Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
2. Sklerofitlar - qurgoqchilikka chidamli kop yillik, poyasi dagal, kopincha barglari kuchli reduksiyalangan yoki tikonlarga, tangachalarga aylangan, mexanik toqimasi juda yaxshi rivojlangan sukkulentlarga qarama qarshi xususiyatga ega bolgan osimlik gruppalardir. Sklerofitlar suvsizlikka juda chidamli turlar boib, tanasidagi 25% suvni yoqotganda ham ozgarish bolmaydi. Bularga saksovul, betaga, yantoq kabi turlar misol boladi.
Havo. Atmosfera havosi yerning ma'lum qobig‗i sifatida barcha tirik organizmlar uchun, jumladan o‗simliklar uchun ham nihoyatda muhim ekologik omil hisoblanadi. Atmosfera havosi o‗simliklarda boradigan fotosintez jarayonini karbonat angidrid va nafas olish uchun kislorod bilan ta'minlaydigan manba bo‗lib hisoblanadi. Atmosfera havosining tarkibi deyarli bir xil bo‗lib, o‗simliklar tarqalgan barcha mintaqalarda 78,1% azot, 21% kislorod, 0,032 % karbonot angidrid, 0,9% inert (azon va vodorod) gazlaridan iboratdir. Bundan tashqari havo tarkibida ma'lum mikdorda suv bug‗lari bo‗ladi. Havodagi kislorod deyarli biologik jarayon natijasida kelib chiqadi, ya'ni fotosintez jarayonida hosil boladi. Olimlarning ta'kidlashicha, 2 mln. yilda yerdagi deyarli hamma suv (taxminan 1,5 mlrd. km. kub.) «parchalanish-qaytarilish» siklidan otib, «fotosintez- nafas olish» holatini bosib otadi. Ajralgan kislorod atmosfera kislorodini tashkil etadi. Kislorod nafaqat atmosfera tarkibida mavjud bolmasdan, balki tuprokda ham bor. Urugning unib chiqishi uchun tuproq tarkibidagi kislorod katta ahamiyatga ega. Tuproqda kislorod yetishmasa, urugning nafas olishi qiyinlashadi va urugning tinim davri chozilib ketadi. Urug yerdan kokarib chiqqach ham rivojlanish sekin boradi. Atmosfera havosi tarkibidagi karbonot angidrid ham osimlik uchun asosiy manba bolib hisoblanadi. Osimliklar har yili havodagi mavjud bolgan karbonot angidridning 6-7 foizidan nafas olish uchun foydalanadi. Atmosfera tarkibida doimiy bolmagan komponentlardan tutun va sanoat gazlari ham osimlikning osishiga, rivojlanishiga katta ta'sir korsatadi. Tutun va sanoat gazlariga bolgan sezgirlik, osimlik turlariga qarab har xildir. Misol uchun tog terak va tilogoch buni tez sezadi va osishi sekinlashadi, kop holda nobud boladi. Shamol. Shamol ham ekologik jihatdan osimliklar qoplamiga katta ta'sir korsatadigan omillardan biri hisoblanadi. Osimliklarda shamol ta'sirida transpiratsiya hodisasi kuchayadi, turli darajada mexanik ta'sirlanish roy beradi. Ya'ni novdalari sinadi, barglari uzilib tushadi. Ildiz sistemasiga ta'sir etadi, natijada osimlik qurib qoladi. Shu bilan birga shamolning osimliklar qoplamiga ijobiy ta'siri ham bor. 1. Anemofiliya- bir pallalilar, ochiq uruglilar va kopgina ikki pallalilarda shamol yordamida gullarining changlanishi sodir boladi. 2. Anemoxoriya- ya'ni meva va uruglarning shamol yordamida tarqalishidir. Mayda urugli qanotchali mevalar, dumalab yuruvchi osimliklar tuyaqorin, akantafillium uruglarini tarqatadi. 3. Kuchsiz shamol ba'zi bir zamburug kasalliklarining oldini oladi . Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling