Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
Konyugatsiya – bakteriya, infuzoriylarga xos bo‘lgan ko‘payish usulidir. Odatda, kiprikli sodda hayvonlar oddiy bo‘linish bilan ko‘payadi. Bunday ko‘payishlardan keyingi jinsiy ko‘payish – kon‘yugatsiya sodir bo‘ladi. Ma‘lumki, infuzoriylarda makro va mikronukleolalar mavjud. Konyugatsiya boshlanganda ikki hujayra o‘ta yaqinlashadi – hujayralararo tutashtiruvchi tortma hosil bo‘ladi.
YAdrolarda murakkab jarayonlar, ya‘ni makronukleusning yo‘qolishi, mikronukleusning bo‘linishi hamda oxirida undan ikkita yadroning shakllanishi ro‘y beradi. Mana shu yadrolarning birn harakatchan, ikkinchisi turg‗undir. Harakatchan yadrolar hujayralararo almashadi. Turg‗un yadro balan harakatchan yadro qo‘shiladi – sinkarion ro‘y beradi va boshqacha sifatga eta bo‘lgan yangilangan yadro hosil bo‘ladi. Ushbu yadrodagi o‘zgarishlar nihoyasida har bir hujayrada yana makro va mikronukleus shakllanadi. Infuzoriylar bir-biridan ajraladi. Konyugatsiya jarayoni bakteriyalar uchun ham xosdir. Jinslashgan ikki bakteriyaning sitoplazmatik tutashtnruvchi tortmasn orqali asosiy genetik materiali nukleoidga yopishib joylashgan DNK bir hujayradan, ikkinchisiga o‘tadi va uning xususiyatini shu DNK asos ravishda o‘zgartiradi. Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‗ochi jinsga mansub, gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralar o‘zaro qo‘shiladi. Bunday ko‘payish – gametogamiya evolyusiya taraqqiyoti davomida murakkablashib borgan. Gametogamiyaning ikki shakli tafovut etiladi: Kopulyasiyali va kopulyasiyasiz gametogamiya. Jinsiy ko‘payishning kopulyasiya bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi va ularning qo‘shilib, yangi sifatli hujayra – zigotaning hosil bo‘lishi bilan ro‘y beradi. Evolyusiya taraqqiyoti jarayonida urg‗ochi va erkak jinsiga mansub hujayralararo farqlanish kuchayib boradi. O‘z navbatida kopulyasiya bilan ro‘y beruvchi gametogamiyaning 3 xili: izogamiya, geterogamiya va oogamiya tafovut qilinadi. Izogamiyada hosil bo‘lgan jinsiy hujayra katta-kichikligi va shakliga ko‘ra bir-biridan farqlanmaydi. Bu usulda ayrim bir hujayralilar (xlamidomanada va b.) ko‘payadi. Ulardan hosil bo‘lgan gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan izogameta 2 ta xivchinga ega bo‘ladi. Xuddi shunday hujayralarning qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling