Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
3-VARIANT
1. Quyidagilardan meyozning bosqichlariga mos keladigan xromosomalar to‘plami to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. a) bir DNKli xromosomalarning diploid to‘plami; b) bir DNKli xromosomalarning gaploid to‘plami; c) ikki DNKli xromosomalarning diploid to‘plami; d) bir DNKli xromosomalarning tetraploid to‘plami; e) ikki DNKli xromosomalarning gaploid to‘plami. A)a - interfaza G1 davri; c - metafaza II; c - anafaza I; e - telofaza II B)c - interfaza G1 davri; c - metafaza I; c - anafaza II; e - telofaza I C)b - interfaza S davri; c - metafaza I; d - anafaza I; e - telofaza I D)c - interfaza G2 davri; c - metafaza I; c - anafaza I; b - telofaza II 2. Epiteliy to‘qimasi uchun to‘g‘ri berilgan fikrni aniqlang. A)bilak suyagining yuzasini qoplab turadi B)ichakning ichki yuzasi kubsimon va yassi epiteliydan iborat C)teri epiteliysi murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlanadi D)rombsimon muskulning tashqi yuzasini qoplab turadi 3. Qizil korall polipining jinsiy (a) va jinssiz (b) ko‘payish ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) zigota; 2) kurtaklarning paydo bo‘lishi; 3) lichinka; 4) ona organizmidan ajralishi; 5) jinsiy hujayralarning yetilishi; 6) paypaslagichlar, og‘iz teshigi paydo bo‘lishi; 7) yosh polip; 8) urug‘lanishning sodir bo‘lishi. A)a - 3, 5, 8, 1, 7; b - 2, 6, 4, 7 B)a - 5, 8, 1, 7; b - 2, 6, 3, 7 C)a - 2, 5, 8, 1; b - 2, 7, 6 D)a - 5, 8, 1; b - 2, 6, 7 4. Berilgan organizmlardan birinchi tartibli konsumentlar (birinchi darajali konsumentlar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) sakkizoyoq; 2) so‘na; 3) suluv ninachi; 4) sariq ilon; 5) karam kapalagi qurti; 6) kaptar; 7) jayron; 8) jirafa; 9) qirg‘iy; 10) zubr; 11) boyo‘g‘li; 12) bo‘ka; 13) bug‘u; 14) qutb meduzasi; 15) qum bo‘g‘ma iloni; 16) qora kalxat; 17) mita. A) 5, 6, 7, 8, 10 B) 2, 6, 7, 14, 17 C) 3, 9, 11, 13, 16 D) 1, 4, 9, 12, 15 5. Quyida keltirilgan hayvonlar nerv sistemasi murakkablashib borishi tartibida to‘g‘ri joylashtirilgan javobni toping. 1) ko‘l baqasi; 2) beluga; 3) sariq ilon; 4) norka; 5) gepard; 6) triton; 7) kasatka. A) 4, 3, 1, 2 B) 7, 6, 3, 5 C) 4, 1, 3, 6 D) 2, 1, 3, 5 6. Piyozdoshlarga xos xususiyatlarni aniqlang. A)unayotgan o‘simlikda urug‘pallabargi yer ostida qoladi, gulqo‘rg‘oni murakkab bo‘ladi B)gulqo‘rg‘oni oddiy, o‘q ildizi rivojlangan bo‘ladi C)barg yaprog‘i parallel yoki yoysimon tomirlangan, gulqo‘rg‘oni oddiy bo‘ladi D)asosiy ildiz tezda nobud bo‘ladi, unayotgan o‘simlik tuproqdan ikkita urug‘pallabarg bilan chiqadi 7. Odamda murtak varaqasining ektodermasidan rivojlanuvchi tuzulmalarni aniqlang. 1) uzunchoq miya; 2) ichak epiteliysi; 3) terining epidermis qavati; 4) o‘mrov osti muskuli; 5) kolbachasimon va tayoqchasimon retseptorlar; 6) o‘pka arteriyasi; 7) o‘ng va chap o‘pka; 8) jabra. A) 1, 3 B) 5, 8 C) 2, 4 D) 6, 7 8. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Zog‘ora baliq dengiz tulkisidan farq qilib ... . A)jabra orqali nafas oladi B)yuragi ikki kamerali C)qon aylanish sistemasi yopiq D)skeleti suyakdan iborat 9. Retsessiv holda irsiylanadigan belgini aniqlang. A)sochning to‘g‘ri bo‘lmasligi B)terida melanin pigmentining normal sintezlanishi C)barmoqlar sonining normal bo‘lishi D)qonning normal ivishi 10. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odam yuragi chap qorinchasidan qon ... . A)yarim oysimon klapan orqali o‘tadi va organlarni kislorod bilan ta’minlaydi B)aorta tomiriga chiqadi va o‘pkalarga venoz qon olib boradi C)uch tavaqali klapan orqali arteriya tomiriga chiqadi D)katta qon aylanish doirasi orqali o‘pkalarga venoz qon olib boradi 11. Odamda ayirish sistemasi organlari ishini boshqaruvchi tizimlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) antidiuretik gormon; b) tiroksin; c) simpatik nerv sistemasi; d) parasimpatik nerv sistemasi; 1) siydik qopi muskullarini bo‘shashtiradi; 2) siydik qopi muskullarini qisqartiradi; 3) siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi; 4) kalavasimon kanalchalarga ta’sir ko‘rsatadi; 5) reabsorbsiyani susaytiradi; 6) reabsorbsiyani kuchaytiradi; 7) siydik ajralishni ko‘paytiradi; 8) siydik ajralishni kamaytiradi. A)a - 3, 5; b - 6; c - 1, 8; d - 2, 7 B)a - 5; b - 3, 6; c - 4, 8; d - 2, 7 C)a - 6; b - 5; c - 2, 7; d - 1, 8 D)a - 6; b - 5; c - 1, 8; d - 2, 7 12. Nostok hujayrasida sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang. 1) fermentlar yordamida DNK reduplikatsiyasi; 2) yadroda transkripsiyaning amalga oshishi; 3) silliq endoplazmatik to‘rda yog‘ sintezi; 4) genetik kod asosida oqsil biosintezining amalga oshishi; 5) fotosintez jarayonining kechishi; 6) sitoskelet elementlari yordamida hujayra ichki tuzilmalari harakati. A) 1, 5 B) 4, 6 C) 3, 5 D) 3, 6 13. Biologik jarayon va hodisalarni ular o‘rganadigan fan bilan mos holda juftlangan javobni aniqlang. 1) silliq endoplazmatik to‘rdagi metabolism jarayoni; 2) ko‘k kaptar embrionida jabra yoriqlarining bo‘lishi. A)1 - lixenologiya; 2 - paleontologiya B)1 - sitologiya; 2 - embriologiya C)1 - morfologiya; 2 - paleobotanika D)1 - briologiya; 2 - lixenologiya; 14. Exinokokk (a), qoramol tasmasimon chuvalchangi (b), jigar qurti (c) ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) lichinkalik davrida ham ko‘payadi; 2) oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi; 3) qoramollar uning oraliq xo‘jayini hisoblanadi; 4) oraliq xo‘jayinga ega emas; 5) hazm qilish organlari rivojlanmagan; 6) it va boshqa yirtqich hayvonlar uning asosiy xo‘jayini hisoblanadi; 7) urg‘ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan iborat. A)a - 1, 4; b - 3; c – 7 B)a - 2, 7; b - 6; c - 3 C)a - 1, 5; b - 4; c – 3 D)a - 2, 6; b - 5; c - 1 15. Energiya almashinuv jarayonida 6,5 molekula glukoza to‘liq parchalangan bo‘lsa, glikolizda ajralgan energiya miqdorini (a) va aerob bosqichda ajralgan karbonat angidrid (CO2) molekulalari sonini (b) aniqlang. A) a - 780 kJ; b - 39 B) a - 1300 kJ; b - 39 C) a - 1300 kJ; b - 234 D) a - 520 kJ; b - 247 16. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (a) va gomozigota no‘xatsimon tojli (b) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa, yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. AB tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib, 180ta jo‘ja olindi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang. a) avlodda olingan jo‘jalarning genotiplari; b) avlodda olingan gulsimon tojli jo‘jalarning soni A)a - AABB, AABb, AaBb, aaBB, Aabb; b - 60ta B)a - AABB, AaBB, AABb, AaBb, AAbb, Aabb, aaBb, aabb; b - 40ta C)a - AaBb, AAbb, Aabb, aaBb, aabb, aaBB; b - 60ta D)a - AABB, AaBB, AABb, AAbb, aaBb, aabb; b - 80ta 17. Organizmlar evolutsiyasida idioadaptatsiya (a),umumiy degeneratsiya (b) yo‘nalishlari uchun mos misollar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) qayrag‘och mevasining qanotchalari yordamida tarqalishi; 2) sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining kelib chiqishi; 3) voyaga yetgan assidiyada xorda va nerv sistemasining asosiy qismini yo‘qolishi; 4) zarpechakda ildiz va bargning bo‘lmasligi; 5) ildam kaltakesakning qum rangida bo‘lishi. A) a - 2; b - 4 B) a - 2; b – 3 C) a - 1; b - 3 D) a - 1; b - 5 18. Antropogen omil ta’sirini aniqlang. A)bug‘doyning yangi navini yaratish B)o‘simlikni chigirtkalar tomonidan yeb bitirilishi C)saksovul o‘simligining qurg‘oqchilik sharoitga moslashish natijasida barglarining qipiqsimon bo‘lishi D)sovuqda daraxt barglarining to‘kilishi 19. Qaldirg‘ochning orqa tomoni ko‘kimtir rangda bo‘lishi (A) qizg‘ish bo‘lishi (a) ustidan dominantlik qiladi. Lekin bu belgilar genotipda B geni bo‘lmasa yuzaga chiqa olmaydi, natijada qoramtir rang paydo bo‘ladi. Digeterozigota qaldirg‘ochlar o‘zaro chatishtirilganda, olingan avlodlarning fenotipik nisbati to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) 13:3 B) 9:3:3:1 C) 9:7 D) 9:3:4 20. O‘simliklarning anteridiysi (a) va arxegoniysi (b) uchun mos keluvchi ma’lumotlar berilgan javobni aniqlang. A)a - archaning urug‘kurtagida hosil bo‘ladi; b - qarag‘ayda erkaklik jinsiy a’zosi hisoblanadi B)a - yo‘sinda tuxum hujayra hosil qiladi; b - zuhrasochning gametofitida rivojlanadi C)a - sharq saurida tuxum hujayra hosil qiladi; b - dala qirqbo‘g‘imining erkaklik o‘simtasida yetiladi D)a - dala qirqbo‘g‘imida spermatozoid hosil qiladi; b - dala qirqbo‘g‘imining urg‘ochilik o‘simtasida yetiladi 21. Mikroevolutsiya (a) va makroevolutsiya (b) ni ifoda etuvchi evolutsion o‘zgarishlarni aniqlang. 1) moviy ninachining paydo bo‘lishi; 2) yirtqichlar turkumining paydo bo‘lishi; 3) populatsiya genofondining o‘zgarishi; 4) kavkaz qirg‘ovul kenja turining paydo bo‘lishi; 5) aromorfoz yo‘nalishidagi evolutsion o‘zgarish; 6) ra’nodoshlar oilasining kelib chiqishi. A) a - 2, 6; b - 1, 4 B) a - 2, 5; b - 1, 3 C) a - 1, 3; b - 2, 6 D) a - 5, 6; b - 3, 4 22. Nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklarga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gigrofitlar deb ataladi; 2) gidrofitlar deb ataladi; 3) ularga elodeya, nilufar misol bo‘ladi; 4) ularga qo‘g‘a, qamish, ro‘vak o‘simliklari misol bo‘la oladi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 3 23. Fenotipik o‘zgaruvchanlik berilgan javobni aniqlang. 1) kalta oyoqli qo‘ylarning paydo bo‘lishi; 2) bedaning suv yetarli joyda baland, suv kam joyda past bo‘yli bo‘lib o‘sishi; 3) poyaning uchi chilpingandan so‘ng yon novdalarning ko‘plab o‘sib chiqishi; 4) bug‘doyning 42 xromosomali turining paydo bo‘lishi. A) 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 1, 2 24. Evolutsiya natijasida organik olamda muhit sharoitiga ogohlantiruvchi rang (a), himoya rangi (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) gornostay yozda bir qishda boshqa rangda bo‘ladi; 2) kallima kapalagi qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi; 3) qovog‘ari tana rangi ko‘zga yaqqol tashlanadi; 4) xonqizi qo‘ng‘izi tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanadi; 5) kvaksha baqasining tanasi yashil rangda bo‘ladi. A) a - 4; b - 1 B) a - 5; b – 2 C) a - 2; b - 4 D) a - 1; b - 4 25. Avtotrof organizmlarni aniqlang. A) nitrifikator bakteriya, yapon laminariyasi B) kabarga, xlorella C) suvyig‘ar, tripanosoma D) riniya, keta 26. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar ATG TGA GGT ACA CGT GGT GAT TCA ketma-ketlikda joylashgan bo‘lsa, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini aniqlang. A)A - 11, T - 11, C - 13, G - 13 B)T - 6, A - 7, C - 4, G - 7 C)A - 13, C - 11, T - 13, G - 11 D)A - 7, T - 4, C - 6, G - 7 27. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichida ... kuzatilmaydi. 1) glukozadan sut kislotasining hosil bo‘lishi; 2) uglevodlar, oqsillarning fermentlar ishtirokida parchalanishi; 3) glikogendan glukozaning hosil bo‘lishi; 4) bir molekula glukozaning parchalanishi va unda to‘plangan 2800 kJ energiyaning ajralishi. A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 3, 4 28. Peridermaning epidermadan farqli jihatlarini aniqlang. 1) daraxtlarning tanasini hosil qiladi; 2) hujayralari o‘lik; 3) ikkilamchi qoplovchi to‘qima; 4) suberinga ega; 5) mum bilan qoplangan; 6) bir qavat shaffof hujayradan iborat. A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 2, 4, 6 29. Gulli bir yillik o‘t o‘simliklar berilgan qatorni aniqlang. A)yeryong‘oq, suv qirqquloq, qo‘ytikan B)baqlajon, garmdori, nitella C)jag‘-jag‘, qora ituzum, ulva D)rayhon, zubturum, kungaboqar 30. Quyidagi organizmlarga xos bo‘lgan tushunchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. a) funariya; b) dala qirqbo‘g‘imi; c) sharq sauri; d) sachratqi; e) zuhrasoch; 1) sporofill; 2) poya; 3) barg; 4) ildiz tizimi; 5) urug‘kurtak; 6) arxegoniy; 7) murtak xalta; 8) chang donasi; 9) o‘tkazuvchi nay; 10) sorus. A) a - 2; b - 6; c - 8; d - 9; e - 4 B) a - 8; b - 3; c - 9; d - 7; e - 2 C) a - 2; b - 7; c - 4; d - 5; e - 1 D) a - 2; b - 5; c - 3; d - 6; e – 10 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling