Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi III kurs 304-guruh talabasi nishonova maftunaning biologiya o’qitish texnologiyalari va loyihalash fanidan


Ishingizning ta’sirchanligini oshiring


Download 160.9 Kb.
bet6/12
Sana08.06.2023
Hajmi160.9 Kb.
#1463374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
nishonova maftuna

Ishingizning ta’sirchanligini oshiring. Qiyin va uncha o`ziga jalb etmaydigan o`quv faoliyatini qanday qilib o`quvchilar uchun qiziqarli va istalgan mashg`ulotga aylantirish mumkinligi to`g`risida novator-pedagoglarda juda qiziqarli g`oyalar mavjud. Oila tarbiyasi to`g`risidagi qo`llanmada berilgan bir materialdan namuna keltiramiz.Chunki bu misol qanday qilib bola uchun bajarish uncha yoqimli bo`lmagan ishga uni stimullashtirish mumkinligini ko`rsatadi.
Idish-tovoqlarni yuvish qiziqarli va obro`li ish deb kim ayta oladi? Ammo shunday kishilar ham borki, ular uchun idish-tovoq yuvish shunchaki qiziqarli emas, balki sevimli mashg`ulot bo`lib hisoblanadi. Bunday munosabat qanday qilib paydo bo`lishi va shakllanishi mumkin degan savolga yoshi kattaroq bir ayol shunday javob beradi: “Men hali yoshgina bola bo`lgan vaqtimda onam agar aqlli qiz bo`lsam, menga idish-tovoqni yuvishga ruxsat berishini aytar edi. Bunday mukofotni qo`lga kiritish uchun men o`zimni yaxshi tutishga harakat qilar edim”.Bu o`rinda mukofot sifatida taqdim etilgan idish-tovoq yuvish ishi, haqiqatdan ham, kichkina qizaloq tomonidan mukofot sifatida qabul qilingan.Axir, aslida “mukofot” sanalmaydigan narsa bilan mukofotlashmaydi-ku?
Ishingizning qiziqarli bo`lishida o`quvchilarning xatosi ham, aniqrog`i sizning xatolarga munosabatingiz ham yordam berishi mumkin. O`quvchilarning xatolaridan maksimal darajadagi stimulni toping: “Ajoyib xato!”, “Haqiqatga olib boruvchi xato”, “Rahmat, sening fikring unchalik to`g`ri bo`lmasa ham, u mulohaza yuritishga undaydi”, O`quvchi kuzatishlarining aniqligi va nozik tomonlarini har jihatdan ta’kidlang: “Men ham senday bo`lganimda, shunday deb o`ylar edim...”, “Avvallari men o`ylardimki, ...”. Shunday qilingki, siz bolalarni undagan narsa u qadar qiyin emasligiga ular ishonch hosil qilsinlar. “Rahmat sizga bolalar, siz bugun menga katta yordam berdingiz”,- deb darsdan so`ng o`zining 6 yoshli o`quvchilariga minnatdorchilik izhor etadi, Sh.A.Amonashvilli.

Napoleon shunday ta’kidlagan edi.SHu tariqa ish yuritib, u o`z soldatlarini turli xil unvonlar bilan taqdirlashda o`ta saxovatli edi.Aytishlaricha, Napoleon armiyasidagi barcha askarlarning ismini yoddan bilar ekan. Ofitserlar haqida gapirmasa ham bo`ladi. Bu o`rinda bir emas, ikkita “o`yinchoq” amaliyotda qo`llangan: biri - unvon bo`lsa, ikkinchisi – ismlarni yoddan bilish. Shunday qaraganda bu arzimas narsalar hech qanday ahamiyatga ega emasdek tuyuladi, ammo qanaqa samara berganini aytmaysizmi? “Kichkina insoniy zaifliklar” to`liq ekspluatatsiya qilinar edi: nazarga tushish, qadrlanish, bu shon-sharafni isbotlab turadigan nishonlarni taqish hammaga ham xush yoqadi. Buning ustiga agar armiya qo`mondoni sening ismingni bilsa va o`z isming bilan senga murojaat qilsa, ikki marotaba yoqimli.


“Odamlar bilan quriladigan munosabatlarda,- deb yozadi D.Karnegi,- shuni unutmangki, siz mantiqiy mushohada yuritadigan mavjudot bilan emas, balki hissiyotga berilgan, o`tmish sarqitlari bilan to`lgan, o`z xatti-xarakatlarida kibr va manmanlikka berilgan mavjudot bilan muloqotda bo`lasiz”. Pedagoglar aynan shunday kamchiliklardan yosh bolalar ham aziyat chekishlarini bilishlari kerak.Katta kishida odatga aylanib qolgan barcha salbi y xususiyatlar eng avval bolada shakllangan. SHuning uchun ham bolani qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qiling, sarobning ketidan quvmang, o`zingiz istagan narsaga emas, haqiqiy mavjud narsaga tayaning. O`quvchi xulq-atvorini majburan o`zgartirishga emas, balki uni tushunishga o`rganing. O`z-o`zimizga: Nega u shunday qilyapti? Muayyan holatlarda u qanday yo`l tutadi?Nega u boshqacha yo`l tuta olmaydi?kabi savolarni berib, ularga javob izlab ko`rsak, bu ularni tergab, niqtab turgandan ko`ra qiziqarliroq bo`ladi hamda bizda hamdardlik ko`rsata olish, sabr-toqatli bo`lish, oq ko`ngillik tuyg`ulari paydo bo`ladi.
Ongimizda mavjud bo`lgan “yashirin prujinalar” haqida bilib olsak, ularga ta’sir o`tkazib, kishini faol, kuchga to`lgan va harakat qilishga ishtiyoqi baland bo`lgan holatga keltirish mumkin. Avvalo, insonning tabiatan ko`pqirrali ekanligini hisobga olgan holda har doim ham bitta kuchli stimuldan ko`ra, bir nechta kuchsiz stimullarni qo`llagan afzalroq. Shunday yo`l tutganda ulardan birontasi, albatta ish beradi.Agar bitta kuchli stimulni qo`llab, unga hamma narsani tiksak, u nishonga tegmasligi mumkin. Shunday uncha kuchli bo`lmagan stimullar quyidagilar:
Tashxis va tashxislashning o`zaro farqini ajratmoqchi bo`lsak, diagnostika bu umumiy yonlashuv bo`lsa, tashhislash bu pedagogik faoliyatning amaliy jarayoni ekanligini anglashimiz lozim bo`ladi. Demak, diagnostika – bu didaktik jarayonlar kechishining barcha shart-sharoitlarini oydinlashtirish va uning natijalarini xatosiz aniqlash demakdir. Tashxislovchi tahlillarsiz didaktik jarayonlar kechishining yuqori samaradorligiga erishib bo`lmaydi.
Tashxislash ikki yo`nalishda olib boriladi: 1) o`zlashtirganlik, ya’ni oqibatlar va erishilgan natijalarni tashhislash; 2) bilish imkoniyatlarini tashhislash. O`zlashtirganlik, shuningdek, tashhislash jarayonida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o`quv jarayonini, uning samaradorligi bilan bog`liq holda, tahlil qilish, baholash va o`z vaqtida aniqlashdir.
Ko`rib turibmizki, o`quvchilar bilim va ko`nikmalarini an’anaviy baholashdan ko`ra diagnostika qilishning mohiyati kengroq. Bilim-malakalarni tekshirish shunchaki natijalarni ko`rsatadi, xolos, ularning kelib chiqish sabablarini ko`rsatmaydi. Tashxislash natijalarni unga erishish yo`llari va vositalari bilan bog`liq holda ko`rib chiqadi, ta’lim mahsuli shakllanishining kechishi va dinamikasini aniqlaydi. Tashxislash o`zida nazorat, tekshirish, baholash, jarayonning kechishi va dinamikasini aniqlash hamda keyingi voqealar rivojini prognoz qilish kabilarni mujassamlashtiradi. Tashxislashda o`quvchilar bilimini nazorat qilish, baholash ushbu jarayonning muhim tarkibiy qism sifatida amalga oshiriladi.Bu pedagogik texnologiyalarning juda qadimiy komponentlari sanaladi. Nazorat va baholash insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichida paydo bo`lganligi sababli maktablarning yo`ldoshi sifatida uning butun rivojlanish jarayonida hamrohlik qilib kelmoqda. Shunga qaramay hozirgacha bilimlarni baholashning mohiyati va uning texnologiyasi haqida qizg`in bahslar davom etmoqda. Yuz oldin bo`lgani singari hazir ham olimlar baho nimani ko`rsatishi kerak: ta’lim sifatining indikatori bo`lishi kerakmi yoki, aksincha, muayyan ta’lim tizimi kamchiliklari yoki yutuqlarini belgilab beradigan ko`rsatgich bo`lishi kerakmi, degan savollar ustida tortishuvlar olib boryaptilar. Hatto Ya.A.Komenskiy o`zi yashagan davrda maktab bahosining ziddiyatli xususiyatlarini ta’kidlab, o`z hamkasblariga ularga berilgan baholash huquqidan oqilona va taroziga solib ko`rib foydalanishlarini maslahat beradi. Bilimlarni nazorat qilishdagi xolislikni pedagoglarni o`z o`quvchilariga nisbatan insonparvar munosabati bilan bog`langan holda amalga oshirish talab barcha didaktik tizimlarga singdirilgan.
K.D.Ushinskiy ham o`zi yashagan davridagi nazorat shakllarni qattiq tanqid qiladi. Ularga ta’rif berar ekan, eng avvalo bu nazorat turlarining o`quvchilar aqliy faoliyatiga bosim o`tkazuvchilik va uni tormozlab qo`yish xususiyatini qoralaydi. Odatda, o`qituvchi bir yoki bir nechta o`quvchidan so`raydi, qolganlari esa bu vaqtda bo`sh qolishadi. Ular vaqtlarini behudaga ketkazib, hayajon bilan o`z navbatlarini kutib turish jarayonida kuchlarini yo`qotishadi. Tabiiyki, bunday sharoitda o`quvchi qiziquvchanlik va tashabbuskorlikni namoyon etish imkoniga ega bo`lmaydi.
Yangi demokratik maktabda soxta nazorat bo`lmasligi kerak. Didaktik nazorat o`ziga xos ta’lim metodi sifatida yorqin ifodalangan ta’limiy va rivojlantiruvchi yo`nalishga ega bo`lishi, o`z-o`zini nazorat qilish bilan birlashtirilishi va eng avvvalo o`quvchining o`zi uchun zarur va foydali bo`lishi kerak.
Maktab nazoratiga yangicha yondashuv borasida o`tmishda amalga oshirilgan barcha urinishlar samarasiz bo`lib qoldi. Chunki ular faqat bir masala – maktablarda baho va nazoratni qoldirish yoki nazoratdan voz kechish muammosi yuzasidan olib borilgan edi. 1918 yilning may oyida Xalq Komssariyati tomonidan “Bahoni bekor qilish to`g`risida”gi qaror qabul qilinib, baho bilan birgalikda imtihonlar ham bekor qlingan, o`quvchilar o`zlashtirishini nazorat qilish va hisobga olishning ancha sodda ko`rinishlari joriy etilgan edi. Shu maqsadga hisobga olib borishda alohida daftarlar yuritilib, a’lochi va bilimi past o`quvchilarning ismi-familiyasi “qizil” va “qora” doskalarga yozib qo`yilar edi, shuningdek, “sotsialistik musobaqa” va shu kabilar joriy etilgan edi. Ammo baholarsiz (deyarli nazoratsiz) ta’lim hech qanday natija bermadi va bera olmas ham edi. Ma’lum bo`ldiki, “bilimlarni o`zlashtirishning quvonchlik istiqboli”, shuningdek, “tabiatan insonga berilgan biliga intilish xususiyati” ham o`quvchining o`quv-biluv faoliyatida asosiy stimul vazifasini bajara olmaydi.
Maktab hayotini demokratlashtirish bilim va ko`nikmalarni nazorat qilish va baholashdan emas, balki baho yordamida o`quvchini o`qishga rag`batlantirishning mashaqqatli shaklidan voz kechishni talab qiladi. O`quvchi o`quv-biluv faoliyatini stimullashtirishning yangi usullarini qidirish, ta’lim va tarbiya jarayonida kuchayib borayotgan shaxsiy manfaatdorlik printsipi boshqacha yondashuvlarni talab etadi. Tashhislash tizimida baho o`quv-biluv faoliyatini stimullashtirish vositasi sifatida yangicha mazmun kasb etadi.Eng avvalo, tashhislash natijalari, unda baho tahlili (ballar) mavjudligi sababli shaxsning o`z imkoniyatlarini anglashiga yordam beradi. Bu esa o`zaro raqobatchilik jamiyati sharoitida muhim rag`batlantiruvchi omil bo`lib hisoblanadi. Ta’limning ixtiyoriylik printsipi bilan muvofiqlashtirilgan holda baho, o`tmishda o`quvchilar yoqtirmaydigan, ularni majburlaydigan narsa bo`lgan bo`lsa, endilikda o`quvchi shaxsiy reytingini belgilaydigan, taraqqiy etgan jamiyatda insonning ahamiyati, qadr-qimmatini belgilaydigan vositaga aylanadi.
O`quvchilar o`zlashtirishini tashxislash va nazorat qilishning muhim printsiplari - ob’ektivlik, tizimlilik va ochiqlik bo`lib hisoblanadi.

Download 160.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling