Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ribosomalar
- Mitoxondriyalar
Hujayra tuzilishi. Har bir tirik organizm hujayralardan tuzilgan. Bir hujayrali organizmlar sodda tuzilgan bo‘lib, ularni tanasi bitta hujayradan iborat (amyoba, infuzoriya).
Ko‘p hujayrali organizmlar esa million yoki milliard hujayralardan iborat. Hujayrani o‘rganadigan fan «Sitologiya» deb ataladi. Angliya olimi Guk R. 1665 yilda o‘zining «Mikrofotfiya» deb atalgan kitobida birinchi bo‘lib hujayra haqida yozgan. 1838-39 yillarda nemis olimlari- botanik A.SHleyden va zoolog T.SHvan bir xulosaga kelishdilar-tirik organizmlar hujayralardan iborat. 1855 R. Virxov - hujayra bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishini yozdi. Jinsiy hujayralar - urug‗lanish. ko‘payish asoslari ochildi. Hujayra to‘g‗risida ta‘limotlar chuqurlashib bordi. Tirik organizmlar hammasi kelib chiqishi bir hujayradan tuzilganligi haqida tushuncha - sitologiya fanida yuzaga keldi. Hujayrani shakli va o‘lchami. har xil bo‘ladi. Ko‘p hujayralar shar shaklida yoki cho‘ziq shaklda bo‘ladi. Ba‘zi hujayralarni shakli doimiy bo‘lmaydi, o‘zgarib turadi. Masalan: amyoba. qon hujayralari-leykotsitlar. Hujayrani o‘lchami har xil bo‘ladi. Hujayralar bir necha mikrondan bir necha santimetrgacha bo‘lishi mumkin (mikron-0,001 mm) Masalan: tovuq tuxumining diametri 6 sm-gacha bo‘ladi. Ko‘pincha hujayralar mayda va ularni mikroskop orqali ko‘rish mumkin. Hujayraning asosiy organoidlari. Hujayrani eng muhim qismlari sitoplazma va yadro. Sitoplazma - suyuq modda bo‘lib unda bir qator organoidlar joylashgan, kimyoviy tarkibi juda murakkab: 10-20 foiz - oqsil, 2-3 foiz- lipidlardan, 1-2 foiz - uglevodlar, mineral tuzlar va boshqa narsalar - 1 foiz. Hujayrani hayotida oqsillarni ahamiyati katta. Oqsillar tarkibida 20 xil aminokislotalar aniqlangan. Endoplazmatik to‘rni membranalari butun sitoplazmada joylashib hujayrani tashqi membranasi (qobig‗i) ndoplazmatik to‘r membranasiga o‘tadi. YA‘ni ;endoplazmatik to‘r tashuvchi vazifasini bajaradi. Ribosomalar - juda mayda organoidlar, ularni faqat elektron mikroskopda ko‘rish mumkin. Ular sitoplazmani hamma erida va endoplazmatik to‘r membranasi ustida joylashgan. Ximiyaviy tarkibi RNK va oqsildan iborat. Ribosomalarda oqsil sintezlanishi yuz beradi. Ribosoma - oqsil va RNK dan iborat, 120-150 A - diamegrga ega. Mitoxondriyalar - soni har xil bo‘ladi. Ular yorug‗lik mikroskopida yaxshi ko‘rinadi. YOsh hujayralarda mitoxondriyalar soni ko‘proq. Mitoxondriyalar quyidagicha tuzilgan: tashqi va ichki membranadan, matriks va kristlardan iborat. Mitoxondriyalar bo‘linish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Mitoxondriyalarda energiya yig‗iladi, shuning uchun ularni hujayraning kuch (ya‘ni ensrgetik stansiyalari) man‘basi deb nom berildi. Mitoxondriyalar ATF ishlab chiqaradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling