Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari virtual laboratoriyalarni yaratish mavzular ro‘yxati
-8-Laboratoriya mashg'uloti: "Genetikadan masala va mashqlar yechish"
Download 26.1 Kb.
|
Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari -fayllar.org
7-8-Laboratoriya mashg'uloti: "Genetikadan masala va mashqlar yechish"
Genetikadan masala yechish yoki bajarish nazariy bilimlar qay darajada o'zlastirilganligiga uzviy bo'g'Iiqdir. Agar o'quvchi genetikadan zarur nazariy bilimga ega bo'lmasa, masala yoki mashqlarni mustaqil ravishda yecha olmaydi. Shunga ko'ra, o'qituvchining masala, mashq yechishni o'rgatishi ularga puxta va atroflicha bilim berishdan boshlanishi kerak. Dastur (alablariga mos bilimlarni o'quvchilar puxta o'zlashtirishlari uchun har bir mavzu o'tilayotganda o'qituvchi jadval, diafilm yoki kinofilmlami ko'rsatish orqali tayyor bilim bermasdan, balki o'quv mate-rialini qismlarga (fragmentlarga) ajratgan holda, ularning faolligini oshirish kerak. Ya'ni muammoli savollar berish, dialog usulda dars o'tish, doskadan keng foydalanish, ma-salan, ota-ona va duragaylar turii tog* interning genotipini va fenotipiti yozish, mono-, di-, poliduragaylardan gametalar olish, duragaylar orasidagi xilma-xillikni doskada tahlil qilish yoki genlarning o'zaro ta'sir mexanizmini yozib tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Mustaqil yechish uchun masalalar. 1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy loj resessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli ho'rozlar bilan chatishtirifdi. F, duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo'ladi? A) Agar F, o'zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin? B) F, oddiy tojli ho'rozlar bilan qayta chatishtirilsachi? 2. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B), qisqaligi resessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fcnotipli organizmlar olinadi? BbxBb; BBxbb; BbxBB. 3. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlar qizil rangga ega edi, iekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo'ladi. Ota-onaning va F, duragaylarning geno-tipini aniqlang. 4. Odamda qo'yko'/lik dominant, ko'kko'zlik resessiv belgi. Nikohlangan yigit va qizning bin qo'yko'z, ikkinchisi esa ko'kko'z bo'lsa, ular farzandlarining ko'zi qanday bo'ladi? 5. G'o'zaning och antosianli gulli o'simliklari o'zaro chatishtirilishida 680 ta o'simlik olindi. Shundan 340 tasi och antosian rangi. Qolgan o'simliklarning qanchasi yashil rangli bo4!gan? 6. Kulrang andaluz tovuqlari o'zaro chatishtirilganda, naslda qora, oq va kulrang path formalar hosil boMdi: a) bu hodisani qanday tushunish mumkin? b) agar kulrang tovuqlar qora path ho'rozlar bilan chatishtirilsa, qanday natija chiqishi mumkin? 7. Makkajo'xorining so'tasi 20 va 8 sm. Dominant gen 5 sm, resessiv gen 2 sm uzunlikni namoyon etsa, u holda: a) F, da sovtaning uzunligi qancha bo'ladi? b) 3 ta dominant genii formalar F2 dagi 960 ta o'simlikdan nccha qismini tashkil etadi? 8. Quyonlarning Baron zotining quloq suprasi uzunligi 28 sm, boshqa zotniki 12 sm ga teng. Quyonlarning Baron zotining genotipi D,D,D2D2 ikkinchi zotniki d,d,d2d2 bo'lsa, ularni o'zaro chatishtirish natijasida F, duragaylarning quloq suprasi necha sm bo'ladi? Agar F, duragay quyonlarning urg'ochi va erkagi o'zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutilishi mumkin. 9. Pomidor mevasining yumaloq shakli (A), noksimon shakli (a), qizil rangi(B), sariq rangi (b) bo'lsa u hoida quyidagi genotipga organizmlar mevasining shakli va rangini aniqlang: a) aaBb; b)AaBb; d) AaBB; e)aaBB; 0 AABB; g) AaBB; h) aabb. 10. No'xatning uzun poyali, oq gultojibargli formasi kaita poyali, qizil gultojibargli formasi bilan chatishtirilgan, F, da 120ta uzun poyali, qizil gultojibargli, F2 da 720 ta o'simlik hosil bo'ladi. a) F, necha xil genotipga ega bo'ladi? b) F, necha \il gameta liosil qiladi? d) F2 dagi o'simlikning nechtasi uzun poyali, qizil gultojibargli bo'ladi? e) F, dagi o'simliklarning nechtasi uzun poyali, oq gultojibargli bo'lai? 11. Qovoq mevasining oq rangi — W, sariq rangi — Y, yashil rangi — у gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagicha gcnotipga cga qovoqlar chatishtirilsa, ulaming fenotipi qanday bo'ladi? a) wwYy x wwYy; e) WWYy x wwyy; b) WwYy x Wwyy; 0 Wwyy x WwYY; d) WwYY x Wwyy; g) WwYy x wwyy. 12. Ikkita sariq rangli qovoq chatishtirilgan. 3:lnisbatda sariq va yashil qovoqlar hosil bo'lgan. Chatishtirishda ishtirok etgan qovoqlarning genotipini aniqlang. 13. Xushbo'y no'xat o'simligi gultojibarglarning qizil bo'lishi dominant gen ta'sirida ro'y bcradi. Digeterozigota qizil gulli xushbo'y no'xat ikki noallcl gen bo'yicha gomozigota bo'lgan oq gulli resessiv xushbo'y no'xat bilan chatishtirilgan. Hosil bo'lgan F, ning genotipi va fenotipini aniqlang. 14. Genotipi har xil bo'lgan oq pillali ikkita ipak qurtining kapalaklari chatishtirilgan. F, da duragaylar sariq pilla hosil qiigan. Ularning urg'ochi va erkak kapalaklari o'zaro chatishtirilganda F2 da ikki xil fenotipik sinf 9/7 nisbatda sariq va oq pillali ipak qurtlari hosil bo'lgan. F2 duragay tut ipak qurti kapa-laklarning genotipini aniqlang. Download 26.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling