Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet11/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
2019 dox

11-VARIANT

1. Eukariot (a) va parazit prokariot organizm (b) berilgan javobni aniqlang.


A)a - zang zamburug‘i; b - ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi
B)a - kladoniya; b - ensefalit qo‘zg‘atuvchisi
C)a - batsidiya; b - gerpes
D)a - parmeliya; b - gripp qo‘zg‘atuvchisi

2. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - o‘rgimchak; 2 - bug‘u; 3 - kaltakesak;
4 - arxar
B)1 - tuvaloq; 2 - laylak; 3 - ilon; 4 - lochin
C)1 - sariq falanga; 2 - sichqon; 3 - jayron; 4 - emu
D)1 - asalari; 2 - kolorado qo‘ng‘izi;
3 - musicha; 4 - lochin

3. Bir urug‘li, quruq mevali o‘simliklarni aniqlang.


A) no‘xat, boychechak B) bug‘doy, soxta kashtan
C) oq akatsiya, bug‘doy D) g‘o‘za, kungaboqar

4. O‘simlikning periderma to‘qimasi uchun xos xususiyatlarni aniqlang.


1) po‘kak hujayralaridan tarkib topgan; 2) yasmiqchalar hosil qiladi; 3) ikkilamchi qoplovchi to‘qima bilan almashinadi; 4) hujayra qobig‘i suberin moddasi bilan shimilgan;
5) tashqi tomondan mum bilan qoplangan;
6) bir qavat shaffof hujayralardan iborat.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 6 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 6

5. Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P ) sepkilsizlik (p) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qon guruhini belgilovchi genlar autosomada joylashgan va mustaqil irsiylanadi.


I0I0 - birinchi, IAIA va IAI0 - ikkinchi, IBIB va
IBI0 - uchinchi, IAIB - to‘rtinchi qon guruhiga ega bo‘ladi. Ota IV qon guruhiga, ona II qon guruhiga ega (ota-ona digeterozigotali) oilada nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan uchinchi qon guruhli farzandlarning necha foizi
sepkilsiz bo‘ladi?
A) 25% B) 75% C) 12,5% D) 0%

6. To‘g‘ri fikrlar berilgan javobni aniqlang.


1) pnevmokokk S shtammining sirti g‘adir-budur bo‘ladi; 2) bakteriyalarda genlar mutatsiyasini o‘z o‘zidan sodir bo‘lishini bakteriya koloniyalaridan replika ko‘chirish
usulini qo‘llash vositasida Tuort va D.Errel isbot qilib berdi; 3) bitta bakteriya hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o‘tishi transduksiya deyiladi;
4) transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladigan tuzilmalar transmissibl plazmidlar deyiladi.
A) 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 2, 3

7. Faqat RNK tutuvchi bakteriofag tarkibida uchraydigan komponentni aniqlang.


A) murein qobiq B) ribosoma C) aminokislota
D) adenindezoksiribonukleotid

8. Quyidagi ta’riflar odam organizmidagi qaysi to‘qima va uning hujayralariga mos ekanligini juftlab ko‘rsating.


a) nerv to‘qima; b) epiteliy to‘qima.
A)a - miofibrill tolalariga ega; b - postembrional davrda DNK reduplikatsiyasi kuzatilmaydi
B)a - tashqi va ichki muhit ta’sirida qo‘zg‘aladi;
b - mitozning anafaza bosqichida 92 ta xromosomaga ega
C)a - yadrosiz hujayralarga ham ega; b - tolasi
miyelin pardasi bilan o‘ralgan
D)a - hujayralari orasida elastik tolalar ko‘p bo‘ladi;
b - ichki organlar shilliq qavati deb ataladi

9. Gidrosferaning umurtqasizlar zoobiomassasi


tarkibini aniqlang.
1) zorka; 2) nereida; 3) ko‘rsichqon; 4) beluga;
5) yumronqoziq; 6) kasatka; 7) zaxkash; 8) aureliya.
A) 4, 6 B) 2, 8 C) 1, 7 D) 3, 5

10. Yopiq qon aylanish sistemasiga ega hayvonlarni aniqlang.


A) perlovitsa, beluga B) bitiniya, boyo‘g‘li
C) nereida, skuns D) kalmar, kasatka

11. Kvaksha baqasining embrional rivojlanish davrida kuzatiladigan jarayonlarni aniqlang.


1) buyrakning mezoderma qavatidan hosil bo‘lishi;
2) xordaning hosil bo‘lishi; 3) nerv nayining ektoderma qavatidan hosil bo‘lishi; 4) yurish oyoqlarining hosil bo‘lishi; 5) jabraning o‘pkaga aylanishi; 6) jigarning
endoderma qavatidan hosil bo‘lishi; 7) dumning yo‘qolib ketishi; 8) ikki kamerali yurakning uch kamerali yurakka aylanishi.
A) 4, 8 B) 1, 5 C) 3, 7 D) 2, 6

12. Biotik omil ta’sirini aniqlang.


A)tuyaqushni hasharotlar bilan oziqlanishi
B)laylaklarni kuzda birmuncha mo‘tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketishi va o‘sha joylarda qishlashi
C)pilla ichidagi g‘umbak issiq suv yoki bug‘ ta’sirida o‘ldirilishi va ip yigirilishi
D)sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda amyobani harakatlanishdan to‘xtab, sista hosil qilishi

13. Markaziy nerv sistemasining quyidagi qismlarida qanday nerv markazlari joylashgan?


a) uzunchoq miya; b) gipotalamus; c) o‘rta miya; d) miya ko‘prigi;
1) uchlik nerv markazi; 2) po‘stloqosti ko‘rish markazi;
3) yuz muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazi;
4) nafas olish nerv markazi;
5) ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nerv markazi;
6) po‘stloqosti eshitish markazi;
7) gipofizni boshqaruvchi nerv markazi;
8) ovqat hazm qilishning nerv markazi.
A) a - 2; b - 3; c - 1; d – 6 B) a - 2; b - 7; c - 8; d - 3
C) a - 4; b - 7; c - 6; d – 5 D) a - 7; b - 2; c - 3; d - 8

14. Quyidagi olimlarning biologiya fanining rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


a) K.Landshteyner - eritrositlarda rezus omil;
b) P.Frosh - tamaki mozaikasining o‘ziga xos xususiyatlari; c) A.I.Ugolev – vorsinkalar faoliyati;
d) F.Leffler - bakteriofag.
A) a, c B) b, c C) b, d D) a, b

15. O‘simlik olamida idioadaptatsiya yo‘nalishidagi misollar berilgan javobni aniqlang.


1) yo‘sinlarda bargning paydo bo‘lishi;
2) zarang mevasini qanotchalar yordamida tarqalishi;
3) yopiq urug‘li o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanishning paydo bo‘lishi; 4) olma gulining yirik bo‘lishi, o‘zidan xushbo‘y hid va nectar ajratishi.
A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 2, 3

16. Quyidagilardan to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.


1) Lamark "Turlarning paydo bo‘lishi" asarining muallifidir; 2) "makroevolutsiya" tur doirasida sodir bo‘ladiga evolyutsion jarayonlarni o‘rganadi;
3) "populatsiya" - evolutsiyaning eng kichik (elementar) birligi; 4) "mikroevolutsiya" turdan yuqori sistematik birliklardagi evolutsion jarayonlarni ifodalaydi;
5) evolutsiyaning boshlang‘ich materiali mutatsion
o‘zgaruvchanlik.
A) 1, 4 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 1, 2

17. Dengiz tulkisining qon aylanish sistemasida qon


harakati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
a) jabralarga keladi; b) yurak bo‘lmachasiga keladi;
c) yurak qorinchasidan chiqadi; d) organlarga keladi;
1) arteriyalarda venoz qon; 2) yurak venasida arterial qon; 3) qorin aortasida arterial qon; 4) yurak venasida venoz qon; 5) orqa aortada venoz qon; 6) qorin aortasida venoz qon; 7) orqa aortada arterial qon; 8) venalarda
venoz qon.
A) a - 2, b - 3, c - 6, d – 8 B) a - 2, b - 5, c - 7, d - 8
C) a - 1, b - 3, c - 5, d – 7 D) a - 1, b - 4, c - 6, d - 7

18. Xrokokk uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.


1) mezosomaga ega; 2) oqsil sintezi ribosomada kechadi; 3) oqsil sintezi donador endoplazmatik to‘r hamkorligida kechadi; 4) havodagi erkin azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega; 5) eukariot organizm; 6) fototrof organizm
A) 3, 4 B) 2, 6 C) 1, 5 D) 2, 3

19. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning gametofiti ... (b), dala qirqbo‘g‘imining gametofiti ... (c).


Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
1) qo‘shimcha ildizga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan; 3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik;
5) anteridiy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega;
7) zigotadan rivojlanadi; 8) tuxum hujayra hosil qiladi;
9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi
A)a - 3, 9; b - 5, 9; c - 1, 2 B)a - 5, 9; b - 1, 6; c - 5, 10
C)a - 3, 8; b - 4, 9; c - 5, 8 D)a - 5, 8; b - 7, 10; c - 3, 9

20. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Gomeostaz . . . .


A)noqulay sharoit vujudga kelganda organizmlarda moddalar almashinuvining sekinlashishi yoki vaqtincha to‘xtashi
B)organizmlar o‘z tuzilishi va ichki muhitining doimiyligini o‘zgartirmay bir xilda saqlash xususiyati
C)tashqi muhit omillari o‘zgarishi natijasida organizmda kislorodning yetishmaslik holati
D)tashqi muhit ta’sirlari yoki noqulay sharoit tufayli oqsillar tabiiy xususiyatlarining yo‘qolishi

21. Parazit hayot kechiruvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni aniqlang.


1) gerpes; 2) leyshmaniya; 3) parpi; 4) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 5) qoqshol qo‘zg‘atuvchisi; 6) zang zamburug‘i.
A) a - 2, 6; b - 1, 5 B) a - 2, 5; b - 3, 4
C) a - 2, 6; b - 4, 5 D) a - 1, 2; b - 3, 5

22. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Qizil lolaning tuxum hujayrasi ... (a), bronza qo‘ng‘izining urug‘ hujayrasi ... (b) hosil bo‘ladi.


A)a - sporofillda; b - bir juft urug‘donda
B)a - murtak xaltada; b - bir juft urug‘donda
C)a - chang donasida; b - bir juft tuxumdonda
D)a - sorusda; b - murtak xaltada

23. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining glikoliz bosqichida ... kuzatilmaydi.


1) glukozaning fermentlar ishtirokida kislorod ishtirokisiz parchalanishi; 2) ATFda to‘plangan energiyaning issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiyadan ko‘p bo‘lishi;
3) glikogendan glukozaning hosil bo‘lishi;
4) glukozadan sut kislotasining hosil bo‘lishi.
A) 1, 2 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3

24. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotiddan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10%ni tashkil etsa, DNK qo‘sh zanjiridagi dezoksiriboza


qoldig‘ining sonini (a), adenin va timin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini (b) aniqlang.
A) a - 442; b - 1170 B) a - 221; b - 1560
C) a - 442; b - 780 D) a - 2100; b - 420

25. Ko‘k kit (a), ko‘k sug‘ur (b), ko‘rgalak (c) uchun xos bo‘lgan ta’riflarni aniqlang.


A)a - dumi va oldingi suzgichlari yordamida
suzadi; b - qoziq tishlari hayoti mobaynida o‘sib turadi;
c - kuchli rivojlangan miya yarimsharlarida burmalar ko‘p bo‘ladi
B)a - tishlari bo‘lmaydi; b - qoziq va kurak tishlariga ega;
c - kloakaga ega
C)a - bo‘yin umurtqasi 7 ta; b - qoziq tishlari bo‘lmaydi;
c - kloakaga ega
D)a - batamom suvda yashashga o‘tgan sutemizuvchi bo‘lib, kurak oyoqlilar turkumiga kiradi; b - kurak tishlarining orqa tomonida emal bo‘lmaydi; c - havo pufaklari ichki organlar orasida joylashgan

26. Evolutsiya natijasida organik olamda maskirovka (a), himoya rangi (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.


1) chupchik hasharoti rangi va shakli ingichka novdani eslatadi; 2) ildam kaltakesak qum rangida bo‘ladi;
3) kuropatka yozda bir qishda boshqa rangda bo‘ladi;
4) qovog‘ari tana rangi ko‘zga yaqqol tashlanadi;
5) kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi.
A) a - 1; b - 2 B) a - 2; b – 4 C) a - 4; b - 5 D) a - 3; b - 5

27. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Proprioretseptorlar . . . .


A)bodomsimon bezda joylashgan retseptorlar
B)aorta devorida joylashgan retseptorlar
C)oshqozon shilliq pardasida joylashgan retseptorlar
D)yelkaning ikki boshli muskuli paylarida joylashgan retseptorlar

28. Otasi daltonizm bo‘yicha sog‘, onasi esa daltonizm bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli metafazasida d (I), D (II) allellari sonini aniqlang.


A) I-1; II-0 B) I-0; II-1 C) I-2; II-2 D) I-2; II-0

29. 1) Aabb, 2) aaBB genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A)1-xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi, burishgan doni;
2-xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli
B)1-xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi, yashil doni;
2-xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli
C)1-xoldor to‘ti patining yashil rangi; 2-xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli
D)1-xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi, sariq doni; 2-xoldor to‘ti patining yashil rangi

30. 7 g oqsil O2 yordamida oksidlanganda qancha kkal (a) va kJ (b) energiya hosil bo‘ladi?


A) a-65,1; b-272,3 B) a-28,7; b-123,2
C) a-272,3; b-65,1 D) a-123,2; b-28,7



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling