Биология ва генетика
Irsiyatning xromosoma nazariyasini organish quyidagi xulosalarga olib keladi
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-mavzu: O‟zgaruvchanlik qonuniyatlari
- O‟zgaruvchanlik xillari va o‟rganish usullari
Irsiyatning xromosoma nazariyasini organish quyidagi xulosalarga olib keladi:
Genlar xromosomalarda muntazam bir chiziqda joylashgan bolib, birikish gruppalarini hosil qiladi. Birikish gruppalarining soni gomologik xromosomalar juftining soniga teng. Har bir xromosomada joylashgan genlar ozaro boglangan holda nasldan-naslga otadi. Genlarning ozaro bog‗lanish kuchi ularning ortasidagi masofaga bogliq. Gomologik xromosomalar ozaro chalkashish (krossingover) imkoniyatiga ega. Krossingover natijasida genlarning rekombinatsiyasi (tarkibi ozgargan gruppa hosil bolishi) ruy beradi. Bu esa tabiiy tanlanish va sun'iy tanlash uchun boy manba bolib xizmat qiladi. Genlarning ozaro birikishi va krossingover qonuni biologik hodisa bolib, organizmlarning irsiyati va ozgaruvchanligi umumiyligini ifodalaydi. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 1. Irsiyatning xromosoma nazariyasini kim yaratgan? 2. Jins nima va bu belgi nima asosida rivojlanadi? 3. Autosoma va geterosoma tushunchalariga ta'rif bering. 4. Xromosoma bilan bogliq qanday kasalliklarni bilasiz? Ularning yuzaga kelish sabablari nimada? 5. Jinsni qaysi usullar bilan boshqarish mumkin? 6. Boglangan genlar deb qanday genlarga aytiladi? 7. Krossingover nima? Uning evolyusiyada va seleksiyada qanday ahamiyati bor? 13-mavzu: O‟zgaruvchanlik qonuniyatlariReja: O‘zgaruvchanlik xillari va o‘rganish usullari Mutatsion o‘zgaruvchanlik Irsiy o‘zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni Modifikatsion (fenotipik) o‘zgaruvchanlik O‟zgaruvchanlik xillari va o‟rganish usullariO‘zgaruvchanlik deyilganda barcha tirik mavjudodlarning o‘zgarishi tushuniladi. O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi pa xususiyatlar paydo 6o‘ladi yoki qandaydir bor bo‘lgan belgi yo‘qoladi. Har bir populyasiyada ayrim organizmlar har xil belgilari bilan va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilib turadi. Bitta turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi farq uning genotipining o‘zgarishi bilan yoki tashqi muhit ta‘sirida yuzaga chiqishi mumkin. SHunga ko‘ra, o‘zgaruvchanlik ikkiga, ya‘ni irsiy va irsiy bo‘lmaganga ajratiladi. Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun bu o‘zgaruvchanlikni gepotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik ikki xil bo‘ladi: kombinativ, mutatsion. Kombinativ o‘zgaruvchanlik uch xil yo‘lda hosil bo‘lishi mumkin. SHundan ikki yo‘li meyoz jarayoniga bog‗liq bo‘lib gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi va anafazada ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifiy ravishda ajralishi natijasida sodir bo‘ladi. Uchinchi yo‘li esa urug‗lanish jarayonida tuxum hujayrani qaysi urug‗ hujayra urug‗lantirishga bog‗liq. Mutatsion o‘zgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining sifat va son jihatidan o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikda esa genotipda o‘zgarish sodir bo‘lmasdan faqat fenotip o‘zgaradi. SHuning uchun bu o‘zgaruvchanlikni fenotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. O‘zgaruvchanlikni o‘rganishda oliy matematikaning bir bo‘limi bo‘lgan variatsion statistika qo‘llaniladi. Variatsion statistnkaning nazariy asosi katta raqamlar va ahtimollar nazariyasidir. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling