biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
-rasm. Tadqiqot olib borilgan hudut xaritasi
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
1.1-rasm. Tadqiqot olib borilgan hudut xaritasi
1.2. Relyefi, umumiy tuzilishi Farg‘ona vodiysi respublikamizning sharqiy qismida G‘arbiy Tyan-shan tog‘lari tarkibiga kiruvchi Turkiston, Oloy, Farg‘ona, Chotqol, Qurama tog‘larining oralig‘idagi tektonik botiqda joylashgan bo‘lib, uning geografik koordinatalari 39º42´ - 42º shimoliy kengliklar bilan 69º30´ - 74º50´ sharqiy uzunliklarni tashkil etadi. Farg‘ona vodiysi hududiy geografik joylanishga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yi mamlakatlari Gresiya, Italiya bilan deyarli bir xil kengliklarda yotadi. Lekin tabiiy geografik, iqlimiy xususiyatlariga ko‘ra keskin farq qilib, bu holat materikning birmuncha ichkarisida joylashganligi va orografik xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Farg‘ona vodiysini Farg‘ona botig‘i (kotlovinasi), Farg‘ona depressiyasi deb ham ataladi va bu holatlar vodiyning geologik tuzilishi, tektonik xususiyatlari hamda orografik jihatdan murakkab tuzilmaligi bilan bog‘liqdir. Chunki, uning deyarli barcha tomonlari tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, faqat g‘arbiy qismida 7 km.li yo‘lak (Xo‘jand darvozasi) orqali Mirzacho‘l tekisligiga ochiladi. Farg‘ona vodiysi yaxlit artezian havza hisoblanib, ko‘plab daryo va soyliklar vodiy markaziga Sirdaryo tomonga oqib tushadi, lekin faqat Sirdaryogina vodiydan oqib chiqib, tranzit vazifasini bajaradi. Vodiyning suvayirgichlardan boshlab hisoblaniladigan maydoni 78 ming km2 bo‘lib, unda O‘zbekiston respublikasining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari joylashgan hudud 19,3 ming km2 ni tashkil etadi. Qolgan maydonlarda g‘arb tomonida Tojikistonning So‘g‘d viloyati, janubiy va janubi-sharqiy tomonida Qirg‘iziston respublikasining Botkend, O‘sh, Jalolobod viloyatlari joylashgan [24, 37, 39]. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyodagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri hisoblanib, qulay tabiiy iqlimiy sharoit tufayli bir necha ming yillardan buyon aholi istiqomat qilib keladi. Vodiyning O‘zbekiston qismiga tegishli hududida 9 mln.dan ortiq aholi istiqomat qilib, uning o‘rtacha zichligi 1 kv.km.ga 480 kishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bugungi kunda respublikamiz hududini 4,1 foizini tashkil etgani holda, aholining 29%ni tashkil etishini ko‘rsatib turibdi. Bugungi kunga kelib Farg‘ona vodiysi respublikamizning iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydigan iqtisodiy rayonni tashkil etib, rivojlangan va ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat, mashinasozlik kabi sanoatning muhim tarmoqlariga ega. Farg‘ona vodiysining tabiiy sharoiti qulay va resurslarga boyligi tufayli insonlar tomonidan bugungi kunda kuchli o‘zgartirilgan madaniy landshaftlar, urbanizatsiyalashgan hududlar katta maydonlarni tashkil etadi [24, 37, 39]. Farg’ona vodiysida adir mintaqasi sezilarli maydonni egallaydi. Adirlar dengiz sathidan 200 metrdan boshlab 1000 metrga qadar vertikal mintaqani egallab, iz navbatida quyi adir (Izboskan adirlari) va yuqori adir (Andijon, Asaka, Paxtaobod, Marhamat, Buloqboshi, Xijabod, Qo’rg’ontepa, Jalaquduq adirlari) mintaqalarini hosil qiladi. Andijon - Asaka adirlari janubi - g’arbdan shimoli - sharqqa tomon Qoradaryogacha davom etadi. Ular Shimoliy Olamushuk janubi - g’arbdan shimoli - sharqqa tomon, Janubiy Olamushuk, Teshiktosh adirlari (920 m), Andijon adirlari (899 m), Asaka Polvontosh adirlari esa janubga tomon chizilgan. Mazkur adirlarning uzunligi 50 km dan ortiq, eni esa 8-14 km ni tashkil etadi. Adirlarning shimoli - g’arbiy yonbag’irlari ancha pasaygan bilib, ular asta-sekin tekisliklar bilan tutashib ketadi. Bu adirlar yuqori-uchlamchi va quyi tirtlamchi konglomeratlar, qumoq, mergel yotqiziqlar bilan qoplangan bilib, ularning usti lyoss va lyossimon yumshoq tuproqlar bilan qoplangan, ularning qalinligi 18-20 metrga etadi. Andijon - Asaka adirlari relyefi, tuproq strukturasi va unumdorligi nisbatan sezilarli bo’lganligi sababli, keyingi yillarda bu hudud jadal antropogen bosim ta’sirida o`zgarib bordi va o`zgarib bormoqda. Masalan, Andijon – O`sh yo`li bo`yida Zavroqdan Ko`tarma qishloqlar oralig’ida adirli yerlar o`zlashtirib, Bog’ishamol nomini olib, bu yerda bog’, uzumzor har xil dekarativ daraxtlar o`stirilib, mevali bog’lar, dam olish zonasiga aylantirilgan [24, 37, 39]. Adir mintaqasi bahordagi namlik hisobiga efemer o’simliklar qoplamiga ega bo’ladi. Yozning o`rtalariga kelib mazkur o’simliklar keskin pasayadi. Tekislik mintaqasi Andijon viloyatining katta hududini egallab, asosiy dehqonchilik deparasi sanaladi. Tekislikda vodiydagi eng katta daryo Qoradaryo sharqdan g’arbga tomon oqib itadi. Qoradaryo, hamda Andijon-Asaka adirlari tekislik mintaqasini ikkiga ajratib turadi. Bu holat o`z navbatida faqatgina relef jihatidan farq qilmasdan, iqlimiy sharoitlarni o’ziga xosligi bilan ham farqlanadi. Natijada adir orti tekisligi, Qoradaryoning o`ng va chap qirg’og’i tekisliklari oson farqlanadi. Qoradaryo yotqiziqlari allyuvial xarakterga ega. Daryo o’z yo’nalishida kayrlarni hosil qiladi. Kayrlar sholi yetishtirilishi uchun qulay yerlar sanaladi. Tekislik mintaqasining hududi qadimgi va hozirgi daryolarning (konus va vinos) yotqiziqlari bilan qoplangan, jumladan Qoradaryoning o`ng qirg’og’i tekisliklari Qoraungur, Maylisoy, chap qirg’og’i tekisliklari esa Arovon, Andijonsoy, Shahrixonsoy Oqbiyra daryo yotqiziqlari bilan qoplangan [24, 37, 39]. Sharqiy adir orti tekisliklari Qoradaryo, Oqbiyra, Arovon va boshqa daryo yotqiziqlaridan hosil bo’lgan. Qoradaryoni chap qirg’oq biyi tekisligi shimoli-g’arbdan janubi - sharqqa tomon kitarilib boradi. Ushbu kitarilish balandligi Kampirrovotda – dengiz sathidan 800 metrni, Oyim qishlog’ida mutanosib ravishda 620 metrni, Andijon 477 metrni, Qoradaryo bilan Norin qishilgan nuqtada 410 metrni tashkil etadi. Qoradaryoning ing qirg`oq tekisliklari ham janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon kitarilib borsada, shimoldan-janubga tomon pasayishi kuzatiladi. Viloyat hududining hozirgi landshaft kirinishi mezokaynozoy geostrukturasiga mos keladi. Poleozoyda tog’larning hosil bo’lishi va kitarilishi kuzatilgan. Poleozoyning oxiri va mezozoy boshlarida baland tog’larning nurashi yuz bergan. Bu esa o’z navbatida vodiyni nuragan tog’ jinslari bilan tilishiga, ya’ni akkumulyativ zonaga aylananishiga sabab bo’lgan. Mezozoyning oxiri va uchlamchi davrining boshlarida Farg’ona vodiysi dengiz suv trangressiya tasirida bo’lgan. Sharqiy Farg’ona hududida Paleogen dengizi neogen davrigacha saqlanib, qator yotqiziqlar (mergel, qalin ohak yotqiziqlari)ni qoldiradi. Uchlamchi davrning ikkinchi yarmida Farg’ona vodiysining atrofida kuchli tog’ ko`tarilishi jarayoni yuz beradi. Paleogen dengizining ortga qaytishi va ayrim tog’larning nurashi natijasida hozirgi Andijon-Asaka adirlari shakllanishi ro`y bergan [24, 37, 39]. Neogenning oxiri va to`rtlamchi davrda yangi tektonik harakatlar vodiyning ichki qismida o’z ifodasini topgan. Natijada tog’ oldi va adir mintaqalari kirinishida sezilarli o’zgarishlar riy bergan. Muzlik davridan keyin Farg’ona vodiysida hozirgi daryo tizimlari hosil bo’lgan. Daryolar oqimining boshlanish joylarida yirik tog’ jinslarini qoldirib, past tekislikka qum va qumoq jinslarni olib kelgan. Bu esa o’z navbatida Markaziy Farg’ona cho’llarini shakllanishiga asos bo’lgan. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling