Biologiyada didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish
Download 438.65 Kb.
|
Kurs ishi Muhlisa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metod
- Pedagogika
- Pedagogik texnologiya
GLOSSARIY
Didaktika — ta’lim va o’qitish nazariyasi hamda o’qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi. Didaktik-o‘yin texnologiyasi — o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtirilgan jarayon. Malaka — ko’nikmalaming avtomatlashgan ko’rinishi, shaxsning o’zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samaraii bajarish qobiliyatidir. Metod — 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi. Metodika — biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo’llanadigan metodlar tizimi. Motivatsiya-shaxsni faol xalti-haiakallarga undovchi sabablar, asoslar to’plami bo’lib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi, faoliyatning yo’nalishi, faolligi, uyg’unligi hamda turg’unligini belgilaydi. Pedagogika — yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan. Pedagogik jarayon — ta’lim-tarbiya masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchi- larning maqsadli o’zaro munosabatlari. Pedagogik texnika — 1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o’tkazishda samaraii qo’llash uchun zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalar majmuasi; 2) har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalar. Pedagogik texnologiya — 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o’zaro bog’langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to’plamini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan pedagogning uzluksiz, o’zaro shartlangan harakatlari tizimidir; 3) pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qat’iy ilmiy loyihalashtirilgan pedagogik harakat; 4) ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o’zaro hamkorligi asosida o’qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo’llash hamda belgilashning tizimli metodidir. Download 438.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling