biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Farg‘ona vodiysining o‘simlik dunyosi
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
Farg‘ona vodiysining o‘simlik dunyosi hududning geografik xususiyatlarini yaqqol ifodalaydi. Farg‘ona vodiysida o‘simliklarning mintaqaviy joylanishida geomorfologik va iqlimiy omillarning ahamiyati kattadir. Balandlik mintaqalari o‘simliklarning geobotanik mintaqalarini hosil qiladi.
Tekisliklarni egallab olgan geobotanik mintaqada to‘qay, sho‘rxok cho‘llar, qumli cho‘llar o‘simliklari asosiy o‘rinni egallaydi. Tog‘oldi geobotanik mintaqasi esa asosan adirlar hududini egallab, efemer, efemeroidlar, chala buta va buta o‘simliklari qoplamalaridan iborat. Tog‘ mintaqasini etaklari shuvoq-sho‘ra, efemerlar, o‘rta va baland qismlari turli butalar, archazorlar bilan qoplangan. Tog‘ mintaqasining baland qismlarini tog‘ dasht yaylov o‘simliklari qoplab olgan. Farg‘ona vodiysi o‘simliklarini M.M.Orifxonova 97 ta oila va 2625 turga mansubligini e’tirof etgan. Shu jumladan paporotniksimonlarni 17, ochiq urug‘lilarini 14, bir pallalilarni 454, ikki pallalilarni 2175 turini ajratadi [24, 37, 39]. Farg‘ona vodiysida barcha tekisliklar va adirlar hududini cho‘l o‘simliklari qoplab olgan, lekin tabiiy o‘simliklar inson xo‘jalik faoliyati tufayli maydon va tur jihatdan keskin kamayib ketgan. Ularning o‘rnini deyarli madaniy o‘simliklar egallab olgan. Daryo va soyliklarning qayirlarida, quyi terassalarida, zovur kollektor tizimlarida, sizot suvlar yer yuzasiga yaqin bo‘lgan pastqamliklarda, qamish, qo‘g‘a, yulg‘un kabi to‘qay o‘simliklari, turong‘il kabi daraxt turlari o‘sadi. Turong‘il o‘simligi Sirdaryoning Markaziy Farg‘onadan o‘tgan eski o‘zanida relikt o‘simlik sifatida saqlanib qolgan. Markaziy Farg‘onaning o‘zlashtirilmay qolgan qumli maydonlarida o‘simliklarning nisbatan kam bo‘lgan turlari buta va chala buta o‘simliklari bilan birga efemerlar, bir yillik o‘t o‘simliklari uchraydi. Buta va chala buta o‘simliklaridan oq saksovul, qandim, qum qiyog‘i uchraydi. O‘tloq-botqoq tuproqlarida qizilmiya, ajriq, kurmak, oqbosh, sho‘rxoklar va sho‘rlangan hududlarda sarsazan, qorabaroq, qorasho‘ra, shoxilak kabi o‘simliklar formatsiyalar hosil qiladi. Adirlar hududi ham Farg‘ona vodiysida cho‘l mintaqasiga kirib, balandliklar ortishi bilan (400-500 m dan 1200-1500 m gacha) issiqlik va namlikni taqsimlanishdagi tafovutlar o‘simlik turlarini ham mintaqaviy taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. O‘tloq-botqoq tuproqlarida qizilmiya, ajriq, kurmak, oqbosh, sho‘rxoklar va sho‘rlangan hududlarda sarsazan, qorabaroq, qorasho‘ra, shoxilak kabi o‘simliklar formatsiyalar hosil qiladi. Adirlar hududi ham Farg‘ona vodiysida cho‘l mintaqasiga kirib, balandliklar ortishi bilan (400-500 m dan, 1200-1500 m gacha) issiqlik va namlikni taqsimlanishdagi tafovutlar o‘simlik turlarini ham mintaqaviy taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining sug‘oriladigan landshaftlarida madaniy o‘simliklar orasida begona o‘t o‘simliklaridan pechak, machit, kurmak, ituzum, ajriq, qorasho‘ra, semizo‘t, qiyoq, qirqbo‘g‘in, qo‘ytikanak, yovvoyi beda, ariq-zovurlar chetida, yo‘l bo‘ylarida achchiqmiya, gulxayri, bangidevona, otquloq, momoqaymoq, erman, qora andiz, qo‘ypechak, qariqiz kabi bir yillik o‘t o‘simliklari o‘sadi [24, 37, 39]. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling