Биология ва генетика
Irsiy o‟zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 Modifikatsion (fenotipik) o‟zgaruvchanlik
Irsiy o‟zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuniModifikatsion (fenotipik) o‘zgaruvchanlik Indutsirlangan mutatsiyalar, inson tomonidan ma‘lum maqsad uchun olinadi. Bunday mutatsiyalarni organizmga har xil mutagenlarni (mutatsiya hosil qiluvchi omillar) ta‘sir ettirib olish mumkin. Mutagenlarni uch turuhga ajratish mumkin: 1) fizikaviy (radioaktiv nurlar, rengen nurlari, harorat va hokazolar); 2) kimyoviy (ayrim organik va noorganik moddalar, masalan, etilenimin); 3) biologik (viruslar, har xil organizmlarning modda almashinuvida hosil bo‘lgan toksin moddalar va hokazolar). Irsiy o‘zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunini quyidagicha tariflash mumkin: ―Genetik jihatdan yaqin bo‘lgan turlar va avlodlar bir xil irsiy o‘zgaruvchanlik qatoriga egadirlar, shu tufayli bir tur ichidagi har xil shakllarii bilgan holda shu turga yaqin bo‘lgan boshqa tur va avlodlar ichida ham xuddi shunday shakllarning bo‘lishligini oldindan aytish mumkin‖. Masalan, bug‗doy, arpa, suli genelik jihatdan bir biriga yaqin bo‘lib, bug‗doydagi o‘zgarishlar (mutatsiyalar) arpa va sulida ham kuzatiladi. Gomologik qatorlar qonuni tur va avlodlargagina emas, xatto sinflarga ham taaluqlidir. Irsiy o‘zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunidan irsiy kasalliklarni o‘rganishda keng foydalaniladi. Odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklarni davolash va ularning oldini olish masalalarini hayvonlarda uchraydigan xuddi shunday irsiy kasalliklarni o‘rganmasdan hal qilish qiyin. 4 Modifikatsion (fenotipik) o‟zgaruvchanlikFenotipik o‘zgaruvchanlikda genotip o‘zgarmasdan tashqi muhit ta‘sirida fenotipda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bitta genotipning har xil fenotipini yuzaga chiqarish xususiyati shu genotipning ta‘sirchanlik (reaksiya) normasi deyiladi. Tashqi sharoitning o‘zgarish organizmning turli belgilariga bir xil ta‘sir ko‘rsatmaydi. Masalan, yaxshi boqish va parvarish qilish bilan qoramolning suti ortib boradi. Sutning yog‗liligi parvarish qilish sharoitiga sutga nisbatan kamroq bog‗liq. Biroq, qoramol yungining rangi ancha doimiy belgi hisoblanadi. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, qoramolning ko‘p sut berish belgisining reaksiya normasi juda katta, yungi rangining reaksiya normasi esa ancha kichikdir. Katta reaksiya normasi tabiiy sharoitda turning saqlanib qolishi va ko‘payishi (ya‘ni moslanuvchanlik) uchun muhim ahamiyatga ega. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik irsiyatga bog‗liq. Lekin organizmning rivojlanishida tashqi sharoit vujudga keltirgan o‘zgarishlar genotipni o‘zgartirmaydi va uning reaksiya normasidan tashqariga chiqmaydi. Genotipning reaksiya normasi organizm o‘zgarishi jarayonida namoyon bo‘ladi. Masalan, navlarga baho berishda ularning gepotip bo‘yicha reaksiya normasi ularni qulay va noqulay tashqi sharoitda parvarish qilish bilan o‘rganiladi. Bunda navlarning reaksiya normasi katta va kichik bo‘lishn mumkin. Reaksiya normasi orqali navlarning (shu jumladan hayvon zotlarining) qanday tuproq-iqlim sharoitiga moslana olishi aniqlanadi. Tashqi muhit sharoit qulay bo‘lganda yuqori hosil beradigan, noqulay bo‘lganda hosili uncha kamaymaydigan navlar juda katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, bug‗doyning Bezostaya-1 navi sug‗oriladigan erlarda juda yuqori hosil beradi, qurg‗oqchilik sharoitida esa hosili uncha kamaymaydi. SHuning uchun ham o‘simlik navlari va hayvon zotlarining qaysi belgilari katta, qaysi belgilari kichik reaksiya normasiga ega bo‘lishini bilish qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyaga ega. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling