Биология ва генетика
O‘simliklarda jins va jinsiy xromosomalar
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
.2. O‘simliklarda jins va jinsiy xromosomalar
Yuksak osimliklar asosan bir uyli ikki jinsli (germofrodit) bolib, ularning jinsiy hujayralari ozaro oxshashdir. Gulli osimliklarning faqatgina 5% i ikki uyli bo‗lib, erkak va urgochi jinsiy hujayralar alohida-alohida ekinlarda rivojlanadi. Bunday osimliklarga tok (Vitis vinifera), nasha (Cannabis sativa), xmel (Humulius lipulus), shovul (Rumex), sparja (Asparagus officinalis) va boshqalarni misol qilib korsatish mumkin. Osimliklarda jinsiy xromosomalarning bolishi hayvonlarnikiga nisbatan ancha qiyin aniqlanadi. Hozirgi vaqgda 25 ta oila 70 turga mansub yopiq urugli osimliklarda jinsiy xromosomalar mavjudligi aniqlangan. Jinsni belgilaydigan xromosomalar urgochi osimliklarda gomogametali (XX), erkak osimliklarda geterogametali (XU) dir. Hozirgi vaqtda seleksiya ishida jins genetikasining osimliklarga xos ma'lumotlaridan nashaning bir uyli xillarini yaratish uchun va boshqa sohalarda foydalanilmoqda. Organizmda jins bilan boglangan belgilarning rivojlanishi jinsiy bezlar ishlab chiqadigan garmonlarga va tashqi sharoitga (harorat, yoruglik, oziqlanish va boshqalarga) bogiqdir. Sharoit ta'siri natijasida ontogenezda jins nisbati ozgarishi mumkin. Masalan, past harorat ta'sirida baqalarda koproq erkak jinsi xosil boladi. Jinsni belgilaydigan xromosomalarni chuqur organish va jins nisbatini ozgartirish usullari endilikda chorvachilik va parrandachilik mahsulotlarini kopaytirishga yordam bermoqda. Keyingi yillarda drozofila, xonqizi kabi hasharotlarning faqat urgochi jinsli avlod beradigan xillari topildi, ular oddiy erkak jinslari bilan chatishtirilsa ham faqat urgochi jinsli avlod beradi. Jinsni boshqarish pillachilikda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Pilla qurtining erkagi urgochisiga nisbatan 25-30% kop ipak beradi. Demak, erkak qurtlarni boqishdan katta iqtisodiy samara olinadi. V.A.Strunnikov va L.M.Gulomova erkak qurtlar chiqadigan tuxumlarni urgochi qurtlar chiqadigan tuxumlardan ajratib olishning mukammal va eng oddiy usulini ishlab chiqqanlar. Bunga ipak qurtining autosoma xromosomalaridan birida urugda qora rang beruvchi dominant gen borligini aniqlash orqali erishildi. Rentgen nurlari ta'sir etilib, shu genni saqlovchi xromosomaning bir bolagi X xromosomaga o‗tkaziladi. Natijada urgochi qurt chiqadigan uruglar qora rangda ekanligi aniqlanib, ularni erkak qurtlar chiqadigan uruglardan ajratish oson boldi. Qora rangni rivojlantiradigan dominant genga ega bolgan urgochi kapalaklar uruqqa oq rang beradigan ikkita retsessiv genga ega bolgan erkak kapalaklar bilan chatishtirilsa, birinchi boginda (G‗1da) ikki xil rangdagi (qora-urgochi, oq-erkak) uruglar hosil boladi. Fotoelementlardan foydalanib 6u uruglarni mashina yordamida oson ajratish mumkin. Ajratib olingan oq rangli urugdan faqat erkak jinsli qurt chiqadi. Shu tariqa ajratib olib boqilgan qurtlardan mo‗ va yuqori sifatli ipak hosili yetishtiriladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling