Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari virtual laboratoriyalarni yaratish mavzular ro‘yxati
Mikroskop bilan ishlash qoidalari
Download 26.1 Kb.
|
Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari -fayllar.org
Mikroskop bilan ishlash qoidalari
1. Mikroskopning optik va mexanik qismlarini ishga tayyorligini tekshiriladi. 2. Mikroskopni ish stolining ustiga chekkasidan 6-7 sm ichkariroq joyga shtativi chap yelkaga to‘g‘rilab siljimaydigan etib qo‘yiladi. 3. Ish stolining o‘ng tomoniga kerakli jixozlar ( predmet va qoplag‘ich oynachalar, preparal nina, cho‘tka, penset, skalpel, kichikroq qilib qirqilgan filtr qog‘oz, yumshoq latta, cho‘tka, suv va turli bo‘yoqlar, reaktivlar, rasm albomi, qalamlar, ishlash uchun kerak bo‘lgan ob’ktlar qo‘yiladi. 4. Mikroskopning optik qisimlari ( okulyar, ob’ktiv va kondensor) toza latta bilan artiladi. Agar juda iflos bo‘lsa lattani benzin yoki spirt efir aralashmasi bilan xo‘llab artiladi. 5. Kondensor yuqoriga qo‘tarilib, diafragma ochiladi. 6. Mikroskopning kichik ob’ektivi (8) buyum stolchasining teshigi ro‘parasiga keltirilib, stolchadan 1 sm balandlikda tutiladi. 7.Mikroskop bir tubusli bo‘lsa chap ko‘z bilan ikki tubusli (MBI-3) bo‘lsa ikki ko‘z bilan qarab, oynani yorug‘lik kelayotgan deraza tomonga burib yorug‘lik ko‘rish maydonchasiga to‘liq tekis to‘planilanadi. 8. Yorug‘lik yoritqich asbobi (OI-19,OI-24) yoki elektr lampasidan foydalanilganda yorug‘lik tekis tarqalishi uchun xira matovыy filtrdan foydalanish kerak bo‘ladi. 9. Tayyor yoki tayyorlangan preparat buyum stolchasiga qisqichlar yordamida joylashtiriladi. 10.Tubus ob’ektivi bilan makrovint yordamida bir – oz ko‘tariladi. so‘ngra chap ko‘z bilan okulyarga qarab turib preparatlardagi tasvir aniq ko‘ringuncha makrovintlar sekin xarakatlantiriladi. 11.Agar ko‘rilayotgan jismni bir qismini katta ob’ektivda (20x,40x) ko‘rish zarur bo‘lsa, tubusni ko‘tarmasdan turib, revolverni katta ob’ektiv tomon sekin –asta aylantiriladi. Ob’ektiv stolga to‘g‘ri vertikal turish kerak, ob’ektivning to‘g‘ri joylashganligini yana sekin chiq etib tovush chiqarib to‘xtaganidan xam bilish mumkin. Revolverni katta ob’ektivga o‘tkazilganda predmet oynasidagi jismni tasviri yo‘qoladi.Bu vaqtda mikrovintni tasvir aniq ko‘ringunga qadar sekin yarim aylanma xarakat qilish kerak bo‘ladi. 12. Tasvirni aniq ko‘rinishini yana diafragma yordamida uni kattaroq ochib yoki yopib ham to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. 13.O‘rganilayotgan ob’ekt katta ob’ektivda kuzatib bo‘lingach, revolver yordamida yana kichik ob’ektivga (8x) sekin –asta o‘tkaziladi. Preparat stolchadan olinadi, buyum stolchasi yumshoq latta bilan artiladi. 14. Mikroskopning ob’ektiv qismi toza va mayin paxta tolasidan to‘qilgan latta bilan artiladi. 15.Mikroskopning optik qisimlarini linzasi hech vaqitda qo‘l bilan, qog‘oz bilan yoki sintetik iplardan to‘qilgan lattalar bilan artish mumkin emas, chunki ularning iplari dag‘al bo‘lib, linzalarni tirnab, ishdan chiqaradi. 16. Ish tomom bo‘lgandan keyin mikroskopning kichik ob’ektiviga o‘tkazgan xolida ichiga chang kirmasligi uchun yashikchaga yoki shisha qalpoq tagiga yig‘ishtirilib qo‘yiladi. 17.Mikroskop bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilganda albatta ikki qo‘l bilan ushlash zarur. Bir qo‘l bilan mikroskopning to‘g‘ri yoki egilgan tubusni ushlab turuchi qismini, ikkinchi qo‘l bilan mikroskopning ostki qismidan ushlash kerak. 18. Agar mikroskopning biror qismini ishlatish qiyin bo‘lsa. kuch ishlatish yaramaydi.Bu vaqtda o‘qituvchi yoki uni biladigan usta yordamida sababini aniqlash kerak bo‘ladi. 19. Mikroskopning optik qismini turli urilishlardan, ximik aktiv moddalarni (ishqor,turli kislotalar, turli eritmalar) tegishidan saqlash kerak. Download 26.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling