XULOSA.....................................................................................................................63
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................................65
KIRISH
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O`zbekistonni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi” mavzusidagi ma`ruzasida ta`kidlaganidek, mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo`lgan ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo`lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o`rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o`sish sur`atlarining ta`minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo`lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yirik agrar islohotlardan biri don mustaqilligiga erishish bo`lib bugungi kunda donli ekinlar maydoni ancha kengaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martda shaxsiy yordamchi dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva mollarini ko`paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risidagi qarorlarini amalga oshirish uchun avval em-xashak bazasini yaratish lozim bo`ladi.
Respublikamizda oziq-ovqat bazasini yanada mustahkamlash uchun don va silos uchun makkajo`xori etishtirishni kengaytirish ularni o`stirishning intensiv, industrial texnologiyalarini ishlab chiqishni mavjudlarini takomillashtirishni, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni taqozo etadi.
Ayni vaqtda makkajo`xorichilikda zamonaviy uyg’unlashtirilgan intensiv texnologiyani qo`llash, hosildorlikni oshirish bilan birga har xil zararli organizmlar rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keltirmoqda, natijada makkajo`xori hosilini ancha qismi nobud bo`lmoqda.
Makkajo`xori o`simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish eng avvalo ularni turli xildagi kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratish bo`lsa, ikkinchidan ularni zararkunandalariga qarshi kurash tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishdan iborat.
Bu vazifani muvaffakiyatli bajarish, ko`p jihatdan zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurash ishlarini tashkil etish uchun eng avvalo zararkunandalarni bioekologik xususiyatlarini yangi dehqonchilik sharoitida yana bir bor taxliliy o`rganib chiqish bugungi kundagi biologlar va o`simliklarni himoya qilish bo`yicha agronomlarning bosh vazifalari bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |