Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
Ontogenez tiplariOntogenezning tip va davrlari. Turli mavjudotlar individual rivojlanishi ontrgenezi o‟ziga xos keladi. Ontogenezning ikki asosiy tipi farqlanadi:1) bevosita (to‟g„ridan to‟g„ri rivojlanishi;2) Bevosita rivojlanishi. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqqan yoki yangi tug„ilgan organizm ko‟rinishi jihatidan ona organizimiga o‟xshaydi va faqatgina ayrim azolarining etishmasligi, kichikligi, tana qismlarining unchalik mutonosib bo‟lmasligi bilan farqlanadi, asta-sekin o‟sib borishi bilan ona organizimi to‟la qiyofasiga ega bo‟ladi. Masalan: odam va sut emizuvchilarda, qushlarda, sudralib yuruvchilarda va ayrim quyi tabaqa mavjudotlarlarda liginkosiz va bachodanda rivojlanish ro‟y beradi. Bilvosita rivojlanish metamorfoza, yani shaklini o‟zgargirish, lichinka hosil qilish bilan ro‟y beradi. Lichinka o‟z shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga ko‟ra etuk organizimdan keskin farqlanadi. Ona organizmi qiyofasiga o‟tish ko‟pgina o‟zgarishlar (metamorfoza) orqali sodir bo‟ladi. Metamorfoza ko‟pgina umurtqasizlar, anfibnyalar uchun xosdir.Ontogenez jarayoni 2 bosqichga bo‘linadi; prenatal (tugilishidan avval) vapostnatal (tugilgandan so‘ng). Prenatal bosqich o‘z navbatida ikki davrdan iborat: 1. Proembrional (progenez) davr jinsiy hujayralar va ularning rivojlanishini o‘z ichiga oladi. 2. Embrional davr jinsiy hujayralar uruglashib, zigota hosil bo‘lishidan boshlab, toyangi avlodni bunyodga kelishidan iborat. Ontogenez haqidagi talimotning rivojlanish jarayonida asosan ikkita bir- biriga zid bo‘lgan qarash preformizm va epigenez uzoq muddat kurashib kelgan. Preformizmga ko‘ra yangi avlodning shakllanishida hech qanday rivojlanish jarayonlari ro‘y bermay, balki azaldan jinsiy hujayrada jo bo‘lgan o‘ta mayda individning tuxum hujayrasi oziqlantirishi bilan yoki aksincha tuxum hujayrasidagi mikroindividning sperma tasirida o‘sishi, yani mavjudot azo va belgilarning takomillashishi natijasi ekanligi tushuntiriladi. Bunday dunyoqarash o‘z zamonasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, yani organizmlar ko‘payishida jinsiy hujayralarning o‘rni borligi xaqida turg‗un fikr yuzaga keldi. Epigenezga binoan organizm har doim yangidan gemogen, strukturasi massadan rivojlanadi. Epigenez ham mitofizik dunyo qarashicha talqin etilgan yo‘nalish bo‘lsada, o‘zicha progressiv bo‘lib, rivojlanish taraqqiyoi tan olinadi. Jinsiy hujayralar – gametalar. Qo‘shilish bilan yangi avlod hosil qiluvchi jinsiy hujayra (spermatazoid va tuxum hujayrasi) ga gametalar deyiladi. Malumki, organizm tanasidagi gametalardan boshqa barcha hujayralar somatik hujayralarni tashkil etadi. Gametogenez. Gametogenez yuqori darajada differensirlashgan va qo‘shilib yangi organizm hosil qila oladigan ikki jinsiy hujayra spermatozoid va tuxum hujayrasini hosil bo‘lish jarayonidir. Gametogenez birlamchi jinsiy hujayraning paydo bo‘lishi va uning jinsiy azoda o‘rnashishi va shu erda ularning mitoz yo‘li bilan ko‘payishi, so‘ng meyoz usulida xromosomalar sonini kamayishi, etilib shakllanib spermatozoid hamda tuxum hujayralarini hosil bo‘lishi kabi o‘ta murakkab jarayonlarni bosib o‘tadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling