D) I-0; II-2

28. Ko‘k kit (a), ko‘k sug‘ur (b), ko‘rgalak (c) uchun xos bo‘lgan ta’riflarni aniqlang.


A)a - dumi va oldingi suzgichlari yordamida suzadi;
b - qoziq tishlari hayoti mobaynida o‘sib turadi;
c - kuchli rivojlangan miya yarimsharlarida burmalar ko‘p bo‘ladi
B)a - bo‘yin umurtqasi 7 ta; b - qoziq tishlari bo‘lmaydi;
c - kloakaga ega
C)a - batamom suvda yashashga o‘tgan sutemizuvchi bo‘lib, kurak oyoqlilar turkumiga kiradi; b - kurak tishlarining orqa tomonida emal bo‘lmaydi; c - havo pufaklari ichki organlar orasida joylashgan
D)a - tishlari bo‘lmaydi; b - qoziq va kurak tishlariga ega; c - kloakaga ega

29. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - sariq falanga; 2 - sichqon; 3 - jayron; 4 - emu
B)1 - asalari; 2 - kolorado qo‘ng‘izi; 3 - musicha; 4 - lochin
C)1 - tuvaloq; 2 - laylak; 3 - ilon; 4 - lochin
D)1 - o‘rgimchak; 2 - bug‘u; 3 - kaltakesak; 4 - arxar

30. Gidrosferaning umurtqasizlar zoobiomassasi tarkibini aniqlang.


1) zorka; 2) nereida; 3) ko‘rsichqon; 4) beluga;
5) yumronqoziq; 6) kasatka; 7) zaxkash; 8) aureliya.
A) 2, 8 B) 3, 5 C) 4, 6 D) 1, 7



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling