Биология ва генетика


Genetika fanining rivojlanish istiqbollari va hozirgi zamondagi


Download 0.97 Mb.
bet36/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Genetika fanining rivojlanish istiqbollari va hozirgi zamondagi


vazifalari.
Irsiyaning moddiy negizi DNK moddasi ekanligini va uning biologik xususiyati hujayrada oqsil sintezini boshqarishi, gen -DNK molekulasining bir molekula oqsil sintez qilinishini ta‘minlovchi bir qismi ekanligini ochilishi, hozirgi vaqtda yangi yo‘nalish gen injensriyasini yuzaga kelishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda gen injeneriyasi usullari yordamida insoniyat tirik organizmlar irsiyatni o‘zgartirish imkoniyatga ega bo‘lmoqda. Genlarni bir organizmdan ikkinchisiga o‘tkazish, shu yo‘l bilan esa yangi shakllar yaratish, inson salomatligi uchun zarur dori-darmonlarni sanoat asosida ko‘plab ishlab chiqarish usullariga ega bo‘ldik:

  1. Gen injeneriyasi erishgan yutuqlar genlarni bakteriya hujayrasiga o‘tkazib, fermentlar, garmonlar, dori-darmonlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Masalan: 1977 y, Boyer insulin va samototropin genini sintezlab ichak tayoqchagi bakteriyasiga o‘tkazdi va bakteriyalar yordamida bu moddalarni ko‘plab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

  2. Akademik Skryabin natriy uglevodlaridan chorva mollari uchun oqsil sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqdi. YAshur kasaliga qarshi vaksina-V xozir sinovdan o‘tayapti.

v) Gen injeneriyasi yordamida atmosferadagi azotni biologik sintez qilish muammosi hal qilinayapti. Masalan: azot sintez qiluvchi bakteriyalar dukkakli o‘simliklar ildizida birga yashab ularni azot bilai ta‘minlaydi. SHu bakteriyalardagi azot sintezlovchi genlarni g‗alladoshli o‘simliklar ildizida yashovchi boshqa azot sintezlamaydigan bakteriyalarga o‘tkazishni hal qilish masalasi ustida ishlar olib borilayapti.
g) Qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan gerbitsidlar odatda fermentlar sintezini susaytiradi, lekin fermentlar o‘simlik xloroplastlarida oqsil sintezi uchun zarur. Salmonelle bakteriyasi genini tabak va petuniya genomiga o‘tkazildi va o‘simliklarni gerbinidga chidamli holga keltirildi.
Genetika yaratgan usullar mineral o‘g‗it va zaharli ximikatlar qo‘llamay o‘stirish mumkin bo‘lgan yangi o‘simlik navlarini yaratish, bu bilan biosferani sof holda saqlab qolish muammosini hal qilishi mumkin.
d) Genetika odamda 1000 dan ortiq irsiy kasalliklarni kamaytirish yo‘llarini ham ochib beradi. Genoterapiya -hujayraga kerakli normal genlarni kiritib odamni sog‗lomlashtirish ustida ham ish olib borilmoqda.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling