biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 460.17 Kb.
bet5/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Tadqiqot obyekti va predmeti: Ixtiologiya-Qoradaryo ixtiofaunasiga mansub turlar taxlili
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning asosiy maqsadi, Qoradaryo suv havzasi quyi oqimi baliqlarini tahlil qilishdan, kamyob turlarni o'rganish va bioekologik xususiyatlarini chuqurroq o'rganishdan iborat.
- Qoradaryo suv havzasi quyi oqimi bilan bog'liq keng tarqalgan turlar tarkibini
aniqlash;
- baliqlarning o'sishi, morfometriyasi masalalarini o'rganish;
- mahsuldorligi yuqori bo'lgan baliqlar turlarini asoslash;
- baliqlar populyatsiyalari bilan bog'liq ko'payish xususiyatlarini ilmiy tahlildan o'tkazish asosiy vazifalardan deb belgilandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Andijon viloyati sharoitida Qoradaryo quyi oqimi baliqlarining tur tarkibi, tarqalishi va ekologik xususiyatlari ilmiy tomondan asoslanadi va natijalar ilmiy manbalar bilan taqqoslanadi. Ixtiofaunaning zamonaviy xolatini baxolash, baliqlarning biologiyasi, ekologiyasi va baliq resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasi bo‘yicha Qoradaryo suv havzasi quyi oqimiga mansub, 12 tur baliqlar xarakterlangan.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili):
Naturalist YE.A. Eversman 1820-yili O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga asos soldi. O‘simlik dunyosining xilma-xilligi qadimdan O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganuvchi tadqiqotchilarni diqqat markazida bo‘lgan. X1X asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasi tabiatini va o‘simliklar dunyosini o‘rganishda quyidagi olimlarning: A.F.Middendorf, O.E.Knorring, O.A.Fedchenko, Z.A.Minkvits, N.A.Desyatova, V.P.Drobov, E.P.Korovin, M.M.Sovetkina, N.N.Dzens-Litovskaya, B.M.Komarov, K.Z.Zokirov, O.N.Bondarenko, M.M.Orifxonova, O‘.Pratov kabi olimlarning hissasi juda katta bo‘lgan. O‘rta Osiyo o‘simliklarini hududiy tarqalishi K.Zokirov tomonidan tavsiya etilgan mintaqaviy joylanish qonuniyatlariga mos keladi, ya’ni o‘simliklarni 1 cho‘l, 2 adir (tog‘oldi), 3 tog‘, 4 yaylov mintaqalari bo‘yicha zonal joylanish qonuniyatlari Farg‘ona vodiysi uchun ham mutanosibdir. O‘rta Osiyo umurtqali hayvonlarini o‘rganishga taniqli tadqiqotchi va olim Nikolay Aleksandrovich Seversev katta xissa qo‘shdi. Uning “Turkiston hayvonlarini vertikal va gorizontal tarqalishi” nomli kitobida O‘rta Osiyo hayvonot dunyosi haqida aniq ma’lumotlar bergan.
1869-1871 yillarda buyuk tabiatshunost va sayyox A.P. Fedchenko birinchi bo‘lib Oloy tog‘larida va Farg‘ona vodiysida bo‘ldi. Fedchenko Farg‘ona va oloy vodiysidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida, vohaning tabiati haqida o‘zining kitoblarida qimmatli materiallar bergan.
1884 va 1889 yillar ichida Nikolay Alekseevich Zarudniy boshchiligida O‘rta Osiyoga to‘rt marta ekspeditsiya uyushtirildi. Olim tomonidan yig‘ilgan 15 mingdan ortiq qushlar kolleksiyasi hozirgi vaqtda ToshMUni umurtqali hayvonlar zoologiyasi kafedrasida saqlanmoqda.
Hozirgi paytda hayvonot dunyosini o‘rganishda T.Z. Zoxidov, D.Yu. Kashqarov, O.P. Bogdanov, O.V. Mitropolskiy, A.K. Sagitov, J.A. Laxanov, S. Bakoyev va boshqa olimlar tomonidan katta ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda umurtqali hayvonlar zoologiyasi fanining rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan olimlarga akademik T.Z. Zoxidov, A.To‘laganov, A.N. Meklenbursev, G.S. Sultonov, G.K. Komilov, G.I. Ishunin, Ya.D. Davlatov, T.Tilavov, D.Yu. Qashqarov, J.L. Laxanov, O.V. Mitrapolskiy, S.B. Bakaev va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Ixtiologik izlanishlar alohida o‘rinda turadi, L.S. Berg ilmiy izlanishlar olib borib o‘zining “Turkiston baliqlari” nomli asarini nashrdan chiqardi. Shu bilan birga M.A. Menzbir, G.V. Nikolskiy, D.N. Kashkarov, V.G. Geptner katta ishlarni amalga oshirdi.
O‘zbekistonda ixtiologiya sohasini rivojlantirishda Komilov G.K., Muxammadiyev A.M., Abdullayev M.A., Komilov B.G. Kurbanov R.B., Niyozov D.S. va boshqalarning ishlari diqqatga sazovardir.
Biroq songi yillarda Qoradoryo ayniqsa uning quyi qismlarida tadqiqotlar olib borilmagan. Ilgarigi tadqiqotlar esa o’tgan asrni 1971 -yillarida А. Baltaboyev olib borilgan bo'lib baliq resurslarining hozirgi zamonaviy xolatni o’zida aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, baliqlarning tur tarkibi, taqsimlanishi, ekologik xususiyatlarini o’rganish hamda baliq resurslaridan barqaror foydalanish yo’llarini ishlab chiqish amaliyotga tadbiq etish muhim ilmiy va amaliy axamiyatga ega.
Keyingi yillarda Orol dengizini qurishi bilan bog'liq, tabiiy suv havzalardagi
umumiy baliq zahiralarining kamayib ketishi Respublikamizning ichki suv havzalarida – ko'llar, xovuzlar, suv omborlarda hamda sun'iy baliqchilik xo'jaliklarida baliq yetishtirishni yo'lga qo'yishni taqozo etmoqda.
Xovuz baliqchiligi uchun qulay turlar hisoblangan: karp, sazan, oq va chipor do'ngpeshona, oq amur, laqqa, ilonbosh kabilarni ko'paytirishda tabiiy ozuqalarni ko'paytirishga asoslangan ekstensiv texnologiya muhim hisoblanadi.
Hozirgi dolzarb masalalardan biri sun'iy akvakul`tura (iliq suv va sovuq suv) tarmoqlarini jadal ravishda rivojlantirishdan; karp, sazan, oq amur, xumbosh, xonbaliq kabilarni yetishtirishni yo'lga qo'yishdan va foydali turlarni iqlimlashtirishdan iborat.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling