biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Download 460.17 Kb.
bet12/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Tuproqlari. Sharqiy Farg’onaning tuproqlari xilma-xil bilib, bo’ztus, o’tloq, botqoq-o’tloq, taqir, qumoq, shirtab va boshqa guruhlarni tashkil etadi. Bo’ztus tuproq och, tipik va to’q qismlarga bo’linadi. Och bo’ztus tuproq tarkibida chirindi oz bilib (1,15 %), uning chirindiga boy bo’lgan qatlami yer yuzasining 20-30 sm ga to`g’ri keladi. Bu tuproq tipining karbonatli (CaCO3) qismi yuqoriroqda bilib, gumus yoki chirindi qatlam ostida zich gipsli qatlam joylashgan. Odatda u 100-150 sm chuqurda yotadi. Bu chuqurlikda erigan tuzlar, tuproqning sho`rlanish manbasi hisoblanadi.
Bo’ztus tuproqlar viloyatning dengiz sathidan 400-700 metrgacha balandliklarida (Izboskan, Paxtaobod) tarqalgan. O’simliklar qoplami efemer va efimeroidlardan iborat bilib, yaylov sifatida ahamiyatga ega.
Tipik bo’z tus tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 1,5 dan 2 % tashkil etadi. Karbonatli qatlam chuqurda (50-60 sm) joylashib, yengil eriydigan tuz deyarli bo’lmaydi. Bu tip tuproqlar viloyatning dengiz sathidan bir muncha baland (500-1000 m) hududlarida – adir va nam ortiqroq bo’lgan tog’ yonbag’irlarida joylashgan. Bu yerda och bo’z tuproqqa qaraganda, nam ancha ortiq. Shuning uchun efemerlardan lolaqizg’aldoq, qo`ng’irbosh, yantoq, kavrak, gulxayridoshlar oilasiga kiruvchi o`tchil o’simlik o’sadi.
To’q bo’ztus tuproqlar chirindiga boy bilib (3-4 %), Oloy va Farg’ona tog’ oldi yonbag’irlarida joylashgan [24, 37, 39].
Viloyatda o’tloq va o’tloq-botqoq tuproqlar namligining yuqoriligi yer osti suvlariga bog’liq bilib, ulardagi chirindining miqdori 1,5-4% gacha boradi. Bu tip tuproqlar viloyatning katta hududi (Andijon, Baliqchi, Bo’z, Shahrixon, Oltinkil va boshqa tumanlar) biylab tarqalgan.
Cho’l mintaqasi. Tuprog’i relyefi jihatidan pastroq yerlarda joylashib, har xilligi bilan xarakterlidir. Bu yerda o’tloq, o’tloq-botqoq, botqoq, taqir, qumoq, solonchakli tuproqlar uchraydi. Ular asosan viloyatning eng g’arbiy qismida joylashgandir. Toshloqli yerlar daryo va soy vodiylarida, ildizli jinslar tog’ oldi yonbag’irli yerlarda tarqalgan. Qumli yerlar viloyatning eng g’arbiy qismida, toshloqli yerlar daryo va soy vodiylarda, ildizli jinslar tog’ oldi yonbag’irlarida tarqalgan. Natijada viloyat tuproqlari qishloq xo`jaligi bilan bog’liq holda ancha qulaydir. Viloyatning 70% dan ortiq yer sho`r va sho`rlanishga tortilmagan hosildor tuproqlardir. Vodiyda keng tarqalgan sho`rlangan yerlar bu yerda oz bilib, sho’rli yerlar viloyatning g’arbida markaziy Farg’onada uchraydi.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling