biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Download 460.17 Kb.
bet11/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Suv manbalari. Farg’ona vodiysidagi daryolarning umumiy ko’rsatkichi 6500 bo`lib, ulardan eng kattalari 22 tani tashkil etadi. Bularning qatorida Sirdaryoning irni alohida ahamiyatga ega. U Norin va Qoradaryoning qishilishidan hosil bo’lgan. Uning o’rtacha yillik suv sarfi Uchqo`rg’onda (Norin daryosi) 417 m3G’sek. ni tashkil etadi. U qor-muzlik suvi hisobiga to`yinadi. Daryoning maksimal suv oqimi iyun, minimal - fevral oyiga to`g’ri keladi. Sharqiy Farg’ona vodiyning boshqa hududlaridan daryolarining ko’pligi, sersuvligi, suvning nisbiy kech kelishi bilan xarakterlanadi. Bunga Sharqiy Farg’ona tog’ yonbag’irlarini g’arbga yoki g’arbdan keladigan nam havo massalariga yo`nalganligi, suv oladigan havzaning nisbiy balandligi va boshqa omillar ta’sir etadi. Andijon viloyati hududidan Sharqiy Farg’onaning deyarli hamma daryolari oqib o’tib, ular Farg’ona va Oloy tog’ tizmalaridagi qor va muzliklarning erishidan hosil bo’lgan suv hisobiga tiyinadi. Viloyatning ikkinchi yirik suv manbasi Qoradaryo sanaladi. U Sharqiy Farg’onadagi eng katta daryo bo`lib, uzunligi 143 km ni tashkil etadi.Yassi, Qorakulja, Tar, Kurshab daryolari irmoqlar bilib, ular Kampirrovot yuqorisida qishilib yagona Qoradaryoni hosil qiladi. Qoradaryoning yillik o’rtacha suv sarfi Kampirrovotda 121 m3G’sek, maksimal suv sarfi 207 m3G’sek, minimali esa 65 m3G’sek. ga teng. Umumiy yillik suv oqimining 53 foiz mart-iyun oylarida qayd etilgan. Qoradaryoning to`yinishi qor-muz yoki aralash tiyinishiga ega bilib, o’rtacha suv sarfi iyunda (295 m3G’sek) minimal fevral (43,0 m3G’sek) oylariga tig’ri keladi [24, 37, 39].
Qorakulja daryosi suvni Uchsaid (4500 m) qor va muzlikdan oladi. Tar daryosi Farg’ona va Oloy tog’lari bir-biri bilan qishilgan tugunidan olib, qor va muzlikdan tiyinadi. Yassi daryosi esa Farg’ona tizmasi (3200-3500 metrdan) qorlaridan oladi. Qurshob daryosi yuqori Qoradaryo xavzasiga kirib, Oloy tog’idagi qor va muzliklardan tiyinadi. Qoradaryo Kampirravot darasidan chiqib viloyatning g’arbiga tomon keng vodiyni hosil qilib oqadi. U o’z yo’lida shag’al, qum yotqiziqlar, ba’zi yerlarda mayin allyuvial yotqiziqlarni qoldirib oqadi.
Qoradaryoning chap irmog’iga Oqbura va Aravon daryolari kiradi. Bu daryolar Oloy tog’ining shimoliy - sharqiy yonbag’ridan boshlanib, asosan muz va qordan to`yinadi. Suvning asosiy qismi iyun-iyul oylariga to`g’ri keladi. Oqburaning ko’p yillik o’rtacha suv sarfi 20 m3G’sek, Aravon daryosiniki esa 9,4 m3G’sek tashkil qiladi. Bu daryolar Qoradaryoga to’liq etib kelmaydi, lekin Oqbura daryo suvining bir qismi Shahrixon soyiga yo`naltirilgan. U Asaka - Polvontosh adirlarini kesib o’tib tekislikka chiqadi. Aravon daryosi suvining bir qismi janubiy Farg’ona kanaliga tashlanadi.
Maylisuv, Qoraungur va Kugart daryolari Qoradaryoning o`ng irmoqlariga bilib, ular Farg’ona tizmasining g’arbiy yonbag’ridan boshlanadi, qor va qisman muzliklardan to`yinadi. Ularning suv sarfi Maylisuvda 7,7 m3G’sek, Qoraungurda - 26,4 m3G’sek. to`g’ri keladi. Bu daryo suvlari Paxtaobod va Izboskan tumanlari yerlarini sug’orish manbasi hisoblanadi [24, 37, 39].

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling