Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastidalar
- Xromosomalar
Golji - apparati. Bu organoidni birinchi marta Golji degan olim topgan (1898) va ular o‘simlik va hayvon hujayralarida bo‘ladi. Bu organoid granuladan, membranalardan va vakuolalardan iborat.
Gol‘ji apparatining funksiyasi hali batamom o‘rganilmagan, ammo u hujayraning o‘zida ishlanib chiqadigan turli moddalarning, masalan, garmonlarning to‘planishiga va hujayradan chiqarib yuborilishiga aloqador ekanligi aniqlnadi. Plastidalar - o‘simlik hujayrasining sitoplazmasida plastidalar bor. Uch xil plastidalar farq qilinadi: Bo‘yalmagan- leykoplastlar. 2.Bo‘yalgan - xloroplastlar (rangi yashil) 3.Bo‘yalgan - xloroplastlar (sariq, qizil). Plastidalar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Plastida xlorofill donalar joylashgan bo‘lib ulariing yordamida quyosh energiyasidan foydalanib glyukoza biosintezi amalga oshadi. Vakuol - yupqa qobiq bilan pitoplazmalardan ajralib turadi na hujayra shirasi bilan to‘la bo‘ladi. YAdro - 1831 yilda angliya olimi R.Braun birinchi marta mikroskop orqali yadroni ko‘rgan. 1882 yilda nemis sitologi V.Fleming hujayra bo‘linishida bo‘ladigan yadrodagi o‘zgarishlarni yozgan. YAdroning o‘lchami va shakli har xil bo‘ladi, ular hujayra shakli va o‘lchamiga ko‘proq bog‗liq. Odatda yumaloq, cho‘ziq shakldagi yadrolar bo‘ladi. YAdrolar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. YAdro zarur organoid, yadrosiz hujayra halok bo‘ladi. YAdroning funksiyasi - hujayra bo‘linishida irsiy moddani yangi hosil bo‘lgan hujayralarga o‘tkazadi. YAdro ikki holda bo‘lishi mumkin: tinch va bo‘linish davrida. YAdro tuzilishi quyidagicha: yadro membranasi, yadro shirasi, yadrocha va xromatin yoki xromosomalar.YAdrocha - oqsil sintezida qatnashadi, uning ximiyaviy tarkibi oqsildan iborat (DNK va RNK)Xromosomalar morfologiyasi. Xromosomalar. Birinchi bo‘lib nemis olimi V.Valdeyer (1890) xromosomalarni mikroskop orqali ko‘rgan. Ularni uzunligi - 0,2 mikrondan 50 mikrongacha bo‘ladi. Xromosomalar yadroning doimiy elementidir. Organizmning har bir turida xromosomalarning faqat ushbu turiga mos bo‘lgan doimiy va muayyan yig‗indisi (soni) va morfologiyasi (shakli) bo‘ladi. Masalan: Odam -46 sabzi -18 qoramol -60 uy qo‘yi -54 shimpanze -48 ot -66 mushuk -38 g‗o‘za -26,52 eshak -66 kartoshka - 48 sazan -104 no‘xat -14 okun -28 olma -34,51 qattiq bug‗doy -28 pomidor -21 yumshoq bug‗doy- 42 Xromosomalar soni va shakli hujayra bo‘linishining metafaza davrida aniq ko‘rinadi. Tana hujayralardagi xromosomllar soni juft yoki dinloid deb ataladi – 2n bilan yoziladi. Etilgan jinsiy hujayrada xromosomalar ikki hissa kam bo‘lib toq yoki gaploid - n deb yoziladi. Diploid yig‗indiga ega xromosomalar ota va ona organizmning gaploid xromosomalari qo‘shilishi natijasida vujudga keladi. Somatik hujayradagi xromosomalar soni, shakli, katta-kichikligi, ya‘ni o‘ziga xos tuzilishi kariotip deyiladi. Har bir o‘simlik, hayvon turida xromosomalar soni. shakli, katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Har bir somatik hujayrada xromosoma juft bo‘ladi. Hujayradagi bir-biriga o‘xshash, juft xromosomalar gomologik xromosomalar deyiladi. Xromosoma tarkibida 2 ta bir- biriga o‘ralgan xromatida bo‘lib, ular har biri alohida nukleoproteid ipchalar - xromonemalardan iborat. Xromo-nema tarkibida esa, yanada mayda xromofibrill tolalari bo‘lib. uning tarkibida DNK moddasi uchraydi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling