Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun


Download 1 Mb.
bet7/14
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1197396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1 11111111111111111111111

Qurash choralari. 1. Barcha erlar (dala, rezavor va poliz ekinlari maydoni) chuqur shudgor qilinadi.
2. Erlarga agrotexnika talablari asosida yaxob va yuvish suvlari beriladi.
3. Ekinzorlar va ularning atroflaridagi begona o`tlar sistemali ravishda yo`qotib boriladi. Bahorda 10% li karbolineum bilan profilaktik dorilash o`tkaziladi, kapalaklar uchib chiqqunga qadar dala yoqalari, daraxt atroflari haydaladi.
4. Makkajo`xorini bahorda mo``tadil muddatlarda eqiladi, chunki kechki ekinlar ko`pincha zararkunandalardan qattiqroq zararlanadi.
5. Makkajo`xori ekiniga belgilangan normada azotli o`g’itlar solinadi, bu tadbir zararlangan o`simliklarning hayotchanliglni oshiradi va rivojlanishini tezlashtiradi (o`simlik tunlam zararlamaydigan fazaga o`tadi).
Kichik quruqlik tunlami yoki karadrina (Laphygma exigua fib.). Ko`pgina ekinlarning, shu jumladan, makkajo`xori ning keng tarqalgan va xavfli zararkunandasi hisoblanadi, u makkajo`xori 3-7 barg chiqarganda ayniqsa qattiq zararlaydi.
Kichik yoshdagi qurtlari barg etini eb, tomirlarinigina qoldiradi, katta yoshdagilari esa bargni kemirib teshib ketadi yoki bargning chekkasini kemirib tashlaydi. U ayrim yillarda yozgi makkajo`xori ekinining 50% ni va bundan ham ko`prog’ini zararlaydi.
Kurash choralari.
1. Qurt tushgan uchastkalar tunda sug’oriladi.
2. Qurtlar g’umbaklanayotgan davrda kul’tivatsiya o`tkazilsa, ko`p miqdor g’umbaklar mexanizmlar vositasida yo`qotiladi.
3. Begona o`tlar tamoman yo`qotiladi. G’o`za ekinidagi singari makkajo`xori maydonlarida ham agrotexnika choralaridan ilgari ximik usulda dorilash amalga oshirilmog’i lozim, aks holda qurtlar makkajo`xoriga o`tishi mumkin.
Makkajo`xori tunlami (Chloridea obsoleta F.). Makkajo`xori g’o`za tunlamining (ko`sak qurtining) eng yaxshi ko`rgan ekinlaridan hisoblanadi. O`zbekistonda tunlam makkajo`xoriga hamma joyda tushaveradi. U, ba`zi yillarda ayrim rayonlarda makkajo`xoriga 48% gacha zarar etkazadi.
Kapalaklari aprel’ oyi oxirida uchib chiqa boshlaydi, havoning o`rtacha sutkalik harorati 10 kun davomida +23° bo`lganida esa yoppasiga uchadi.
Kapalakning bo`yi qanotlari yozilganda 40 mm. Old qanoti cho`ziqroq, qoramtir sariq rangli bo`ladi; qanoti uchida to`q tusli, tarqoq tasmasi, oldingi chekkasida qanot o`rtalig’ida ikkita to`q qo`ng’ir tusli, buyraksimon va yumaloq ikkita dog’i bor. Orqa qanotlari oldidagiga nisbatan kaltaroq va ochrots tusli, sarg’ish oq bo`lib, tepasida keng to`q tasmasi va o`rta qismida oysimon to`q dog’i bor.
G’o`za tunlami kapalaklari tuxumlarini makkajo`xorining hamma er usti qismlariga va xususan, so`tasining popuklariga ho`yadi.


4- rasm. G’o`za tunlami tushgan makkajo`xori so`talari.


Tuxumdan chiqqan qurtlar so`ta popuklarini yoki ochilgan ro`vak gullarini zararlaydi, kattaroq yoshdagi qurtlar esa so`ta barglari ichiga kirib, so`ta uchidagi donlarni kemirib tashlaydi, shu bilan birga ular so`taning to tagigacha kirib yo`llar hosil qilishi va bu yo`llarni ekskrementlari bilan to`ldirishi mumkin.
Eto`q qurtning bo`yi 45 mm gacha boradi, rangi och yashil-sariqdan tortib to to`q ko`qishqora tusgacha bo`ladi, orha tomonida 'Qoramtir yo`li bor.
Kurash choralari. 1. O`z vaqtida chuqur qilib kuzgi shudgor o`tkaziladi va erlarga agrotexnika qoidalari asosida yaxob suvi beriladi.
2. So`talarni qayirib olgandan keyin daladagi barcha o`simlik qoldiqlari yig’ishtiriladi va xo`jalikda foydalaniladi.
3. Doni uchun o`stiriladigan makkajo`xorinn katta maydonlarga eqiladi, bunda shu uchastkalarning zararlanganini o`z vaqtida aniqlash va dorilash ko`zda tutiladi.
4. Silos bostirish uchun ekilgan, ammo kasal tekkan makkajo`xorini, unda katta yoshdagi qurtlar paydo bo`lishiga va g’umbaklanishiga yo`l qo`ymay, sut-mum pishiqlik davridayoq o`rib olinadi.
5. Dalaga g’o`za tunlami, o`rgimchakkana va o`simlik bitlari bir vaqtda tushganida xlorofosga efir sul’fonat (1:2 nisbatida) aralashtirilgan kompleks preparatning 0,2% li eritmasi purkaladi yoki tuyilgan oltingugurt (1:2 nisbatida) 12% li GXTSG bilan aralashmasi (gektariga 60 kg normada sarflab) changlatiladi.
Leukani tunlamlari. Leukani avlodidan bo`lgan tunlam qurtlari makkajo`xoriga katta zarar etkazadi. Tunlamlarning beshta turi ma`lum: Leticania vitellina Hb., Leucania loreyi Dup., Leucania (Cirphis Mythimna unipunctata) unipuncta Hw, Mythimna (Hyphilare, Leucania)— album L., Cirphis zeae Dup. f indistincta chr. (Leucania Sideridis zeae Due.). Leucania vitellina Hb - kapalakning qanotlari yozilganda bo`yi 40- 44 mm keladi. Old qanotlari och sariq rangli bo`lib, ko`ndalang chiziqlari ravshan ko`rinib turadi, qanotlari arrasimon, oxrasimon-qizil tusli; dog’lari qanotning umumiy rangidan birmuncha to`qroq bo`ladi.
Zararkunanda qurti och qizil tusli, ustidan cho`ziq oq chiziqlar va qora nuqtalar, biqinida esa ustidan sarg’ish yo`l o`tgan oyoqlari bor. Uzunligi 40-45 mm.
Leucania loreyi Dup - qanotlari yozilgandagi bo`yi qariyb 38 mm ga boradi. Old qanotlari kul rang bo`lib, uning o`rtasida kichik oqish nuqta va uning qatorida, tashqi chekkasida yana ham mayda qora nuqtachalar bor. Orqa qanotlary deyarli oq tusli bo`ladi. Qurti kul rangsimon oqish yo`lli, bo`yi 40 mm keladi.
Leucania (Cirphis, Mythimna unipunctata) unipuncta Hw. Kapalakning qanotlari yozilganda bo`yi 42 mm keladi, old qanotlarinint umumiy tusi och




3- rasm. Leukaniyalar:
а — Leucania vitelline Hb.; бLeucania loreyi Dup.; вMythimna (Hyphilare Leucania.), г — Аlbum L.; e —Cirphis zeae Dup. f. indistincta chr.
kul rang sariq loy tusli. Qanotlarining old burchagidan ichkari tomon ketgan qiyshiqroq to`q yo`li bor, ammo bu yo`l orqa chekkasigacha davom etmaydi. Qanotining o`rta qismida kichikroq noaniq dog’ bo`lib, buning yonida bitta kichik oq dog’cha bor. Qanotining tashqi chekkasida to`q qo`ng’ir dog’chalar va to`q tusli yo`l bo`ylab joylashgan qoramtir nuqtachalar aniq ko`rinib turadi. Butun qanot ustida ukdamunda qora tomirchalar bo`ylab oqish tangachalar sochilib yotadi. Orqa qanotning tagi oqish, och kul rang sariq tusli bo`lib, tashqi tomondan juda to`q rangda ko`rinadi, ammo popukchasi ancha yaqinroq, tomirchalari to`q tuslidir.
Eto`q qurt yirik, yalang’och bo`ladi. Boshi kichik, sarg’ish qo`ng’ir, jag’lari esa qoramtir bo`ladi. Tanasi umuman to`q ko`qishsariq, lekin orqa tomoni to`qroq, qorin tomoni ochroq tuslidir. Umumiy rangi deyarli qora tusdan to xira ko`qish sariq ranggacha o`zgarib turadi. Eto`q qurtning bo`yi 33-36 mm gacha etadi.
Mytimna (Hyphilare, Leucania) 1 - album L. Kapalagining bo`yi qanoti yozilganda qariyb 40 mm ga boradi. Old qalotlari qo`ng’irsimon kul rang bo`lib, uzunasiga ketgan kichik oq yo`li va uning tag tomonida kichik yoyiq dog’i bor. Ostki chekkasi bo`ylab bir necha qator to`q yo`llar o`tadi, undan qanot tepasiga qarab tomirlar yonidan beshta oq yo`l ketadi.
Qurti och qizil rangli, orqa tomoni bo`ylab to`q qo`sh chiziq o`tgan, oyoqlari telasida to`q yashil yon chiziqlari bor. Bo`yi 35 mm.
Cirphis zeae Dup. f. indistincta chr. (Leucania, Sideridis zeae Dup.).Qanoti yozilganda 30-35mm keladigan kapalak. Oldingi qanotlari och kul rang, orqa qanotlari oq tusli. Qurt loy sariq rangli bo`lib, tanasida oqish yo`llar o`tadi. Bo`yi 30-33 millimetrcha keladi.
Bu tunlamlar makkajo`xoriga iyun’ oyi oxiridan boshlab, ekin 7-9 bargli bo`lgandayoq tushadi. Qurtlar yosh o`simliklarning markaziy bargini va naysimon buralgan barglarning taglarini zararlab, kattakatta teshiklar hosil qiladi, barglarning chetlarini kemiradi. Makkajo`xori ro`vak chiqarib gullagan davrida gul va ro`vaklarni eb bitiradi, so`talar rivojlanayotgan davrda esa so`ta popuklarini va so`ta uchlarini g’o`za tunlamining qurtlari singari shikastlaydi.
Kurash choralari. Don va urug’lik uchun ekilgan makkajo`xori uchastkalari sevinaning 50% li ho`llanadigan poroshogi (gektariga 5 kg hisobida) purkaladi. Dorilash hosil yig’ishtirishdan kamida 30 kun ilgari o`tkaziladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling