Биология ва экология соҳасидаги инновациялар
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
22.Biologiya yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. o’simliklar florasi
Fitotsenoz. fitotsenoz o’simliklar jamoasi bilan bir narsa hisoblanadi va quyidagicha
ta’riflanadi: “Tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo’ladigan, ma’lum bir hudutda uchraydigan 22 22 o’simliklar guruhi fitotsenoz” deb ataladi. fitotsenozga o’rmon, o’tloq, cho’l, sahro, tog’, yaylov, botqoq, to’qaydagi o’simliklar jamoasi kiradi. Bular ham, o’z navbatida, kichik-kichik bo’laklarga bo’linadi. masalan, cho’l fitotsenozi, qumli cho’l, shuvoqli cho’l, gipsli cho’l, sho’rli cho’llar fitotsenoziga bo’linadi. fitotsenozda ko’plab turlar mavjud bo’lib, alohida turlarning har xil holatdagi (urug’, ko’chat, yetilgan, qari, quriyotgan) individlar yig’indisi senopopulyatsiya deyiladi. har qanday fitotsenoz biotsenozning muhim bir qismi hisoblanadi. geobotanika fani o’simliklarni ikki tomonlama o’rganadi. Birinchidan, o’simliklarning tarkibiy qismiga kirgan o’simlik turlarini, kkinchidan, o’simliklar jamoasini, qoplamini o’rganadi. shu nuqtai nazardan, ikkita tushunchani aniqlash shart. 1. o’simliklar florasi. o’simliklar florasi o’simlik turlarining qadimdan hosil bo’lgan guruhi. Bu ma’lum geografik joyga tegishli bo’lib, uning hozirgi tabiiy sharoiti o’tmishi bilan bog’liq. yer yuzasidagi boshqa floralar bilan doimiy munosabatda bo’ladi. flora tushunchasi ma’lum hududdagi barcha o’simliklarning turlarini o’z ichiga oladi. Qisqacha aytganda ma’lum bir joyda o’suvchi o’simlik turlarining yig’indisi yoki ro’yxatini tushunamiz. 2. o’simliklar jamoasi. o’simliklar jamoasi deganda yer yuzasining har xil ekologik sharoitida o’suvchi o’simliklar uyushmasini tushunamiz. o’simliklar qoplami inson xo’jalik faoliyati ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. mehnat mahsuli sifatida sun’iy jamoalarni insonlar barpo etib turadi. geobotanika tizimini, sistematik taksonlari, birliklarini o’simliklar sistematikasi tizimidan, taksonlaridan, birligidan farqlash lozim. Tip, senotip, formatsiya (jamoa), assosiatsiya (qavm) lar geobotanik tizim hisoblansa, bo’lim yoki tip, sinf, ajdod yoki qabila, oila, turkum yoki avlod, tur esa sistematik tizim hisoblanadi. foydalanilgan adabiyotlar 1. djumaniyozova m.P. geobotanika. o’quv-uslubiy qo’llanma. 2. Рахимова Т. Т. “Ўсимликлар экологияси” ва “Фитоценология. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling