Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet18/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Evropa va Osiyoda mamontlar, qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar, ot ajdodlari, bahaybat yalqov, dengiz sishri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan qirib yuborildi. Yirik o‟txo‟r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi g„or arsloni, ayig„i va boshqa yirik yirtqich hayvonlarning qirilishiga sababchi bo‟ldi. Daraxtlar ham kesilib, ko‟pgina o‟rmonlar o‟rni yaylovlar bilan almashindi. Odamlar yovvoyi hayvonlar bolalarini qo‟lga o‟rgata borishi natijasida xonaki hayvonlarning dastlabki mahalliy zotlari, yovvoyi o‟simlik urug„larini ekish, parvarish qilish orqali madaniy o‟simliklarning dastlabki navlari kelib chiqqan. Qayd qilinganlarning barchasi odamlarning oziq-ovqatini ko‟paytirishga, yashash uchun kurashda g„olib kelishga, sonyni yanada ortishiga yordam bergan.7


Oraliq formalar. Tuzilishiga ko‘ra turli sinf belgilarini o‘zida birlashtirgan organizmlar oraliq formalar deyiladi. Devon davrida yashagan panja qanotli
baliqlar, baliqchar bilan suvda ham quruqlikda yashovchilar orasida oraliq forma sanaladi. Arxeopteriks sudralib yuruvchilar bilan qushlar o‘rtasidagi oraliq formadir. Teropsidlarning ba‘zi vakillari sudralib yuruvchilar bilan sut emizuvchilar orasidagi oraliq forma hisoblanadi. Urug‗li patyurotniklar esa paporotniklar bilan ochiq urug‗li o‘simliklar orasidagi oraliq formadir. Oraliq formalarning mavjudligi ham organik dunyo tarixiy jarayonda o‘zgara borganligini ko‘rsatuvchi ishonchli dalildir.

1-rasm Oraliq formalar

Nazorat savollar.


  1. Erda hayotning paydo bo‘lishi to‘g‗risida koatservat va genetik

gipotezalarini ayting?.

  1. Biogenezning asosiy bosqichlari va ularni tajriba orqali modellashtirish. Era va davrlar haqida tushuncha bering?.

  2. Erda hayot rivojlanishining asosiy boskichlari. Arxey va proterozoy eralarida biosfera haqida ayting?




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling