Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telofaza
- Interkinez
- Metafaza II
- Telofaza II
Anafaza I da har biri 2 ta xromatida (diada) dan tashkil topgan gomologik xromosoma bir-biridan itarilib ajraladi va hujayra ikki qutbga tortiladi – hujayradagi bor xromosomalar tengma-teng ikki qutbga bo‘linadi. Mitozdagi anafazada qutbga bitta xromosomadagi 2 ta xromatida bir-biridan ajralib qutbga bo‘linsa, meyozda har bir qutbga yaxlit xromosoma – bivalent hosil qilgan har bir xromosoma qutbga alohida ajralib tarqaladi.
Telofaza I jadal ro‘y beradi va qutbdagi har bir xromosoma to‘plami atrofida yadro shakllanadi. Telofaza yakunida gomologik xromosomalar alohida hujayralarda joylashadi. Hujayradagi hromosoma soni 2 marta kamayadi (reduksiya bo‘ladi) va xromosomalarning gaploid to‘plamiga ega ikkita qiz hujayra hosil bo‘ladi. Interkinez da xromosoma sust despirallashadi, xromosoma reduplikatsiyasi ro‘y bermaydi. Profaza II da xromosomalarning ko‘pi chalkashib qolganday ko‘rinadi, chunki har bir xromosomadagi qiz xromatidalar bir-biridan ajralib (itarilib), sentromer sohasidagina tutashadi. Metafaza II da xromosomalar (gaploid sondagi) xuddi metafazadagn kabi, ekvator sathnda joylashadi va har bir xromosomaning sentromerasi ikkiga ajraladi. Anafaza II da xromosomadagi ikkita xromatida (diada) ning har biri qutbga tortiladi. SHu xromatida bo‘lajak, ikkinchi bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan qiz hujayra xromosomasining xuddi o‘zginasidir. Bu xromosoma bitta xromatida (monada) dan iborat. Telofaza II da monadalarning qutbga tortilishi yakunlanib, yadro qobig‗ining shakllanishi va sitokinez ro‘y beradi. Demak, meyozning birinchi bo‘linish bosqichida, bir-biriga jipslashgan ikkita gomologik xromosomaning har biri alohida qiz hujayrasiga o‘tib, xromosomaning soni ikki marta kamaygan ikkita qiz hujayra hosil bo‘lsa, ikkinchi bo‘linishda, shu har bir qiz hujayrasidan ikkita xromosomalar soni o‘zgarmagan, ammo xromosomasi xromatida – monadalardan iborat bo‘lgan gaploid to‘plamli hujayralar hosil bo‘ladi. Natijada meyozga kirishgan har bir hujayradan 4 ta gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan jinsiy hujayra etiladi . Har bir organizmning rivojlanish takomillashuvi, o‘sishi, ulg‗ayishi, qarishi va o‘limi yakunlanadigan to‘liq hayot sikli ontogenez hisoblanadi. Ontogenez jinsiy hujayralar paydo, bo‘lib, urug‗lanishdan boshlanadi. Zigota hosil bo‘lishi bilan ontogenezning hamma bosqichlarida mavjudot yashayotgan sharoitga mos ravishda irsiy axborot tasirining natijasi sifatida otogenez jarayoni amalga oshadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling