Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari virtual laboratoriyalarni yaratish mavzular ro‘yxati. 1-laboratoriya mashg‘uloti: «Gulli o‘simliklarning organlari bilan tanishish»
Nizomiy nomidagi TDPU Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi U.E.Raxmatov
Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari - virtual laboratoriyalarni yaratish mavzular ro‘yxati.
1-laboratoriya mashg‘uloti: «Gulli o‘simliklarning organlari bilan tanishish».
Bu mavzuda gulli o‘simliklarning organlari: ildiz, poya, barg, guli bilan tanishtiriladi. Buning uchun kompyuterga gulli o‘simliklar rasmlari kiritiladi. Rasmda tasvirlangan o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi, guli to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Tasvirlangan rasmlar tagiga ildiz, poya, barg, gul so‘zlari yozilib, shu so‘zlarga kursor olib borilib bosilganda ildiz, poya, barg, gul tuzilishlari ekranda namoyon bo‘lishi kerak. O‘simlik organlarini o‘rganishda qo‘l lupasidan foydalaniladi.
Botanika 5-sinf
2-laboratoriya mashg‘uloti: «Mikroskonning tuzilishi bilan tanishish».
Biologiyadan laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan o‘simlik va hayvon organlari, to‘qima ho‘jayralarning morfologiyasini, mikroorganizmlarning tuzilishini o‘rganishda optik asbob - mikroskopdan foydalaniladi.
Kompyuter ekraniga mikroskopning rasmi joylashtiriladi. Rasm tagiga mikroskop qismlari: obyektiv, okulyar, tubus, shtativ, makrovint, mikrovint, buyum stolchasi, ko‘zgu, kondensor so‘zlari yoziladi.
Kursorni yozilgan har bir so‘z ustiga olib borib bosilganda mikroskopning shu qismi ekranda namoyon bo‘ladi.
Mavzu: Mikroskop bilan tanishish va ishlash qoidalarini o‘rganish.
Kerakli jixozlar va materiallar: Mikroskop MBR-1, MBI-3, “Biolam” doimiy preparatlar, rasm chizish uchun albom, oddiy va rangli qalamlar, chizg‘ich,o‘chirg‘ich.
Do'stlaringiz bilan baham: |