biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 460.17 Kb.
bet7/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Ushbu magistrlik ishi materiallari ADU zoologiya va biokimyo kafedrasi ilmiy seminarida, xalqaro va Respublika miqyosida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokakma qilingan.
Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya materiallari bo'yicha 2 ta tezis(xalqaro, Respublika miqyosida) va Ilmiy jurnalda 1 ta maqola chop etilgan.
1.Ismoilov I.,Tilavoldiyev D.,Ummatov A. Farg'ona vodiysi sharoitida sun'iy baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari. Biologiyada zamonaviy tadqiqotlar: Muammo va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallar to'plami,
1-qism, (2022-yil 11-12 oktyabr`), Termiz, 278-281;
2.Tilavoldiyev D., Ummatov A. Qoradaryo quyi oqimining xarakterli baliqlari va ularning ekologiyasi. Farg'ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning hozirgi zamon muammolari va yechimlari. Resp.ilm.-amal. konf.materiallari (2022 yil 30-31 may), Andijon, 210-212;
3. Tilavoldiyev D., Z.Turdiev, Ummatov A. Qoradaryo suv havzasining harakterli baliqlari va ularning ekologik xususiyatlari. Xorazm MA'MUN akademiyasi Axborotnomasiga topshirildi (2023 iyun` soni).
Dissertatsiyaning tuzilishi va xajmi:
Ushbu ish kirish, ishning tavsifi, 4 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati, 3 ta jadval va ilovalarni o'z ichiga oladi.

I - BOB. FARG'ONA VODIYSINING TABIIY - GEOGRAFIK TAVSIFI
1.1. Qoradaryo suv xavzasi
Qoradaryo- Andijon viloyatidagi daryo ( boshlanish qismi Qirg’izistonda). Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan biri. Uzunligi ( Tar daryosi bilan birga) 318 km, havzasining maydoni 28.6 ming km2 . Farg’ona tizmasining janubi-sharqiy va Olay tizmasining shimoliy yon bag’irlaridan boshlanadigan Tar va Qorag’ulja daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Kampirravot darasigacha kengligi 0.5 km dan 4-5 km gacha bo’lgan terrasali vodiyda oqadi. Daryoga ikkita yirik irmoq – Yassi va Qur-shob daryolari kelib qo’shiladi. Kampirravot ishlog’i yaqinida vodiy keskin torayib dara hosil qiladi. So’ng Qoradaryo Farg’ona vodiysida oqadi. Baliqchi qishlog’i yaqinida Norin daryosi bilan qo’shilib, Sirdaryoni hosil qiladi. Daryoning o’rtacha yillik suv sarfi Uchtepa yaqinida 136 m3 g‘sek. Shu joyda yillik eng ko’p suv sarfi 265 m3 g‘sekga yetgan( 1969-yil), eng kam suv sarfi 68,4 m3 sekga yetgan( 1975-yil). Daryo qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Yillik oqimining 55% mart – iyul oylariga to’g’ri keladi. Daryo suvining o’rtacha loyqaligi 1 kg g‘m3 . Ba’zan qishda qisqa muddat qirg’oqqa yaqin qismi muzlab muz va shovush oqishi kuzatiladi. Farg’ona vodiysiga chiqqanidan so’ng daryo suvi ko’plab sug’orishga sarflanadi. Katta Farg’ona kanali, Sharixonsoy, Andijonsoy, va Paxtaobod kanalllari Qoradaryodan suv oladi. Daryo suvidan Andijon viloyati va Qirg’izistonning O’sh viloyati ekin sug’oradi [24, 37, 39].
Qoradaryo havzasining gidrobiont organizmlari va ixtiofaunasini tadqiq qilish bo’yicha materiallar 2021-2023 yillarda to’plangan. Asosiy materiallarni yig’ish ishlari bahorgi-kuzgi davrlarda (2021 yil oktabr, noyabr oylarida; 2022 yil mart-may va avgust-noyabr va 2023 yil mart-aprel oylarida) Qoradaryo suv havzasining quyi oqimi hudutlariga uyishtirilgan dala safarlari mobaynida yig’ilgan.
Gidrobiont organizmlarning Qoradaryo quyiq qismini taqsimlanishi, tarkibi va tuzilishi bo’yicha tadqiqot ishlari 2 ta stansionar uchastkaga belgilab olingan holda amalga oshirildi.
1-uchastka. Qoradaryo quyi oqimini boshlang’ich qismi (Izboskan tumani Maygir qishlogini hududlari).
2-uchastka. Qoradaryo quyi oqimini tugash qismi (Baliqchi qishlog’i yaqinida Norin daryosi bilan qo’shilish joyi).
Suvning saproblik indeksini (SI) baholash uchun biz В. Сладечек tomonidan modifikasiyalangan Р.Пантле va Х. Букка tomonidan ishlab chiqilgan indikatorlarli organizmlar usulini qo’lladik. Ushbu usulda suvda yashovchi organizmlarning uchrash chastotasi (mo’lligi) h va ularning indikator ahamiyati S (saprob valentlik) hisobga olinadi. S indikator qiymati va saproblik zonasining indikator ahamiyati har bir tur uchun СЭВ saproblik ro’yxatlariga muofiq belgilanadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tez oqadigan va yaxshi aerasiyalanadigan suvlari sharoitada В. Тал’ских tomonidan ishlab chiqilgan biotik perifton indeksi (BPI) qo’llanildi.
S indikator qiymati va saproblik zonasining indikator axamiyati har bir tur uchun СЭВ saproblik ro’yxatlariga muvofiq belgilanadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tez oqadigan va yaxshi arasiyalanadigan suvlari sharoitida
В. Тал’скихning biotik perifiton indeksioni (BPI) va Г.П.Булгаковning asosan Sirdaryo havzasidan to’plangan materiallar asosida ishlab chiqilgan va umimiy mintaqaviy hususiyatiga ega modifikasiyalangan biotik indeksidan (MBI) foydalanildi (1-jadval).

1-jadval.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling