Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi.vazifalari. B
Download 1 Mb.
|
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1 11111111111111111111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishini vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishini predmeti.
- BOB. DEHQONCHILIK UCHUN TABIIY SHAROIT VA IQLIM XUSUSIYATLARI
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi.vazifalari. Bitiruv malakaviy ishda makkajo`xori o`simligida zararkunandalik qilib, uning mahsulotlarini pasayishiga sabab bo`layotgan asosiy zararkunandalarni bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash tizimidagi kimyoviy va biologik kurash usullarini iqtisodiy samaradorligini o`rganishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishini vazifalari. Makkajo`xori o`simligida zararkunandalik qiluvchi hashoratlarni bioekologik xususiyatlari va boshqa umurtqasizlarni xususiyatlarini o`rganish orqali kimyoviy va biologik kurash tizimi uchun mos keladigan dori va biologik agentlarni aniqlash. Bitiruv malakaviy ishini ob`ekti. Namangan viloyatida ekiladigan makkajo`xori navlari, ularda zararkunandalik qiluvchi asosiy hasharotlarni biologiyasi, ekologiyasi hamda ularga qarshi kurash choralari. Bitiruv malakaviy ishini predmeti. Makkajo`xori o`simligi va zararkunandalari bo`lgan hasharotlar, ni Gel’mintoz kasalliklarini tarqalishi, ularni oldini olish hamda qarshi choratadbirlarini bioekologik jihatlarini o`rganish. Bitiruv malakaviy ishdagi yangiliklar. Ilmiy adabiyotlar va shaxsiy taxlillar asoslanib, makkajo`xori o`simligida zararkunandalik qiluvchi 7 turga mansub hasharot va boshqa bo`g’imoyoqlilar o`rganildi. BOB. DEHQONCHILIK UCHUN TABIIY SHAROIT VA IQLIM XUSUSIYATLARI Mamlakatimizning sug’orma dehqonchilik mintaqasi Orol dengiz havzasida, Toshkent – Yangiyo’l rayonlari, Farg’ona, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, Amudaryo o’rta oqimi, Amudaryo quyi oqimi rayonlarida joylashgan.Bu mintaqa quyosh issiqligi bilan ko’p miqdorda ta’minlangan subtropik kenglikni eng shimoliy chegarasidadir.Mintaqada quyosh yog’dusi yiliga 2500 - 3000 soatga teng yoxud yorug’lik bilan ta’minlash ham yuqori darajada.Bu sharoit issiq sevar, yorug’sevar o’simliklar ekish uchun maqbuldir.Iqlimning shakllanishida atmosfera tsirkulyatsaning ta’siri katta.O’rta Osiyo va janubiy qozog’iston ustidagi atmosfera tsikulyatsiyasida arktik va mo’tadil tropik havo oqimlari kattalashadi. Bu yilning qish oylarida obhavoning juda turg’insizligini vujudga keltiradi, odatda qish yog’inli va ko’pincha sovuq bo’ladi. Tuproq kontinental tropik havoning ta’sirida nisbatan tinch, jazirama hamda quruq iqlim qaror topadi.Jazirama quruq yoz uzoq amal davriga eng issiq sevar o’simliklar ekish imkonini, takroriy ekinlar ekish uchun sharoit yaratadi.Eng uzoq oy yanvardir. Iyul eng issiq oydir. Bunda havoning o’rtacha xarorati 25-31oS, absolyut maksimum xarorat 50oS (termez) yetadi.Mintaqaning tipik belgisi qurg’oqchilik bo’lib, o’rtacha yillik yog’in 80-200 mm gachani tashkil etadi, tog’ oldi rayonlarida 500 mm gacha yetadi.Yillik yog’ingarchilikni ko’p qismi bahorga (30-50 %), qolgan qismi qishga (30-35%) kuzga (15-20%) va yoz (5-10%) oylariga to’g’ri keladi.Yilning issiq davrida havoning yuqori harorati va kam bug’lanish havo nisbiy namligini pasayishiga sabab bo’ladi. Havo namligining pastligi yuqori xarorat bilan birgalikda bug’lanish yuqori bo’lishini ta’minlaydi. SHunday qilib quyosh yog’dusi va issiqlikning mo’lko’lligi, biroq yog’ingarchilikni kam bo’lishi qishloq xo’jaligi ekinlarini faqat sug’orma dehqonchilik sharoitida yetishtirishni taqozo etadi. Farg’ona vodiysi O`zbekistonning sharqida Tyanshan’ va Oloy tog’ tizmalari orasida joylashgan. Vodiyni janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg’ona va Oto`ynoq, shimoldan Chotqol, shimoliyg’arbdan qurama va qoramozor tog’ tizmalari g’arbdan esa Mo`g’o`ltog’ tog’ tizmalari o`rab turadi. g’arbiy tomondan 89 km tor masofada “Farg’ona” yoki “Xo`jand” darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho`l tekisliklari bilan tutashib ketgan. Farg’ona vodiysining xududi bodomsimon ko`rinishda bo`lib, uning uzunligi g’arbdan sharqqa 370 km, eng keng joyi sharqiy xududlarda bo`lib, 150 km, o`rtacha kengligi esa 80100 km ni tashkil etadi. Farg’ona vodiysi markaziy xududlarga tomon pasaya boradi, atrofidagi adirliklarni balandligi dengiz sathidan 600-1200 m bo`lsa, Isfara daryosining yoyilma konusi 540 m, Andijon shahri 496 m va Namangan shaxri 449 metrdir. Vodiyning balandligi sharqdan g’arbga tomon pasayib boradi: Uchqo`rg’onda atrofidagi balandlik 500 m bo`lsa, Baliqchi qishlog’i atrofida 393 m, Xo`jandda esa boriyo`g’i 320 m tashkil etadi. Farg’ona vodiysining markaziy pasttekislik qismi cho`l landshaftlaridan iborat bo`lib, qum massivlari va barxanlari uchraydi. eng katta kum massivlari Qoraqalpoq va Yozyovon cho`llaridir. Sirdaryoning chap tomonida quqonNamangan temir yo`lining g’arbida va Sirdaryoning o`ng tamonida qayroqqumda ham qumliklar uchraydi. Bu qumliklar shimolda Oqbel va Oqcha tog’lari bilan janubda Sirdaryo orasida joylashgan. Tipik barxanlar juda kam. Asosan o`simliklar bilan qoplangan do`ng qumlardan iborat. Bunday do`ng qumliklar 58 m, ba`zan 15 m balandliklarda bo`lib, ko`proq qoraqalpoq cho`llarida uchraydi. Do`ngliklar orasida sho`rxok va batqoqlashgan erlar bor. Cho`llarda g’arbdan esadigan kuchli shamollar natijasida ko`chib yuradigan qumlar ham mavjud. Farg’ona vodiysining iqlimi quruq kontinental, yozi issiq, qishi mo``tadil, yanvarning o`rtacha harorati –30 ni tashkil etadi. Ba`zi yillari shimol va shimoliysharqdan sovuq havo massasi esib, tog’lardan oshib o`tadi va vodiyning iqlimini–300 - 310 S ga pasaytirib yuboradi. Aytish kerakki, qish faslida sovuqlar bilan birga, ba`zan 150 li issiq kunlar xam bo`lib turadi. 50-62 kun davomida harorat 00dan past bo`ladi. Farg’ona vodiysida bahor qisqa bo`ladi, obhavo tez-tez o`zgarib, goh isib, goh sovib ketadi. Harorat ba`zan aprel’ oylarida 270 -360 S gacha ko`tarilsa, ba`zan –350 gacha pasayib ketishi mumkin. Bahorda ob-havoning bunday o`zgarishi erta gullaydigan efemer o`simliklarga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Bahorning oxirlarida kuchli shamollar esib, jala tarzidagi yomg’irlarni bo`lishi sellarni vujudga keltiradi, bu esa xalq xo`jaligiga, shuningdek, adir va tog’ oldi tuproq, o`simlik qoplami va hayvonot dunyosiga katta zarar etkazadi. Vodiyning yozi may oylarining o`rtalaridan boshlanadi. Iyulning o`rtacha harorati 26-270ni, eng yuqori ko`rsatgichi esa 40-420ni tashkil etadi va uzoq davom etadi. O`simliklarni vegetatsiya davri 235-240 kunni tashkil etadi. Ijobiy harorat 4000-48000 ni tashkil etadi. Kuz fasli vodiyda haroratni sezilarli pasayishi, bulutli kunlarni teztez takrorlanib, yomg’irli kunlarni bo`lishi bilan tavsiflanadi. Kuzning ikkinchi yarmidan harorat keskin pasayadi va sovuq tushishi 15-17 oktyabrdan boshlanadi. Farg’ona vodiysida yog’in miqdori 98-226 mm tashkil etadi va bu vodiy bo`yicha qo`yidagicha taqsimlangan: Qo`qonda yog’in miqdori 98 mm bo`lgani holda, Andijonda 228 mm ni tashkil etadi. Yog’in miqdorini bunday notekis taqsimlanishi vodiyning orografik xususiyatlariga bog’liq. Yillik yog’in miqdorining 35 foizi dekabr’-fevral’ oylariga, qolgan qismi esa bahor va kuz oylariga to`g’ri keladi. Qish oylarida garchand qor yog’sa-da, u juda yupqa va uzoq saqlanmaydi (30-48 kungacha erimay turishi mumkin). Farg’ona vodiysida tez-tez kuchli shamollar takrorlanib turadi. Mirzacho`l tomondan esgan shamolning o`rtacha tezligi sekundiga 25 m ga, vodiydan Mirzacho`lga qarab sekundiga 15-40 m ga etadi. qish va bahor oylarida fyonlarning tog’lardan pastga qarab esishi tufayli havo zichlashib, isiydi, natijada havoning harorati 20-240s ga ko`tarilib, qorlar tez eriy boshlaydi. Farg’ona vodiysidagi daryolar va soylarning barchasi tog’lardan boshlanadi, aytish keraki ulardagi mavjud suvlar sug’orishga sarf bo`lib, Sirdaryoga etib kela olmaydi. eng katta va sersuv daryolar Norin, qoradaryo va Sirdaryolardir. Barcha soy va daryolarning suv tartibiga ko`ra uch turkumga bo`linadi: a) Farg’ona tizmasining g’arbiy yonbag’irlaridan boshlanib, vaqtincha qordan to`yinadigan daryolar YAssi, Ko`gard, Qorao`ng’ir, Moylisuv bo`lib, suvning to`yinishi may oylariga va kamayishi iyul’-sentyabr’ oylariga to`g’ri keladi. b) Qurama va Chatqol tizmalaridan boshlanadigan daryolar. Bular 30 ga yaqin bo`lib, eng muhilari G’ovasoy, Kosonsoy, Pochshoota, Sumsarsoy, Qorasuv, Chodaksoy va boshqalar. Bu daryolar may-iyun’ oylarida to`lib oqadi. v) Turkiston va Oloy tizmalaridan boshlanadigan daryolar. eng yiriklari Xo`jabaqirsoy, Isfara, So`x, Shohimardonsoy, Aravansoy, Oqbura va Qurshob. Suvga to`lib oqishi iyul’-avgust oylariga, kamayishi mart aprelga to`g’ri keladi. Farg’ona vodiysi er osti suvlariga juda boy. Tuprog’i juda qadim zamonlardan ishlanib kelgani sababli madaniy voha tuprog’iga aylangan. Tabiiy holdagi tuproqlar o`zlashtirilmagan erlarda, ayniqsa. Markaziy Farg’onadagi qoraqalpoq cho`lida saqlanib qolgan. Qoraqalpoq cho`llarida ko`chib yuruvchi qumlar, soz va sho`rxok hamda taqirlar uchraydi. Vodiyning adir qismlarida och va tipik bo`z tuproqlar vodiyni halqa kabi o`rab olgan. Vodiyning o`simliklar qoplami o`zining tabiiy holatini kam saqlab qolgan. Sug’orib dehqonchilik qilinadigan juda katta xududlarda tabiiy o`simliklar qoplami juda kam bo`lib, faqat vodiyning markaziy va adir mintaqalaridagina qisman saqlanib qolgan. Adir mintaqasida rang, qo`ng’irbosh, shaytonkovush, ko`p yillik o`simliklardan oq kavrak, oq shuvoq, mingbosh ba`zan qizilburgan kabilar uchraydi. Vodiyning markaziy qismlaridagi sho`rxok erlarda pashmak, baliqko`z, seta, sho`ra, yulg’in va boshqa efemerlar o`sadi. Qumtepaliklarda juzg’un, quyonsuyak, qizilcha, tariqbosh, qizilcho`p, selin o`sadi. Sirdaryoning qayirlarida yantoq, yulg’un, grunt osti suvlari er ustiga yaqin joylarda va ariq bo`ylarida qamishzorlar mavjud. Dehqonchilik olib boriladigan xududlarda esa yantoq, eshaksho`ra, kakra kabi o`simliklar o`sadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling